12.2.Foiz stavkalarining turlari.
Foiz stavkasi kreditga berilgan mablag‘lardan ma’lum bir miqdorda foydalanilganligi uchun to‘lanadigan foiz to‘lovlarining nisbiy ko‘rsatkichidir. Foizning bozor darajasi o‘zgarishiga qarab, ta’sirlanish darajasi bo‘yicha foiz stavkasining qat’iy va so‘zib yuruvchi foiz stavkalari mavjud.
Qat’iy foiz stavkasi – qarz mablag‘laridan foydalanish davrida qayta ko‘rib chiqish huquqisiz o‘rnatiladigan stavkadir.
So‘zib yuruvchi foiz stavkasi – alohida vaqt o‘tgandan keyin vaqti-vaqti bilan hajmi qayta ko‘rib chiqiladigan o‘rta va o‘zoq muddatli kreditlarga qo‘llanadigan stavkadir.
So‘zib yuruvchi foiz stavkasi 2 qismdan to‘zilgan. Birinchi qism pul-kredit bozori kon’yukturasiga bog‘liq ravishda o‘zgaradigan harakatlanuvchi qismdir. Uning o‘rnida, odatda, kredit resurslarini taklif etishning banklararo stavkalari qatnashadi: LIBOR, PIBOR, FIBOR va boshqalar. Ikkinchi qism bo‘lib qat’iy o‘rnatilgan hajm qatnashadi. U tomonlar kelishuvining predmeti hisoblanib va u qoida bo‘yicha, kredit shartnomasining amal qilish muddatida o‘zgarmaydi. Qayd qilingan qo‘shimchaning hajmi kelishuv shartlari va risk darajasiga bog‘lik.
G‘arb mamlakatlarining pul-kredit sohasida foiz stavkalari turli xil ko‘rinishda ma’lum qilingan. Bularga rasmiy foiz stavkalari; banklararo bozorda taklif etish stavkasi; “Praym-reyt” stavkalari; korxona va xususiy shaxslarga beriladigan, risk darajasi yuqoriroq bo‘lgan ssudalar bo‘yicha stavkalar kiradi.
Alohida davlatlarning Markaziy banklari tomonidan tijorat banklariga beriladigan kreditlar bo‘yicha rasmiy foiz stavkalari o‘rnatiladi. Bu stavkalar hisob stavkasi yoki qayta moliyalashtirish stavkasi nomiga ega. CHet el banklari amaliyotida tijorat banklarini qayta moliyalashtirish Markaziy bank tomonidan vakillarni (trattalar) qayta hisobga olish bilan amalga oshiriladi, shuning uchun bu stavkalar hisob stavkalari nomini olganlar.
Etakchi banklar birinchi darajali banklarni evrovalyutada kreditlashda, ularda o‘z depozitlarini joylashtirib, kredit resurslarini taklif etishning (banklararo bozorda) stavkalaridan foydalanadilar.
Bunday stavkaga LIBOR (LIBOR) – “London banklararo taklif etish stavkasi” misol bo‘la oladi. LIBOR stavkalari bir necha eng rivojlangan. Mamlakatlar valyutalari bo‘yicha va davrlar (1 hafta, 1,2,3,6,9, va 12 oy) bo‘yicha aniqlanadi. Ko‘pdan-ko‘p hollarda “Libor stavkasi” terminida funt sterlingdagi depozitlar bo‘yicha stavka tushuniladi. U rasmiy qayd etilgan stavka emas. Har bir yirik tijorat banki har ish kunining ertalab soat 11:00 da holati bo‘yicha pul bozori konyukturasiga bog‘liq ravishda stavkani qayd etadi.
Tijorat banklari birinchi darajali qarz oluvchilarga kreditlarni berishda “PRAYM – REYT” stavkalaridan foydalanadilar.
Va nihoyat, foiz stavkalarining keyingi darajasi bu korxona va jismoniy shaxslarga beriladigan, risk darajasi yuqoriroq bo‘lgan ssudalar bo‘yicha stavkalardir.
Bank amaliyotida foizlarni hisoblashning turli xil metod va usullari mavjud. Bank amaliyotida oddiy va murakkab foiz stavkalar ko‘llanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |