Oddiy foizlar birinchi navbatda qisqa muddatli kreditlashda foydalaniladi. Unda shartnoma bo‘yicha aniqlangan har chorak yoki boshqa muddatda foizlarni hisoblash va kreditorga to‘lash amalga oshiriladi.
Hozirgi kunda ko‘pincha yuqorida ko‘rsatilgan usuldan foydalaniladi. Bunda qarzning asosiy summasini hisobga olgan holda qarzdorning jami to‘lovlari hajmi quyidagi bo‘ladi:
S ( 1 ni )
Bundan, S – boshlang‘ich qarzni hisobga olgan holda kredit bo‘yicha to‘lovlar summasi
P – boshlag‘gich qarz
i – foiz stavkasi
n – ssudaning yillar yoki kunlar bo‘yicha davom etishi.
Ko‘pdan ko‘p hollarda bank amaliyotida protsent hisoblash jarayoniga teskari bo‘lgan operatsiyani bajarishga tug‘ri keladi. Bu hol ko‘pincha diskont vakillariga murojaat qilinganda sodir bo‘ladi. Bu holda, boshlangich qarzni aniqlashda quyidagi formula qo‘llanadi.
S
P
1 ni
Masalan, bank quyidagi shartlar bo‘yicha veksel chiqardi: vekselning nominal summasi 100 mln. so‘m , 120 % yillik to‘lash bilan 3 oy muddatga. Unda vekselni sotib olish paytidagi summasi quyidagicha bo‘ladi:
100
P 76,9 mln.so‘m
1 1,2 * 90 / 360
Veksellarni hisobga olish jarayonida, (ular taqdim) muddat o‘tgach, ular taqdim qilinganda to‘lov summasini aniqlash uchun quyidagi formula ishlatiladi:
S = P ( 1 – nd )
Bundan, d – oddiy hisob stavkasi.
Masalan, bank muddati kelmasdan turib majburiyatlarni to‘lash bo‘yicha 20 kunlik vekselni qayta hisobga oladi. Bunda vekselning nominal summasi 100 mln. so‘m, hisob stavkasi – yiliga 130 %.
Bu holda, veksel hisobga olingandagi summa quyidagicha bo‘ladi.
P=100 ( 1 – 1,3 * 20 / 360 )
Bank amaliyotida murakkkab foizlar ham ko‘llanishi mumkin. Ular odatda o‘zoq muddatli kreditlashda ishlatilib, hisoblangan protsent summalari shartnoma tugallanmaguncha kreditorga to‘lanmaydi, balki qarzning asosiy summasini ko‘paytiradi. Bizning bank amaliyotimizda murakkab protsent hisoblash metodi asosan yuridik va jismoniy shaxslarning depozit va omonat schyotlari bo‘yicha qo‘llanadi.
Bu metoddan foydalanganda hisoblangan mablag‘lar hajmi qarzga qo‘shiladi va ularga nisbatan foiz hisoblanib boraveradi.
Murakkab protsentlarni hisoblash va qarzning jami summasini quyidagi formulada hisoblash mumkin.
S = P ( 1 + i ) Q - doimiy protsent stavkasi bo‘yicha,
S = P ( 1+ i ) * ( 1 + i ) . . . (1+ i) - so‘zib yuruvchi foiz stavkasi bo‘yicha
Bundan,
S – K yildan keyingi qarz summasi
P – berilgan ssuda hajmi
i – foiz stavkasi
n – berilgan stavka qo‘llanilgan qarzning yillar bo‘yicha muddati shartli misolni ko‘rib chiqamiz. Masalan, bank tomonidan qarz oluvchiga P 10000 so‘m ssuda, 5 yil muddatga, yiliga 10 % stavkasi bilan berildi. 5 yildan keyingi qarz hajmini aniqlash kerak.
S = 10000 * (1 + 0,1 ) = 16105 so‘m ko‘rsatilgan usulda hisoblangan 5 yil uchun foizlar jami summasi quyidagicha bo‘ladi:
S - P = ( 16105 – 10000 ) = 6105 sum
Agarda, bank oddiy foizlarni ishlatib, har yili talab qilganda, bu shartnomadan keladigan daromad:
R = 10000 * 10 % * 5 = 5000 so‘m ga teng bo‘lar edi.
Ko‘rib turganimizdek, sezilarli farq vujudga kelib, u bank sof daromadini 1105 so‘mga [ 6105 – 5000 ] ko‘payishiga olib keldi.
Bir stilda foizlarni bir necha marta hisoblashda yuqoridagi murakkab protsent formulasi quyidagi ko‘rinishga keladi:
S = P ( 1+ im )
Bunda, m – bir yilda foiz hisoblash soni
N – foiz hisoblash davrlarining jami soni
Bank barcha holatlarni diqqat bilan analiz qilishi kerak, chunki ular bank operatsiyalari daromadligiga ohirgi natijada ta’sir qilishi mumkin. Masalan, inflyasiya harakterini hisobga olish kerak va shu bilan bank uchun nima maqsadga muvofiqroq ekanligini aniqlashi kerak: yoki qarz summasini hisoblangan, lekin talab qilib olinmagan foizlar bilan o‘stirish, yoki kredit uchun yillik to‘lovni olish.
Protsent hisoblashning turli usullari bo‘lishi mumkin. Ular qarzdan foydalanish kunlari sonini o‘lchash xarakteri bilan va yilning kunlar buyicha to‘zilishiga ko‘ra aniqlanadi. Bundan, qarz kunlari soni aniq yoki taxminan aniqlanib, har qaysi oyning davom etishi 30 kunga teng deb tan olinadi. Vaqtinchalik baza yilning aniq davom etishiga (365 yoki 366 kun) yoki taxminan 360 kunga tenglashtiriladi. Bularga muvofiq tarzda quyidagi murakkab foizlarni hisoblashning variantlari qo‘llanadi:
1. Qarz kunning xaqiqiy soni bo‘yicha aniq foizlar; bu usul eng aniq natijalarni beradi va ko‘pgina markaziy va tijorat banklari tomonidan qo‘llanadi. Uning xarakteri shundayki, hisoblash uchun qarz kunining aniq soni, vaqtinchalik baza yilning haqiqiy davom etishiga tenglashtiriladi. Masalan,
P – berilgan kredit summasi – 100000 so‘m
i – foiz stavkasi yiliga – 9 %
K– qarz kunlarining aniq soni – 260 kun
S - o‘sgan qarz summasi
Unda,
S = 100000 * ( 1 + 0,09 % * 260 /365 ) = 106411 co‘m
2. Qarz kuninning haqiqiy soni bo‘yicha oddiy foizlar. Bu holda, xuddi yuqoridagidek, hisoblash uchun qarz kunlarining aniq soni olinadi, lekin vaqtinchalik baza 360 kunga tenglashtiriladi. Agar kredit muddati 360 kundan oshsa, unda hisoblangan protsentlar summasi kuproq bo‘ladi. Masalan, ssuda davri 364 kunga teng bo‘lsa, unda 364 / 360 = 1,011 foiz stavkasi bo‘yicha qo‘shimcha foiz to‘lanadi. Bu usulni yuqoridagi namunada berilgan misol bilan ko‘rib chiqamiz:
S = 100000 * ( 1 + 0,09 % * 260 / 360 ) = 106499 so‘m.
3. Qarz kunlarining yaqinlashgan soni bo‘yicha oddiy foizlar. Bunda, ssudaning kunlar bo‘yicha davom etishi yaqinlashish bilan aniqlanadi, vaqtinchalik baza 360 kunga teng. Ko‘p hollarda ssuda kunlarining aniq soni yaqinlashish sonidan katta bo‘ladi, shuning uchun ham ssuda kunlarini aniq soni bo‘yicha hisoblangan foizlar hajmi odatda yaqinlashish bo‘yicha hisoblangandan katta bo‘ladi.
Bizning misolimizda ssuda kunlarini yaqinlashish soni 257 kunga teng, buni hisobga olgan holda:
S = 100000 * (10,09 % * 257 / 360 )= 106424 so‘m
Amaliyotning ko‘rsatishi bo‘yicha foiz hisoblashning ikkinchi usuli, ya’ni ssuda kunlarini aniq soni bo‘yicha oddiy foizlar usuli qolgan ikki variantga nisbatan kattaroq natijani beradi. CHunki S > S > S .
Bundan kreditor ssudani rasmiylashtirishda inobatga olishi zarur
Do'stlaringiz bilan baham: |