Qo‘shni texnogen endemik kasalliklar. Bunday kasalliklar aynan biror bir ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan ammo, shu ishlab chiqarish natijasida kelib chiqqan ekologik tabiati nobob endemik provinsiyalarda yoki unga qo‘shni biogeokimyoviy provinsiyalarda yashaydigan odamlarda kuzatiladi. Masalan, ba’zi er osti boyliklari ochiq holda qazib olinadi. Buning natijasida ularning bir qismi atrof-muhitga tarqaladi va suv, o‘simliklar hamda hayvon mahsulotlari orqali odam organizmiga ko‘plab kiradi. Bu esa turli endemik holatlarning shakllanishi va kasalliklar kelib chiqishiga olib keladi.
Endemik provinsiyalardagi elementlar miqdorining nomutanosibligi hisobiga kelib chiqadigan kasalliklar ikki turga bo‘linadi.
1.Monomikroelementozalar — ko‘p hollarda faqat bitta elementning organizmdagi miqdorining ortib yoki kamayib ketishi natijasida kelib chiqadigan kasalliklar. Bunga, ftor miqdori o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan va yuqorida aytib o‘tilgan tish kasalliklarini keltirish mumkin.
2.Polimikroelementozalar— kasallik kelib chiqishi bir vaqtning o‘zida bir necha elementlarning miqdoriy o‘zgarishlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Bunga misol tariqasida bir vaqtning o‘zida J2, Cu, Mn miqdoriga bog‘liq bo‘lgan endemik bo‘qoq kasalligini keltirish mumkin
Radioaktivlik - bu ba'zi bir elementlarning beqaror izotoplarining o’z o’zidan nur tarqatib barqaror izotoplarini hosil qilishidir. Radioaktivlik ikki turga bo’linadi - tabiiy va su'niy radioaktivlik.
Tabiiy radioaktivlik. Davriy jadvalning 19-chi elementigacha ko’pchilik elementlarning yadrolari barqarorlikka egadir. 20-chi elementdan boshlab elementlar bir yoki bir nechta izotoplarga ega. Ularning yadrolari, yadro kuchlari protonlar orasidagi itarilish kuchlarini qoplay olmaganlari uchun,
Tabiiy radioaktivlik. Davriy jadvalning 19-chi elementigacha ko’pchilik elementlarning yadrolari barqarorlikka egadir. 20-chi elementdan boshlab elementlar bir yoki bir nechta izotoplarga ega. Ularning yadrolari, yadro kuchlari protonlar orasidagi itarilish kuchlarini qoplay olmaganlari uchun, beqaror bo’lib, ortiqcha energiyasini ajrata boshlaydi. Bunday yadro radiaktiv yadro deyiladi va radioaktiv nur tarqatib, barqaror yadro hosil qilishga intiladi. Elementlarning tabiiy izotoplari odatda juda ko’p yillar davomida nur tarqatib, ularning bu xususiyati izotopning yarim yemirilish davri deb nomlanadi. Ba'zi bir tabiiy izotoplar millionlar yillar davomida nur tarqatishi mumkin.

Do'stlaringiz bilan baham: |