Nurlanish kasalliklari.
Nur kasalligiga havodagi, oziq ovqat tarkibidagi, yer qatlamidan chiqayotgan turli xil nurlar, radioaktiv moddalar sababchi bо‘ladi. Nur kasalligida organizmda fiziologik sistemalar va ma’lum bir hujayra tuzilish birliklarining ishi izdan chiqadi. Bu kasallik kо‘p komponentlik va kо‘p bosqichli bо‘ladi. Nur kasalligini ta’sir etayotgan nur tashqi yoki ichki bо‘lishi, turli tо‘qimalarda yig‘ilib borishiga qarab о‘tkir kechuvchi va surunkali turlarga bо‘linadi.
Aholi uchun havsiz hisoblanadigan doza yiliga 1 mZv, radiatsiya bor zonalarda ishlovchilar (stansiya, qutqaruvchilar, harbiylar va b.) uchun yiliga 20 mZvni tashkil qiladi. Organizmda tarqalishi bо‘yicha radioaktiv moddalarni 4 guruxga bо‘lish mumkin: suyaklarda - kalsiy, stronsiy, radiy, plutoniy; jigarda — seriy, lantan, plutoniy va b.; qalqonsimon bezda — yod; butun organizm bо‘ylab teng taqsimlanadigan— tritiy, uglerod, inert gazlar, seziy va b.
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |