rostlagichni integrallovchi bo‘g‘in tipiga kirishini ko‘rsatadi.
ART da
ko‘pincha
P,
PI, PID bo‘g‘inlar
qo‘llaniladi. Ularni hosil qilish uchun bu sxemaning alohida
elementlariga teskari bog’lanish zanjiri kiritish va unga tarkibiy o‘zgarishlarini
vujudga keltirish yo‘li bilan bajariladi. P- proporsional bo‘g‘in qonuni bo’yicha
ishlaydigan rostlagich sxemasini tuzish uchun sxemadagi
ijrochi mexanizmning
proporsional bo‘g‘in orqali qayta bog‘lanysh zanjirini tuzish kerak (9.2-rasm).
9.2-rasm. Qayta boglanish zanjiri sxemasi
Bu yеrda tizimning ekvivalent uzatish funksiyasi:
qayta boglanish zanjirining uzatish koeffitsenti.
PI rostlagichining sxemasini tuzish uchun elektron kuchaytirgich elementa:
bilan inersion bo‘g‘in
dan tuzilgan manfiy ishorali teskari
bog‘lanishli yopiq zanjirdan foydalaniladi.(9.3-rasm)
Avtomatik rostlagichlar tuzilishi bo’yicha namunaviy bo‘g‘inlardan
tashkil
topadi va o‘zining rostlash funksiyasini ana shu bo‘g‘inlarning ishlash qonunlariga
muvofiq bajaradi. Bu qonunlar rostlagichning rostlash qonuni deyiladi. Bu
qonunlar asosan rostlagichdan chiquvchi signal (rostlanuvchi kattalikning
og‘ishi) orasidagi bog’lanishni ifodalaydi:
Bu yеrda birinchi ko‘shiluvchi
chetga chiqishlar bo’yicha rostlashga,
kattaliklari tashqi ta’sirlar bo‘yicha rostlashga mos keladi.
Uzluksiz rostlash rostlagichlari rostlash jarayoni davomida ob’yektga uzluksiz
ta’sir qo‘rsatib turadi.
Bevosita ta’sir qiladigan rostlagichlarda rostlovchi
organni surish uchun
zarur bo‘ladigan energiya manbai ob’yektning o‘zida mavjud bo‘ladi.
Bilvosita ta’sir qiladigan rostlagichlarda rostlovchi organni surish uchun
zarur energiya tashqi manbadan olinadi. Bunday rostlagichlar tashqi manba
energiyasining turiga qarab elektr, pnevmo, gidrorostlagichlar deyiladi.
Kirish signali rostlanuvchi ob’yektdan o‘tish
vaqtida deformatsiya va
kechikishga duch keladi. Chiqish kattaligi kirish signaliga nisbatan amplituda
bo‘yicha kamayib, faza bo‘yicha kechikadi. Bu hodisalarni yo‘q otish uchun
rostlanuvchi ob’yekt avtomat rostlagich bilan ta’minlanadi.
Avtomat rostlagich
chiqish signali amplitudasini oshirib, faza bo’yicha ilgarilashini ta’minlaydi.
O‘tish jarayonining sifati rostlanuvchi ob’yekt va rostlagich tavsifnomalariga
bog’liq. Rostlagich sozlanishining o‘zgarmas kattaliklarida boshqaruvchi yoki
rostlovchi ta’sir va rostlanuvchi kattalik o‘rtasidagi bog’lanish
rostlash qonuni
deyiladi.
Avtomatik rostlagichlar diskret impul’sli yoki uzluksiz harakatli bo‘ladi.
Uzluksiz harakatli rostlagichlar tarkibiga P, I va ularning kombinatsiyalari bo‘lgan
1SH, PD, PID qonunlari kiradi.
Qishloq xo‘jalik avtomatikasida
-qonunlari keng qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: