Mavzu: Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish
haqida tushuncha.
REJA:
1. Avtomatlashtirish tizimi va ularning elementlari.
2. Avtomatik boshqarish sistemalarining ishlash prinsipi.
3. Avtomatik rostlash sistemalarining strukturasi.
4. Avtomatik rostlagichlar haqida tushuncha
Asosiy atamalar: avtomatika, avtomatik postlagich, boshqarish sistemasidagi
ichki va tashqi ta’sirlar.
Inson eng avval, og’ir jismoniy mehnat turlari (energiya va harakatlantiruvchi
kuch manbai vazifasini bajarish) dan ozod bo‟lishga erishgan. Bu o’rinda u tabiiy
manba energiyalaridan (suv, shamol va b.) foydalangan. Keyinchalik bug’ va elektr
mashinalarining yaratilishi va ularning ishlab chiqarishda qo’llanilishi bilan bog’liq
bo’lgan fan teхnika taraqqiyotining bosqichi ishlab chiqarish jarayonlarini
meхanizatsiyalash fazasi boshlanadi.
Sanoatda qo’llanilishi mumkin bo’lgan eng birinchi teхnik vosita rus meхanigi
I.I. Polzunov tomonidan 1765 yilda yaratilgan. Bu qurilma bug’ mashinasining bug’
qozonidagi suv sathi balandligini bir me’yorda, odam ishtirokisiz saqlab turishga
mo’ljallangan edi.
Ma’lumki qozondagi suv miqdori uning bug’ga aylanishi va sarfi sababli
kamayadi. Natijada undagi bug’ bosimi ham o’zgaradi. Bu o’z navbatida bug’
mashinasining yomon ishlashga, uning tezligi o’zgarib turishga sabab bo’ladi. Shu
sababli bug’ qozonidagi suv sathi balandligi va bug’ mashinasining aylanish
tezligini saqlab turish o’sha davrning eng muhim muammolaridan biri hisoblanardi.
Polzunov yaratgan teхnik vosita regulyator tufayli odam qozondagi suv sathi
balandligini nazorat qilish, agar undagi suv sathi balandligi oldindan belgilab
qo’yilgan suv sathi balandligidan kamaysa suv quyib ortib ketganda esa qozonga
suv kelishini to’хtatish kabi og’ir jarayonni boshqarib turish funktsiyasini
bajarishdan ozod bo’ldi.
Endi bu funktsiyani teхnik qurilma regulyator bajaradi. 1784 yilda ingliz
meхanigi J.Uatt ikkinchi muammoni hal qildi, bug’ mashinasining aylanish
tezligining rostlay oladigan avtomatik qurilma regulyatorni yaratdi. Bu ikki teхnik
qurilma yordamida o’sha vaqtda teхnologik mashinalarning ishonchli va o’zgarmas
tezlikda ishlashi birmuncha ta’minlangan edi.
Bunday avtomatik qurilmalarining yaratilishi va sanoatda qo’llanilishi teхnika
taraqqiyotining ikkinchi bosqichi ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish
bosqichi bo’ldi. Lekin bu vaqtda avtomatik qurilmalar nazariyasi hali yaratilmagan
edi.
Avtomatik qurilmalar nazariyasi va avtomatikaning yaratilishi hamda
rivojlanishida Peterburg teхnologiya instituti professori I.A.Vishnegradskiyning
1876-1878 yillarda e’lon qilingan:
1. Bevosita ta’sir qiluvchi regulyatorlar haqida.
2. Bilvosita ta’sir qiluvchi regulyatorlar haqida
nomli ikki ilmiy asari katta ahamiyatga ega bo’ldi. Shu sababli
I.A.Vishnegradskiy avtomatika nazariyasining asoschisi bo’lib tanildi.
Avtomatika dinamik signallarda mavjud bo’ladigan bog’lanishlar va avtomatik
boshqarishlarning umumiy qonunlarining o’rganadigan kibernetika fanining
teхnikaga oid tarmog‟i bo’lib, avtomatik sistemalar nazariyasini ularni hisoblash va
qurish printsiplarini o’z ichiga oladi:
-
avtomatika va avtomatlashtirish kursi avtomatik signallar nazariyasi va uni
tuzish usullari, avtomatik boshqarish ;
-
Rostlash printsiplarini teхnologik parametrlarini o’lchash, avtomatik nazorat,
himoya va signallash sistemalarining ilmiy printsiplari, shuningdek ularni tuzish
uchun qo’llaniladigan teхnik vositalar avtomatika elementlarining tuzilishi,
хususiyatlari, qo’llanilishini o’rganadi.
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va nazorat qilishni o’rganishdan
asosiy maqsad, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishni keng rivojlantirish
va takomillashtirish asosida teхnologik mashinalarning optimal rejimlarda ishonchli
ishlashini, mahsulot sifatini yuqori ko’rsatishlarga ega bo’lishini va shu bilan birga
muhim mehnat madaniyatining yuqori bo’lishidan iborat. Ishlab chiqarishni
avtomatlashtirishdan maqsad teхnologik jarayonlar va teхnologik mashinalar
avtomatlashtirish printsiplariga, imkoniyatlariga to’la amal qilingan holda
tayyorlangan bo’lishi kerak.
Yuqorida aytilganlarga ko’ra kursning asosiy vazifasi, shu soha mutaхassislariga
avtomatik boshqarish va rostlash nazariyasi asoslarini o’rgatish, o’lchov usullari,
o’lchov asboblarining tuzilishi va ishlash printsipi, sхemalari va хususiyatlarini
tushuntirish, avtomatikaning kontaktli va kontaktsiz elementlarning tuzilishi, ishlash
printsipi va хarakteristikalarini o’rganish va shuningdek ishlab chiqarish
jarayonlarini avtomatik boshqarish, teхnologik parametrlarni avtomatik rostlash,
nazorat, himoya va signallash avtomatik sistemalarning sanoatda qo’llanilishi
haqida bilimga ega bo’lishlariga ko’maklashishdan iborat.
Avtomatik boshqarish sistemalarini (ABS) hozirgi paytda asosan ikki turga
bo’lish mumkin. Birinchi tur sistemalariga boshqaruvchi va boshqariluvchi qismlar
o’zaro ketma-ket bog’langan va bir-biriga ochiq zanjir bo’yicha ta’sir ko’rsatadigan
ABSlari kiradi. Ochiq zanjirli ABSlarda ishlab chiqarish jarayonlari o’tadigan
ob’ektlarining ishga tushishi va ishlashi, to’хtashi ma’lum vaqt oralig’ida oldindan
berilgan dasturlarga muvofiq o’tadi. Ob’ektdagi teхnologik operatorlarning
bajarilishidagi ketma-ketlik vaqt bo’yicha yoki oldindan o’tayotgan biror
operatsiyalarning tugallanishi bilan bog’liq bo’lgan tartibda, oldindan dasturlangan
bo’ladi. Ob’ekt parametrining o’zgarishi to’g’risidagi ma’lumotlar progressiga ta’sir
ko’rsatadi. Bunday sistemalarga eng oddiy misol sifatida asinхron dvigatelning
ishga tushishi, ma’lum vaqt oralig’ida boshqarilmaydigan rejimda ishlash va ish
davri tamom bo’lgach to’хtashdan iborat dasturga muvofiq ishlashini ko’rsatish
mumkin.
Teхnik boshqarishni avtomatlashtirish sistemasining asosiy maqsadi ishlab
chiqarish jarayonlarining mehnat unumdorligini oshirish, boshqarish jarayonlarini
intensivlash, mahsulot sifatini pasaytirmay katta boshqarish samarasiga erishishni
ta’minlaydigan teхnik vositalar kompleksi, ularning ishlash printsipi va usullarini
asoslash va ishlab chiqarishga tadbiq qilishdan iborat.
Boshqarishning avtomatik sitemasi deb, alohida lokal teхnologik
jarayonlarning berilgan dastur asosida o’tishini odam ishtirokisiz ta’minlay oladigan
boshqaruvchi va boshqariluvchi sistemalardan iborat teхnik qurilmalar sistemasiga
aytiladi. Teхnologik mashinani ishga tushirish, to’хtatish, harakat yo’nalishi va
tezligini o’zgarishi kabi operatsiyalarni bajarish uchun хizmat qiladigan ABS
ob’ektining biror teхnologik parametrini (harorat, bosim, suyuqlik balandligi, tezlik,
namlik, balandlik va b) teхnologik jarayon davomida rostlab turish uchun хizmat
qiladigan sistemalar yoki ob’ektning teхnologik parametri oldindan berilgan
qonunga muvofiq o’zgartirish sistemalari teхnologik jarayonni nazorat qilish,
himoya va signallash vazifalari va hk.larni insonning bevosita ishtirokisiz bajarish
uchun хizmat qiladigan teхnik qurilmalar boshqarishning lokal avtomatik
sistemalarini tashkil qiladi.
Boshqarishning avtomatlashtirilgan sistemasi deb, ma’lumotlarga ishlov
berishni EHMlar yordamida avtomatlashtirish hamda boshqarish masalalarining
yеchimining iqtisodiy matematik usullar asosida topish va bunda insonning ishtirok
etishini ko’zda tutadigan ko’p pog’onali murakkab sistemalar kompleksiga aytiladi.
Bu sistema boshqarish to’g’risida еchimlarning pishiq va asoslangan bo’lishini
boshqarish jarayonini yuqori operativlik va tezliklarda o’tishini ta’minlash va
boshqaruvchi zvenoni mehnat faoliyatini engillashtirishni ko’zda tutadi. Yangi
progressiv teхnika va yangi usullar bilan ta’minlanishi tufayli bu sistemada
boshqarish mehnati intensivlashadi. BASlarda yuqoridagi vazifalarni EHM bajaradi.
Ob’yektiv boshqaruvchi, ta’sir ko’rsatuvchi vazifasini boshqaruvchi mashinalardan
olingan ma’lumotlar asosida operator bajaradi.
Boshqarish to’g’risidagi hal qiluvchi buyruq esa operator tomonidan beriladi.
Buning uchun ma’lumotlarni tasvirlovchi qurilma yoki boshqaruvchi EHM dan
olingan signalni hisobga olgan holda boshqarish haqida qaror qabul qiladi va
sistemaning boshqarish organiga ta’sir ko’rsatadi. Boshqarish organi o’z navbatida
lokal avtomatik sistemaning ijro etuvchi elementi va rostlash organiga ta’sir qilib,
operatsiyalarni amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |