4-MAVZU: TAYANCH – HARAKAT TIZIMINING YOSH HUSUSIYATLARI
VA GIGIYENASI
Reja:
1.
Tayanch – harakat tizimining ahamiyati.
2.
Skeletning rivojlanishi va uning yosh xususiyatlari.
3.
Muskullarning umumiy tuzulishi va uning yosh xususiyatlari.
4.
Tayanch – harakat apparatining gigiyenasi.
5.
Sinf jixozlariga quyidagilar gigienik talablar.
Tayanch tushunchalar:
Skelet, muskul, umurtqa pog‘onasi, skolioz, jismoniy charchash.
Tayanch-harakat apparati tizimiga skelet va skelet muskullari kiradi.
Skeletdagi suyaklar
va boylam - bo‘g‘imlar passiv harakat organlari bo‘ladi, muskullar esa aktiv harakat organlari
hisoblanadi.
Skelet 206 dan ortiq alohida suyaklardan tashkil topgan bo‘lib, bularning 85 tasi juft, 36
tasi toq suyaklardan iborat.
Skelet uchta asosiy funsiyasini: tayanch, harakat va himoya vazifalarini bajaradi.
Suyakning kimyoviy tartibi, fizik xossalari va tuzilishi
Suyak asosan suyak to‘qimasidan tuzilgan. Suyakning sirti suyak ust pardasi bilan
qoplangan bo‘ladi, bu parda bolalarda juda pishiq, xatto suyak singanda ham yirtilmaydi. Suyak
ustiga parda bilan suyakning faqatgina bo‘g‘in yuzalari qoplanmaydi xolos. Suyak parda ko‘p
miqdordagi
qon tomirlar, bilan nervlar bilan ta’minlangan, bular suyak ust pardadagi teshiklar
orqali suyakning ichki qismiga o‘tadi. Suyak shikaslanganda va kasallanganda suyak ustiparda
hujayralarining hisobiga suyak qayta tiklanadi. Suyak usti pardagi bog‘lamalar
va muskullar
birikadi. Suyak usti pardaning tagiga suyakning kompakt qavati yoki zich qabati bo‘ladi.
Kompakt qavatining tagiga g‘ovak qabat bo‘ladi. Yangi tug‘ilgan va ko‘krak yoshidagi
bolalarning uzun naysimon suyagining bo‘shliq qismida qizil iliq bo‘lib, o‘sish protsessida qizil
ilikning o‘rnini sariq ilik egallaydi. Naysimon suyaklarning ikki uchida, ba’zida yassi suyaklarda
15 yoshgacha qizil iliq saqlanadi.
Suyaklar shakli va tuzulishiga qarab,
naysimon, yassi, kalta va aralash suyaklarga
bo‘linadi. Naysimon suyaklar qo‘l - oyoq skeletining tarkibiga kiradi. Naysimon suyuqlar
orasida uzun (elka suyagi, bilak,
tirsak suyaklari, son suyagi, boldir suyaklari) bor. Har bir
naysimon suyakning tanasi (diafizi) va ikki uchi (epifizlari) tafovut qilinadi. Yassi suyaklarning
shakli turli xil bo‘ladi. Ularga kallaning qoplovchi suyaklari, ko‘rak va chanoq suyaklari kiradi.
Aralash suyaklar turli shaklga ega bo‘ladi. Bularga muskullar, paylar, boylamlar birikadi
yoki tomirlar, nervlar o‘tadi. Suyak qushuvchito‘qimaga kirib ikki xil kimyoviy modda: organik
anorganik moddalardan iborat. Suyaklarning yuzasida g‘adir
- budir dumboq, kirra, teshiklar,
egatlar bo‘ladi. Bularga muskullar, paylar, boy
lamlar birikadi yoki tomirlar, nervlar o‘tadi.
Suyak qo‘shuvchi to‘qimaga kirib ikki xil kimyoviy modda: organik va anorganik moddalardan
iborat. Suyakning organik
moddasiga osseyn deyiladi, suyak tarkibining 1F3 qismini organik,
2F3 qismini anorganik modda tashkil etadi. Agarda suyakning bir qismini xlorid yoki nitrat
kislotaga solib qo‘yilsa, bir necha vaqtdan so‘ng yumshoq va elastik bo‘lib qolganini ko‘ramiz.
Suyak
olovda kuydirilsa, organik moddalari kuyib ketishi tufayli mo‘rt bo‘lib qoladi.
Suyakning elastikligi osseyn borligiga qattiqligi esa anorganik moddalarga bog‘liqdir. Suyakda
organik va anorganik moddalar borligidan elastik va qattiqdir. Yosh ulg‘ayishi bilan suyakning
osseyn va anorganik moddalar miqdori o‘zgarib boradi. Bolalarda organik moddalari ko‘proq.
Shuning uchun ularning suyagi elastik bo‘ladi.
Yosh ulg‘aygan sari anorganik moddalar miqdori ortib boradi,
shuning uchun ularning
suyagi mo‘rt bo‘lib qoladi. Yosh ulg‘ashi bilan suyakda kalsiy, fosfor, magniy va boshqa
elementlar nisbatan o‘zgaradi. Kichik bolalar suyagining tarkibida ko‘proq kalsiy, katta maktab
yoshidagi bolalarning suyagini tarkibida fosfor tuzlari ko‘p bo‘ladi. Bolaning 7
yoshida