Mavzu: tayanch harakat tizimining yosh hususiyatlari va gigiyenasi


Tayanch harakat apparatining gigiyenasi



Download 348,28 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana01.07.2022
Hajmi348,28 Kb.
#723952
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4 - Ma`ruza Yosh.

 
Tayanch harakat apparatining gigiyenasi 
Bolalarning o‘quv va Mehnat faoliyatini tashkil etishda o‘quv va Mehnat sharoitlarining 
gigiyenaga to‘g‘ri kelmasligi, sinf jixozlarining maqsadga muvofiq bo‘lmasligi, portfelini doim 
bir qo‘lda olib yurishi, uydagi turmushni uyushtirishda ish o‘rnining gigienik jixatdan to‘g‘ri 
kelmasligi, o‘rin – qo‘rpaning haddan tashqari yumshoq va notekis bo‘lishi umurtqa 
pog‘onasining rivojlanish xususiyatlariga etarlicha baxo bermaslik tayanch – harakat
apparatining noto‘g‘ri o‘sib – rivojlanishiga olib keladi. Tayanch – harakat apparatining gigienik 
qonunlarga rioya qilmasliq umurtqa pog‘onasining rivojlanishiga, ya’ni qad-qomatning 
buzilishiga olib keladi. Bularga egilgan, kifotik, lordotik, skoliotik qad-qomat deyiladi. 
Egilgan qad-qomat bolalar tik turganda boshi bir oz oldinga egilgan, elkalari oldinga 
osilgan, ko‘krak qafasi botiqroq, qorni oldinga chiqqan bo‘ladi. 
Kifotik qad-qomatli bolalarda kuraklar qanotga o‘xshash ko‘tarilib turadi. Bukir holat 
yuzaga keladi. 
Lordotik qad-qomatli kishilarda gavdasining orqa qismi tekis, ko‘krak qafasi yassi, qorni 
oldinga chiqqan bo‘ladi, umurtqa pog‘onasining bel qismi normadan ko‘proq oldinga buqilishi 
kuzatiladi.
Skolioz deb ataluvchi qad-qomatli bolalarda tik turganda elkalarining biri past, biri 
baland, ko‘kraklari ham past, baland bo‘lib, ko‘krak qafasining bir tomoni bo‘rtganroq, ikkinchi 
tomoni botiqroq holatda bo‘ladi. Qad-qomatning buzilishi faqat tashqi ko‘rinishni emas, balki 
ichki organlar (o‘pka, yurak, jigar, buyrak, oshqozon va ichak kabilar) ning rivojlanishi va 
funksiyasiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Bolalarda umurtqa pog‘onasining normal shakllanishi uchun quyidagi gigienik qoidalarga 
amal qilish kerak; bolani yoshlikdan tekis va bir oz qattiqroq to‘shakda uxlashga o‘rgatish, 
yostiq pastroq bo‘lishi kerak; bolani 6 oylik bo‘lguncha o‘tkazmaslik, 10 oylik bo‘lguncha 
oyog’‘ida uzoq vaqt tik turg‘azmaslik kerak; kichik yoshdagi bolalar, boshlang‘ich sinf 
o‘quvchilari uzoq vaqt bir joyda o‘tirmasligi, tik turmasligi, uzoq masofaga yurmasligi, og‘ir yuk 
ko‘tarmasligi, doim bir qo‘lda ish bajarmasligi kerak; O‘quvchilar bo‘ylariga mos parta, stol-
stullarda o‘tirishi kerak, parta, stol-stulda o‘tirganda gavdasi tik, elkalari bir tekisda, beli stul 
yoki parta suyanchig‘iga suyanib turishi, oyoqlari tizza bug‘imida to‘g‘ri burchak hosil qilib, 
bukilgan, ko‘krak bilan parta qirrasi orasida 3-5 sm. ga yaqin masofa bo‘lishi kerak.
Yassioyoqlik. Odam tovon kaftining pastki qismi tayanch-harakat sistemasining ressori 
vazifasini bajaradi. Bolalar uzoq vaqt tik turganda, Og‘ir yuk ko‘targanda, tor poyafzal kiyganda 
oyoq panjasi gumbazi yassilanadi, natijada yassioyoqlik kelib chiqadi. Yassioyoqlik natijasida 
oyog’‘ining tovon- panja va boldir muskullarida og‘riq bo‘ladi. Yassioyoqlik tug‘ma va hayotda 
orttirilgan bo‘ladi. Yassioyoqlikning tug‘ilgandan keyin yuzaga kelishi sabablari kuyidagilardan 
iborat: bolani juda yoshligidan (8-10 oyligidan) boshlab yurg‘izish, uzoq vaqt tik turg‘izish, yosh 
bolaga poshnasi yumshok poyabzal kiygizish, o‘quvchilarning kun bo‘yi poshnasiz sport 
poyabzalida yurishi, poshnasi baland, uchi tor poyabzallarni kiyish, og‘ir yuk kutarish.
Ana shularni hisobga olib, yassioyoqlikni oldini olishga e’tibor berish kerak. Shu bilan 
bir qatorda davlatimiz tomonidan maxsus ortopedik poyafzallarni ishlab chiqarish maqsadga 
muvofiqdir. 
Sog’liqning muhim belgilari bu kishilarning tugilish, o’sish, yashash, ishlash va 
keksayish davridagi sharoitlar va shu jumladan, sog’liq tizimidir. Bu vaziyatlar pul, kuch va 
boylilklarning iqtisodiy tanlovlar ta’siri ostida xalqaro, milliy, mahalliy darajada taqsimlanishi 
tomonidan shakllantiriladi. 
Sog’liqdagi bir maromdagi yoki qadam-vaqadam pasayish ijtimoiy holatning pasayishi 
bilan birga keladi. U yalpi aholi bo’ylab ijtimoiy - iqtisodiy va sog’liq o’rtasidagi bog’liqlikni 
ko’rsatadi. Qaysidir usulda sog’liq o’lchanadi va ijtimoiy - iqtisodiy jihatdan manfaatli, yaxshi 
sog’liqqa ega va kasallik yoki o’lim havfining quyi darajasida turgan guruxlar ustidan ma’lum 
daraja o’rnatishga moyil bo’ladi. G’arb davlatlarida darajaviylikning shakli o’limlar soni, 
noxushliklarning oshishi va ijtimoiy noqulayliklarning oshishi sababli yaxshi yashashning 


pasayishi uchun birmuncha tekis bo’ladi. Vaqt o’tgani sayin, sog’lomlik darajasi yuqoriga tomon 
ko’tarilyapti, chunki ko’plab insonlarning sog’lig’i yaxhilanmoqda. Shunga qaramasdan, 
so’g’lom muhitda yashovchilarning ko’pchiligi yaxhilanish darajasini bundanda oshirishga 
moyil bo’lishmoqda, shu sababdan, adolatsizlik va tengsizliklar ham oshishga moyil bo’lyapti.
3
3
The Rignt Start to a Healthy Life. Contact : i.stegeman @eurohealthnet.eu, c.costongs @eurohealtnet.eu 
EuroHealthNet, Rue de la Loi 67 , 1040 Brussels, Belgium, 194 bet mazmun mohiyatidan foydalanildi.

Download 348,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish