Rivojlanishi. Urug'langan tuxumdan lichinka (itbaliq) rivtrjlanib chiqadi (74-rasm). Itbaliqning ko'rinishi mayda baliqchaga o'xshaydi. Uning uzun va keng dumi, ikki yonida joylashgan ikki tutam tashqi jabralari bo'ladi. Rivojlangan sayin tashqi jabralar halqum devorida joylashgan ichki jabralar bilan almashinadi. Itbaliqning yuragi ikki kamerali, qon aylanish sistemasi ham bitta doiradan iborat. Tanasining ikki yonida yon chiziqlari bo'ladi.
Xilma-xilligi.Suvda hamda quruqlikda yashovchilarga 4000 dan ortiq tur kiradi. Ular dumsizlar (baqalar, qurbaqalar) va dumlilar (tritonlar, salamandralar) turkumlariga ajratiladi. Dumlilar O'rta Osiyoda uchramaydi. Ulardan eng yirigi Janubi-Sharqiy Osiyoda tarqalgan gigant salamandraning uzunligi 1,7 metrga yetadi. O'zbekiston hududida dumsizlardan ko'l baqasi va yashil qurbaqa keng tarqalgan.
Yashil qurbaqa baqaga nisbatan ancha yirik, rangi och yashil yoki kulrang, terisida sassiq oqish zaharli suyuqlik ishlab chiqaradigan bezlari bo'ladi. U kunduzi kemiruvchilar inida, daraxtlar ildizi va to'nkalar ostida, yerto'lalarda bekinib yotadi. Faqat kechqurunlari ovga chiqadi. Uning orqa oyoqlari nisbatan kuchsiz bo'lganidan o'rmalab yoki qisqa-qisqa sakrab yuradi. Qurbaqaning terisi dag'alroq, o'pkasi nisbatan yaxshi rivojlangan. U kechqurunlari qurillab sayraydi. Qurbaqa faqat ko'payish davrida suvga tushadi. U ko'lmak suvlar va hovuzlarga marjon shodasiga o'xshab tizilgan tuxumlarini qo'yadi.
Ahamiyati. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar - foydali hayvonlar. Qurbaqa o'simliklarga ziypn yetkazadigan hasharotlarni qirib, katta foyda keltiradi. Qurbaqa bir kechada 100 tagacha, 9 oy davomida uch mingtagacha hasharotni yeydi. Baqa zararkunanda hasharotlar (chivinlar)ning suvdagi lichinkalarini va suv bo'yidagi hasharotlarni qirib foyda keltiradi. Baqaning o'zi ham turli hayvonlar uchun oziq bo'ladi. Baqadan tibbiyot va biologiyada laboratoriya hayvonlari sifatida ham foydalaniladi.
Kelib chiqishi.Dastlabki suvda hamda quruqlikda yashovchilar bundan 300 mln yil ilgari chuchuk suvda yashovchi panjaqanotlilardan kelib chiqqan. Haqiqatan ham, qadimgi panjaqanotlilaming suzgichlari skeleti suvda hamda quruqlikda yashovchilar oyoqlari skeletiga o'xshab ketadi. Qadimgi panjaqa-notlilar o'pka bilan nafas olgan. Ular chuchuk suvli sayoz daryo va ko'Uarda yashagan. Suv qurib qolganida esa muskulli suzgichlari yordamida boshqa suv havzasiga o'rmalab o'ta olishgan. O'pkali panjaqanotlilardan qadimgi dumlilar, ulardan dumsizlar kelib chiqqan.