Estetik madaniyatning tarkibiy qismlari:
Shaxsning voqelikni estetik jihatdan bilib olishga undovchi sub’ektiv omillar
estetik ehtiyoj
deb ataladi.
Shaxsning estetik faoliyatiga, voqelik va san’at asarlarini estetik jihatdan
o‘zlashtirishga kirishishi
estetik qiziqish
deb ataladi.
Ijtimoiy voqelik, tabiat, san’at bilan bevosita muloqot jarayonida –
nazariyalar, qarashlar, badiiy ta’lim va tarbiya natijasida shakllanadigan xususiyat
estetik ong
deb ataladi.
Shaxsning aniq bir estetik hodisaga munosabatini bildiruvchi aqliy harakati
estetik mulohaza
deb ataladi.
Estetik axborotlar oqimi, estetik va axloqiy normalar yig’indisi orqali
shakllanadigan va shaxsning narsa-buyum, hodisalarga estetik baho berishida
yaqqol namoyon bo‘ladigan hodisa
estetik did
deb ataladi.
Shaxsning tabiat, jamiyat va san’atdagi maqsad tarzida idrok etadigan,
takomillashgan go‘zallik borasidagi bahosining aks etishi
estetik ideal
deb ataladi.
Tarbiyaviy faoliyatning shunday shakllari borki, ular shaхsning estetik
voqelikka munosabatini rivojlantirshga хizmat qiladi. Tarbiyaviy faoliyatning
bunday shakllari
Do'stlaringiz bilan baham: |