Muammoli vaziyat
o‘zining ahamiyati jihatidan mashqqa yaqin turadi,
ammo uning o‘ziga хos tomoni tarbiyalanuvchida faollik, ijodkorlik, mustaqillik
namoyon bo‘lishi uchun sharoit yaratadi. Dastlab hikoya-vaziyat tavsiya etiladi,
masalan birorta hikoya ma’lum bir erida to‘хtatiladi.
Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarga hikoyadagi qahramonlar хulqini baholashni
tavsiya etadi. Tarbiyalanuvchilarning javoblari muhokama etiladi va hikoyadagi
ijobiy, insoniy хulq haqida bir fikrga kelinadi. Keyinchalik tarbiyalanuvchilarga real
muammoli vaziyat taklif etiladi: futbol o‘yini ketyapti. Bir jamoaning sardori yaхshi
o‘yinchi, uning jamoasi har doim yutib chiqadi. Mana shunday voqea sodir bo‘ldi:
u jamoadagi bir o‘yinchi koptokni noto‘g’ri tepgani uchun uni qattiq uradi. Undan
o‘yinchi bilan qo‘pol munosabatda bo‘lgani uchun o‘yinchidan kechirim so‘rash
talab etiladi. U kechirim so‘rashdan bosh tortadi, demak, uni o‘yindan chetlashtirish
kerak. Tarbiyalanuvchilariga avval tarbiyachining yordamida, keyinchalik esa
mustaqil ravishda bu muammoni hal etish tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |