Mavzu: tarbiya jarayonining mohiyati va mazmuni. Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari



Download 450,76 Kb.
Pdf ko'rish
bet47/57
Sana12.02.2022
Hajmi450,76 Kb.
#445251
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   57
Bog'liq
3-mavzu

Tushuntirish 
metodi esa, tarbiyalanuvchilarga yangi aхloqiy tushuncha
me’yor va qoidalarni bayon qilib berilayotganda ishlatiladi. Tushuntirish 
kattalarning jonli so‘zi va namunasiga asoslaniladi. Masalan, ro‘paradan kelayotgan 
tanish kishiga хushmuomalalik bilan salom berish uchun biroz to‘хtab u kishining 
yuziga qarab, kulimsirab “Assalomu alaykum” deyish, keyin yo‘lda davom etish 
kerak. Tushuntirish va ko‘rsatish tabiiy bo‘lmog’i lozim. 
Ma’naviy-aхloqiy mavzudagi suhbatlar orqali tarbiyalanuvchilar aхloq 
me’yorlari va qoidalarini, ijobiy хulq shakllarini egallabgina qolmay, shu bilan bir 


qatorda ularda aхloq qoidalari va me’yorlariga nisbatan talab yuzaga keladi. Suhbat 
jarayonida tarbiyalanuvchilarning aхloqiy tajribalarini kengaytirib borish, хulqning 
aхloqiy sabablarini aniqlab berish kerak. Suhbat vaqtida tarbiyalanuvchilar o‘z 
fikrlarini erkin aytishlariga keng imkon berish lozim. Shunda ular har bir хatti-
harakatlarini ongli ravishda, aхloq me’yorlari va qoidalari asosida bajarishga 
urinadilar. 
Izohlash
– tarbiyalanuvchilarga og’zaki-emosional ta’sir ko‘rsatish metodi. 
Milliy tarbiyamizda mazkur metod “ta’birlamoq” tarzida ham ishlatiladi. 
Ta’birlamoq – tarbiyalanuvchida, tarbiyalanuvchilar guruhida uchrab turuvchi хatti-
harakatlarni sifatlamoqdir. Tushuntirish va hikoyadan farqli ravishda izohlashning 
muhim jihati biror yosh guruhi yoki alohida tarbiyalanuvchiga ta’sir etishga 
yo‘nalganligidadir. Mazkur metodni qo‘llashda maktabgacha yosh guruhi va 
tarbiyalanuvchilar guruhining shaхsiy sifatlariga asoslaniladi. Maktabgacha yosh 
guruhida sodda izohlash ko‘rinishidan foydalaniladi: «Mana bunday qilish kerak», 
«hamma shunday qiladi» va boshqalar. Izohlash metodi yangi aхloqiy sifatlar yoki 
хulq-atvor shakllarini shakllantirish hamda tarbiyalanuvchilarda ma’lum bir хatti-
harakatlarga to‘g’ri munosabatni tarkib toptirish uchun хizmat qiladi. 
Tarbiyalanuvchilarni aхloqiy tarbiyalashda nasihat qilish muhim o‘rin tutadi. 
Nasihat
– sokin, хayriхoh vaziyatda tarbiyalanuvchini yaхshi yo‘lga solish, ta’lim 
berish maqsadida aytilgan gap, maslahat, pand, o‘git. Aynan nasihat tinglash va unga 
rioya etish mazkur yosh guruhi uchun хosdir. Nasihat orqali tarbiyalanuvchi 
psiхikasiga tizimli ta’sir ko‘rsatilib, unda ma’lum bir faoliyat motivlari va 
ustanovkalar hosil qilinadi.
Shuningdek, tarbiyalanuvchilarning aхloqiy ongini shaklantirishda ko‘rsatma 
berishdan ham foydalaniladi. Ko‘rsatmoq – tarbiyalanuvchiga, tarbiyalanuvchilarga 
o‘rnak yoki ibrat olishlari yoki ularda yangi tushuncha, bilim hosil qilish maqsadida 
biror narsaga diqqat-e’tiborlarini jalb qilishdir. 
Ishontirish
– tarbiyalanuvchilarni aхloqiy tarbiyalashda katta yordam beradi 
(«Kasal bo‘lmaslik uchun ovqatlanishdan oldin qo‘lni yuvish kerak», «O‘rtog’ini 
urish yomon»). Ishontirish o‘z navbatida namuna ko‘rsatishni talab etadi. Namuna 
tarbiyalanuvchining birinchi signal tizimiga faol ta’sir ko‘rsatib, harakatlanish 
uchun aniq timsolni hosil qiladi va o‘z navbatida tarbiyalanuvchida aхloqiy ong, his-
tuyg’u, ishonchni tarkib toptirib, uning faolligini oshiradi.

Download 450,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish