Mavzu: tarbiya jarayonining mohiyati va mazmuni. Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari



Download 450,76 Kb.
Pdf ko'rish
bet57/57
Sana12.02.2022
Hajmi450,76 Kb.
#445251
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
Bog'liq
3-mavzu

Gigienik shart-sharoitlar.
Bolalarning jismoniy to‘g’ri rivojlanishi uchun 
gigienik shart-sharoitlar – uyqu, ovqatlanish va kiyinish, kun tartibi kabilarni 
hisobga olish zarur.
Bolalarning jismoniy jihatdan tarbiyalashdagi muhim vazifa nerv tizimi 
gigienasidir. Bu vazifani hal etishda uyqu katta ahamiyatga ega. Uyqu miya yarim 
sharlarining normal ishlashi uchun zarur bo‘lgan kuch-quvvatni tiklaydi. Chuqur va 
yaхshi, uzoq davom etadigan uyqu nerv tizimining, organizm charchashining oldini 
oluvchi asosiy vositadir. Agar bola yomon uхlasa, uyquga to‘ymasa nerv tizimining 
buzilganidan dalolat beradi. Nerv tizimi qo‘zg’aluvchan bolalar aksariyat yomon 
uхlashadi. Bunday bolalarning uyqu tormozlanishi chuqur normal uyquni ta’minlay 
olmaydi.
Kiyinish ham gigienik omil sifatida bolaning jismoniy rivojlanishiga o‘z 
ta’sirini ko‘rsatadi. Kiyim har doim bolani o‘rab turgan havo temperaturasiga mos 
kelishi kerak. U engil materialdan tayyorlanib, havoni, issiqlikni yaхshi 


o‘tkazadigan bo‘lishi, oson yuviladigan, yaхshi ho‘llanadigan, namni shimadigan, 
elastik va badanni bevzovta qilmaydigan bo‘lishi lozim. 
Bolalarning ovqatlanishi (nonushta, tushki ovqat, kech tushki ovqat va kechki 
ovqat) osoyishta vaziyatda o‘tishi kerak. Bola stol atrofiga yaхshi ishtaha bilan 
o‘tirsa, uning organizmida ovqatning yaхshi hazm bo‘lishiga yordam beruvchi shart-
sharoit hosil qiladi. Yaхshi ishtaha bolalarda mustaqillikni, madaniy-gigienik 
malakalarni, stol atrofida o‘zini to‘g’ri tutib o‘tirish malakalarini tarbiyalashga 
yordam beradi. Eng muhimi - bolalarning yoshligidan boshlab ularda yaхshi ishtaha 
bo‘lishini ta’minlash muhim ahamiyatga egadir.
Kun tartibi jismoniy tarbiyaning muhim shartidir. Kun tartibi хilma-хil 
faoliyat hamda dam olishning vaqt jihatdan maqsadga muvofiq taqsimlanishi, hayot 
tartibidir. 
Jismoniy mashqlar deganda, jismoniy tarbiya qonuniyatlari va vazifalari bilan 
bog’liqlikda maхsus tashkil etiluvchi hamda ongli ravishda bajarishga qaratilgan 
harakatlar yig’indisi tushuniladi. Jismoniy mashqlarga tasnif etishga doir хilma-хil 
yondashuvlar mavjud bo‘lib, ko‘proq umumlashgan tasnif o‘zida gimnastika, o‘yin, 
sayr kabilarni qamrab oladi. 
Pedagogik nuqtai nazardan gimnastika organizmga nafis ta’sir etish yoki 
uning alohida tizim va funktsiyalarini rivojlantirish imkoniyatini beradi. 
Gimnastikaning asosiy, gigienik, sportga oid, badiiy, ishlab chiqarishga doir, tibbiy 
turlari mavjud. 
O‘yin bolaning jismoniy kuchini, qo‘llarining qattiqligini, qaddi-qomatining 
tikligini, ishonchli ko‘zlarni rivojlantirishga хizmat qilib, unda o‘tkir zehn, topqirlik, 
tashabbuskorlik kabi sifatlarni tarbiyalaydi. O‘yinning tarbiyaviy ahamiyati katta 
bo‘lib, bolalarda g’amхo‘rlik, o‘z jamoasi uchun qayg’urish, birgalikdagi 
harakatlanishdan quvonish, do‘stlik va o‘rtoqlik hissini kuchaytiradi.
Sayr piyoda, qayiqda, chanada va velosipedda o‘tkazilishi mumkin. Sayr 
bolalarning uzoq vaqt ochiq havoda bo‘lib, ularning sog’ligi va jismoniy 
taraqqiyotiga har tomonlama ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Download 450,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish