Jismoniy tarbiya vositalari.
Jismoniy tarbiyani amalga oshirish vositalari
хilma-хil bo‘lib, ularni umumlashgan tarzda uch guruhga ajratish mumkin: tabiiy
omillar, gigienik shart-sharoitlar va jismoniy mashqlar.
Tabiiy omillar
tabiat in’omlari (suv, havo, quyosh)ning sog’liqni
mustahkamlash, bolaning morfologik va jismoniy to‘g’ri rivojlanishiga
ko‘maklashish imkoniyatlarini o‘zida aks ettiradi. Ilmiy adabiyotlarda mazkur holat
«bola organizmini chiniqtirish» atamasi bilan tavsiflanadi. Bola organizmini
chiniqtirish deganda, organizmni mustahkamlash, chidamlilik, zararli ta’sirlarga
qarshilik ko‘rsatish, hayotiy sharoitlarning o‘zgarishiga tez moslashish qobiliyatini
rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar tizimi tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |