Tadbirkorlikning tashkiliy – huquqiy shakllari.
T adbirkorlikning amaliy shakllari qonun hujjatlari asosida belgilanadi va aniq ko’rinishga ega bo’ladi. Tadbirkorlik faoliyati firma doirasida va individual yakka tarzda yuritiladi. Birinchi shaklda yuridik shaxslar, ikkinchi shaklda jismoniy shaxslar tadbirkorligi yuz beradi. Jismoniy shaxs – huquqiy munosabatlarning ishtirokchisi bo’lgan alohida fuqoroni ifodalovchi tushuncha. Yuridik shaxs – fuqorolik huquq va majburiyatlarining subyektlari hisoblanuvchi korxona, muassasa, tashkilotlar. Tadbirkorlik asosan firmalarda va fermer xo’jaliklarida kechadi. Firma ayrim korxona yoki korxonalar birlashmasi shakliga ega. Firma nima?
Firma iqtisodiyotning asosiy bo’g’ini desak mubolag’a bo’lmaydi. Chunki aynan shu yerda ishlab chiqarish jarayoni yuz beradi, ya’ni ishlab chiqarish omillari harakatga kelishni boshlaydi, xomashyo, matriallarga ishlov berilib, butlovchi qismlar yig’ilib iste’molga tayyor tovarlar yaratiladi, har xil xizmatlar ko’rsatiladi. Firmaning asosiy 4 ta belgisi mavjud.
Birinchisi bu – muayyan mulkchilik shakliga ega va iqtisodiy jihatdan mustaqil bo’lgan korxona, ya’ni yuridik shaxs. U erkin faoliyat yurita oladi, boshqacha qilib aytganda u qancha mahsulot ishlab chiqarishni, kim uchun ishlab chiqarish qancha mahsulot ishlab chiqarish, ishlab chiqarilgan mahsulotni kimga qanday narxlarda sotishni o’zi hal qiladi. Shuningdek, u olgan daromadini qayerga qay tarzda hal qilishni o’z manfaatlariga asosan hal qiladi. U faqat bozor talablariga bo’ysunadi, ma’muriy tazyiqlardan ozod bo’lishi kerak.
Firma ishlab chiqaruvchilar jamoasi bo’lib, bu yerda individual manfaatlari mavjud,lekin umumiy manfaatlari bo’lganidan o’zaro birlashgan kishilar mehnat qiladilar. Firma jamoasida uning egalari, boshqaruvchilari va yollanib ishlovchi ishchilar va xizmatlar birlashadi.
Har bir firmaning korporativ – guruhiy manfaati bo’lib, bu uning maqsadida ifoda etiladiki, bu foyda toppish, uni maksimumlashtirishdan iboratdir.
Firma ixtisoslashgan faoliyat yurgizadi, u hamma ishni qiluvchi universal korxona emas, balki ma’lum turdagi faoliyatni yurituvchi va xizmat ko’rsatuvchi jamoadir. Ixtisoslashuv bo’lganidan firma bozor ning ma’lum segmentiga o’z tovarlarini taklif etadi. Bu tovarlar iste’molga tayyor mahsulot, yarim fabrikat, butlovchi qismlar va turli xizmatlardan iborat. Butlovchi qismlar yetkazib beruvchi firmalar ishlab chiqarishni lokalizatsiyalashda ishtirok etuvchilar hisoblanadi.
Tashkiliy – huquqiy jihatdan firmalar turlicha nomlanadi.
Endi bular ham ma’lum turlarga bo’linadi. Xususiy firmani oladigan bo’lsak
Endi firma turlari alohida ko’rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |