Ma’sulyati cheklanmagan jamiyati – shunday korxonalar hisoblanadiki, ularning kapitali sheriklar hisoblanadi. Ularning korxona ochilish paytida, ya’ni unga dastavval qo’ygan mablag’i ustav kapitali deyiladi. To’g’ri ular kapitalni sheriklik asosida to’plashadi, lekin ularning mavqelari teng bo’lmaydi, buning sababi ular dastavval ular har xil miqdordagi kapitallarni sarmoya qilganligidir. Sheriklar ikki xil toifaga ajratiladi.
Birinchisi – to’la huquqli sheriklar. Bular firmaning javobgarligi o’z zimmasiga oladilar, zararni birgalikda ko’taradilar, olingan foydani esa qo’ygan kapitalining miqdoriga qarab bo’lishib oladilar. Ikkinchisi, cheklangan huquqli sheriklar. Bular boshqa sheriklar majburiyatini zimmasiga ololmaydilar, boshqalar to’laydigan zararni to’lamaydilar, lekin qo’ugan kapitalining miqdoriga qarab foydaning bir ulushini oladilar.
Ma’sulyati cheklanmagan firmalarning maxsus turi bu koperativlardir. Bular ham sheriklar mulkiga tayanadi, risk taqsimlanganda foyda-yu zarar birga baham ko’riladi. Biroq kooperativga a’zo bo’lish uchun unga mulk berish kifoya qilmaydi, chunki bundan tashqari kooperativda ishlash ham zarur.
Ma’sulyati cheklangan firmalar. Bular ham sheriklar kapitaliga asoslangan va foydasi sheriklar o’rtasida taqsimlanadigan firmalar. Bunday firmalar nomida “Limited” degan so’z bo’ladi va bu uning javobgarligi cheklanganligini bildiradi. Cheklanish shundan iborat bo’ladiki, firmalar majburiyatlariga o’zining ustav kapitali chegarasida javob beradi. Masalan, firma 10 million dollar qarz bo’lsayu,uning ustav kapitali 8 million dollar bo’lsa, qarzlarning bundan ortiq qismini to’lay olmaydi.
Ma’sulyati cheklanganligi aytilgan firmalarning ko’plab ochilishiga olib keladi, ularga pul qo’ygan sheriklar safini kengaytirib yuboradi. Aksionerlik jamiyati ma’sulyati cheklangan firmalarning eng ko’p tarqalgan shakli, bu aksionerlar ( hissadorlar) jamiyati hisoblanadi. Bular ko’p joyda korporatsiya, deb yuritiladi. Muayyan korxona aksiya chiqarib uni sotadi. Aksiya – korxona nomidan chiqarilgan qimmatli qog’oz, uning necha pulligi yozib qo’yilgan bo’ladi. Aksiyani sotib olganlar aksionerlar, ya’ni aksiya egalari, deb ataladi. Aksiya sotishdan tushgan pul korxonaning kapitalini hosil qiladi. Aksiya egalari uning miqdoriga qarab topilgan foydaning bir qismini dividend (ulush) sifatida oladilar. Aksionerlar korxona egalari hisoblanadi, lekin ulaning maqomi bir xil emas. Aksiyalarning katta qismining egalari yirik aksionerlar bo’lib, kichik aksiya egalari mayda aksionerlar hisoblanadi.
A ksionerlik jamiyati ham sherikchilikka asoslanadi. Bu yerda kapital sheriklarning yig’ma puli, sheriklar foyda va zararni o’rtada taqsimlashadi, tadbirkorlik riski ham ular o’rtasida taqsimlanadi. Biroq bu yerda sheriklar g’oyat ko’pchilik, ulardan buur katta mulkdor bo’lsa, boshqasi arzimas kichik mullk egasi bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |