Mavzu: Tadbirkorlik faoliyati, uning asosiy belgilari va tadbirkorlik faoliyati shakillari



Download 1,77 Mb.
bet3/10
Sana03.01.2022
Hajmi1,77 Mb.
#313937
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Odilov Khumoyun. Refresh.

Tadbirkorlik tizimi - bu tadbirkorlikka hos bo’lgan iqtisodiy munosabatlar va tadbirkorlikning huquqiy-tashkiliy jihatlari va unga oid siyosatning yaxlitligi, ya’ni majmuasidir.





Tadbirkorlik qonun qoidalari 2 xil boladi, birinchisi yozilgan qonun qoidalari, ikkinchisi yozilmagan qonun qoidalar.

Tadbirkorlikning axloqiy me’yorlari ham 2 xil bo’ladi. Birinchisi davlat o’r-natgan me’yorlar, ikkinchisi odat tusiga kirgan me’yorlar

Tadbirkorlik siyosati ikki xil bo’ladi, birinchisi davlat siyosati , ikkinchisi tadbirkorlarning o’zini siyosati.







Tadbirkorlik ravnaq topib, jamiyatda o’z pozitsiyasini mustahkam egallashi uchun yuqoridagi barcha jarayonlar hamohang bo’lishi kerak bo’ladi.

Tadborkorlik shakillari. Davlat tadbirkorligi

Hozir jahonda ishlab chiqaruvchi kuchlar darajasi va o`ziga xos tomonlarining beqiyos darajada bir-biriga qo`shilib ketishi kuzatiladi.Ishlab chiqaruvchi kuchlarning ijtimoiy, umumdavlat maqsadlarida foydalanadigan va nihoyat, jamoa, guruh,xususiy,hamda shaxsiy maqsadlarida ishlatiladigan turlari mavjud. Shunga mos ravishda tadbirkorlikning turli-tuman; davlat, jamoa, shaxsiy, xususiy, aralash va boshqa hosila shakillari rivojlanadi.

Hozir jahonning ko`pchilik mamlakatlarida davlat tadbirkorligi mavjud bo`lib ularda milliy daromadining 20 foizidan 50 foizigacha davlatlar ulushiga to`g`ri keladi. Davlat korxonalari ko`pincha mamlakat iqtisodiyoti uchun juda muhim ahamiyatga ega bo`lgan yoki kata kapital qo`yilmalar talab qiladigon tarmoqlarda tuzilmoqda. Masalan , Angliyada davlat sektori qora metallurgiya , ko`mir qazib chiqarish, aerokosmik sanoat, aloqa vositalari,temir yo`l transporti, eletr va gaz bilan ta`minlash kabi sohalarni qamrab oladi.

Turli mamlakatlarda davlat korxonalarining huquqiy maqomi turli-tumanligi bilan ancha farqlanadi. Hatto biror-bir mamlakatda barcha davlat korxonalari faoliyatini tartibga soluvchi yagona qonuniy hujjat mavjud emas.

Yuqorida ko`rib o`tilgan sharoitlar asosida davlat korxonalarini uch guruhga bo`lish mumkin:

-byudjet korxonalari;

-davlat ishlab chiqarish korxonalari;

-aralash kompaniyalar;

Huquqiy va ho`jalik mustaqilligiga ega bo`lmagan korxonalar byudjet korxonalariga kiradi. O`zlarining holati bo`yicha ular davlatning ma`muriy boshqarish tizimiga kiradi va biron- bir vazirlik, mahkama yoki mahalliy o`z-o`zini boshqarish organlariga bevosita bo`ysunadi va ularning tarkibiy qismi xisoblanadi. Ular olgan foydasiga soliq to`lamaydi. Barcha daromadlar va xarajatlar davlat byudjeti orqali o’tadi.

Davlat ishlab chiqarish korxonalari – korxonalarning ancha keng tarqalgan tashkiliy, huquqiy shaklidir. Ular alohidalashgan mol-mulkka ega bo’lib, xo’jalik faoliyati bilan birga davlat tomonidan belgilangan doirada boshqarish va tartibga solish vazifalarini ham bajaradi, ya’ni davlat korporatsiyalari o’zida tijorat korxonalari hamda davlat organlari belgilari mujassamlashtiradi.

Aksiyadorlik jamiyati – hissadorlik jamyatlari va majburiyatlari cheklangan shirkatlar shaklida tashkil qilinib, aksiyalari davlatga va xususiy omonatchilarga taalluqli bo’ladi. Aralash kompaniyalar hissadorlik jamiyatlari to’g’risidagi qonun asosida ish yuritadi va yuridik shaxs hisoblanadi, xo’jalik faoliyatida xususiy firmalar bilan barobar tijorat asosida qatnashadi. Shu bilan birga, ular xususiy firmalarga nisbatan ma’lum imtiyozlardan foydalanadi. Bu imtiyozlarga davlat tomonidan moliyaviy yordam va dotatsiyalar berish, chet el litsenziyalarini yengil shartlar bilan olish, boshqa davlat korxonalaridan xomashyo va yarim fabirkatlarni qat’iy belgilangan narxlarda olish, ishlab chiqargan mahsulotni sotish uchun bozor bilan ta’minlanganlik va shu kabilar.

Hamma vaqt korxona jamoa tadbirkorligini amalga oshirish vositasi bo’lib xizmat qiladi. Iqtisodiy kategoriya sifatida korxona ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlarini tashkil qilishning birlamchi asosiy bo’g’ini hisoblanadi. Huquqiy nuqtai nazaridan korxona deganda yuridik shaxs huquqiga ega bo’lgan mustaqil xo’jalik yuritish subyekti tushuniladi. Ular o’ziga biriktirilgan mol-mulkdan foydalanish aosida mahsulot ishlab chiqaradi va sotadi, ishlarni bajaradi va xizmatlar ko’rsatadi. Korxonalarning mulkchilik mavqeidan tashqari xilma xil tashkiliy huquqiy shakllari ham mavjud bo’ladi. Korxonalar xo’jalik jamiyatlari va shirkatlari, ishlab chiqarish kooperativlari, jamoa korxonalari, ijara korxonalari, xo’jalik birlashmalari shaklida tuzilishi mumkin.

Kooperativ tadbirkorlik – jamoa tadbirkorligining alohida shakli bo’lib, jamoa mulkiga asoslanadi va kooperatsiya a’zolarining uning faoliyatida o’z mehnati bilan ishtirok etishini taqozo qiladi. Kooperativ mulkchilikka asoslangan tadbirkorlikning asosiy belgilari quyidagilardan iborat : ishlovchilarning ishlab chiqarish vositalari bilan bevosita qo’shilishi (xususiy mulkchilikda bunday qo’shilishda mulkdor, davlat mulkchiligida esa, davlat vositachi hisoblanadi); kooperatsiya a’zolarining ishlab chiqarish vositalaridan keng foydalana olishi; ularning iqtisodiy jihatdan teng huquqliligi jamoaning o’z-o’zini boshqarishning mamalga osirishi; jamoa va shaxsiy manfaatlar uyg’unligi yuzaga kelishi va h.k.

Xususiy tadbirkorlik alohida shaxs yoki korxona tomonidan xususiy tashabbus asosida tashkil qilinadi. Tadbirkorlikning bu shaklida mulk va ishlab chiqarish natijalari xususiy shaxslarga tegishli bo’lib, ishlab chiqarishni tashkil qilish yollanma mehnatga asoslanadi.

Yakka tartibdagi tadbirkorlik shaxsiy mulkka asoslanadi, ishlab chiqarishni tashkil qilish o’zi yoki oila a’zolari mehnati asosida amalga oshiriladi. Shaxsiy korxona egasi uning menedjeri ham hisoblanib, korxonaning barcha majburiyatlari uchun shaxsiy javoblar bo’ladi. Xo’jalik huquqi nuqtai nazaridan yakka tartibdagi tadbirkorlik huquqiy shax hisoblanmmaydi, shu sababli uning egasi cheklanmagan mas’uliyatga ega bo’lib, faqat fuqarolardan olinadigan daromad solig’ini to’laydi, bu odatda, kichik magazin, xizmat ko’rsatish sohasidagi korxonalar, dehqon xo’jaliklari, shuningdek, huquqshunos, vrach, advokat, kabi turli malakali mutaxasislar xizmati ko’rinishida tashkil qilingan tadbirkorlikdir.


Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish