Bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirish sohasidagi vakolat va vazifalari:
Ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi oldida pul majburiyatlari bo‘yicha qarzi bor korxonalarning bankrotligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqida ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat etadi;
Sud boshqaruvchilari attestatsiyasini o‘tkazadi hamda sud boshqaruvchilarining yagona reestrini yuritadi;
Ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarni sudgacha sanatsiya qilish, ularning sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruvi rejalarini kelishib oladi;
Ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarni davlat tomonidan yordam ko‘rsatgan holda sudgacha sanatsiya qilish holati, shuningdek, bunday korxonalarning bankrotligi taomillari jarayonini nazorat qiladi;
Sud boshqaruvchilari faoliyati ustidan qonun hujjatlariga muvofiq nazoratni amalga oshiradi, sud boshqaruvchisining faoliyatida qonun hujjatlari muntazam ravishda yoki bir marta qo‘pol ravishda buzilganligi aniqlangan taqdirda, uni vazifasini bajarishdan ozod qilish haqida iqtisodiy sudga ariza bilan murojaat etadi.
Bankrotlik alomatlari:
Qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini qanoatlantirishga va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini bajarishga qodir emasligi bankrotlik alomatlari hisoblanadi.
Yuridik shaxs: Kreditorlik qarzi bazaviy hisoblash miqdorining kamida uch yuz baravarini tashkil etsa va uch oy ichida to‘lanmasa;
YaTT: Kreditorlik qarzi bazaviy hisoblash miqdorining kamida yigirma baravarini tashkil etsa va uch oy ichida to‘lanmasa;
Shaharni tashkil etuvchi korxona: Kreditorlik qarzi bazaviy hisoblash miqdorining kamida besh ming baravarini tashkil etsa va olti oy ichida to‘lanmasa.
Qo‘llaniladigan taomillar:
Qarzdor yuridik shaxsning bankrotligi to‘g‘risidagi ish ko‘rilayotganda quyidagi taomillar qo‘llaniladi:
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsning bankrotligi to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishda tugatishga doir ish yuritish taomili qo‘llaniladi.
Bundan tashqari, qonunning 145-moddasiga asosan qarzdor va kreditorlar iqtisodiy sud tomonidan bankrotlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishning har qanday bosqichida kelishuv bitimi tuzishga va bankrotlik holatidan chiqishga haqli.
Sud boshqaruvchisi (muvaqqat boshqaruvchi, sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi, tashqi boshqaruvchi, tugatish boshqaruvchisi) – bankrotlik taomillarini o‘tkazish maqsadida iqtisodiy sud tomonidan tayinlanadigan shaxs.