Darsning borishi.
I Tashkiliy qism: a) Salomlashish, davomotni aniqlash, tozalikni tekshirish.
b)Manaviyat daqiqasini o’tkazish Kun yangiligi.
d) ingliz tili daqiqasi ; bear – ayiq, wolf – bo’ri, rabbit - quyon.
II O’tgan mavzuni mustahkamlash
1. Bola bo‘rilardan nima uchun qochmadi?
2. Akasining: «Hamma gap aql bilan irodada» degan gapini siz qanday tushunasiz?
3. Hikoyaning «Xatarli uchrashuv» deb nomlanishini izohlang.
Erpo‘lat onasi bilan shahardan chang‘i olib qaytdi. Ko‘chalari muyulishida futbol o‘ynayotgan bolalar o‘yinlarini to‘xtatib peshvoz chiqishdi. — Qayoqdan olding? — Shahardan. — Chang‘i uchishni bilasanmi? — Albatta. Erpo‘lat chang‘ida uchishni bilmas edi. Ammo o‘rtoqlarini qoyil qoldirish uchun «albatta» deb yubordi. — Quruq yerda chang‘i ucholmaysan-ku, qor yo‘q, — dedi Quvonchbek uning chang‘i olganligiga baxilligi kelib. — Qor yog‘adi.
— Qachon? — Ertaga. Ertalab televizorda aytdi, — Erpo‘lat bolalarning havasini keltirish uchun bu safar ham yolg‘on gapirdi. U kechgacha dadasining boshini qotirdi: — Qachon qor yog‘adi, dada? — Bilmayman. Bir ozdan keyin уana so‘radi, kechga tomon уana... — Tashqariga chiqib havoni hidlab ko‘r-chi, agar qorning hidi kelib tursa, tuni bilan yog‘ib chiqadi. — Qorning hidi qanaqa bo‘ladi? — Yoqimli bo‘ladi. Yoqimli hidning qanaqa bo‘lishini bilmasa-da, ezmalik qilmaslik uchun tashqariga chiqdi. Uni chang‘ida uchishdan ko‘ra o‘rtoqlarining oldida yolg‘onchi bo‘lib qolishi o‘ylantirib qo‘ydi. Mabodo ertaga qor yog‘masa, hammadan oldin Quvonchbek qo‘lini niqtab ko‘rsatadi: «Qaranglar, Erpo‘lat yolg‘onchi kelyapti». Keyin hamma bolalar xaxolab kuladi. — Qalay, qorning hidi bor ekanmi? — dedi dadasi u tashqaridan kirib kelganida. — Bor, — dedi Erpo‘lat. — Qaysi tarafdan kelyapti? — Osmondan. U allamahalgacha uxlay olmadi. Onasi bilan dadasiga bildirmasdan tashqariga mo‘ralab-mo‘ralab qo‘ydi. Tashqari qop-qorong‘i. Qor yog‘ganda yer oppoq bo‘lib ko‘rinar edi. Erpo‘lat tongga yaqin dong qotib uxlab qoldi. U Qoratog‘ning etagida chang‘ida uchib yurgan emish. Bir gal chang‘ining dastaklarini toshdan toshga tirab do‘nglikka arang ko‘tarildi. Birpas nafasini rostlab, o‘ziga keldi. Musaffo tog‘ havosidan buloq suvini ichayotgandek simirdi. Dimog‘iga muzday tip-tiniq havo urildi. U chang‘iga oyog‘ini qattiqroq bog‘ladi. So‘ng o‘ziga o‘zi «bir, ikki, uch» deya start berib, pastlikka tomon yeldek uchib ketdi….
Hikoyani o`quvchilar mustaqil o`qiydilar .Mazmunini so`zlab beradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |