Tarbiyaviy: o‘quvchilarda vatanga muhabbat hissida tarbiyalash;
TK2:media vositalridan, didaktik materiallaridan foydalanish;
TK4:davlat ramzlarini bilish, davlat ramzlariga hurmat va ehtirom ko‘rsatish;
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish;
FK2: talaffuz me’yorlariga, bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga rioya qila oladi, mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda, o‘zlashtirilgan leksik birliklarni matnda qo‘llay olish.
Darsning turi: o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantiruvchi dars.
Darsning metodi: “Muzyorar”, “Savolning javobini top” ta’limiy o‘yinlari, suhbat.
Darsning jihozi: mavzuga oid rasmlar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi.
T/R
|
Bo’limlar
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O`tgan mavzuni mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
15 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
5
|
O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.
|
10 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Jami
|
45 daqiqa
|
I.Tashkiliy qism:
Salomlashish,
o’quvchilarni darsga tayyorgarliklarini tekshirish.
Aylanma daftarlarni almashtirish.
Chiroyli va xatosiz yozish yuzasidan ko`rsatmalar beraman.
II.O`tgan mavzuni mustahkamlash: O'quvchilarning olgan baholarini qisqacha tahlili o`tkaziladi. Yo`l qo`yilga xatolari yuzasidan ko`rsatma beraman. O’tilgan mavzu yuzasidan savol-javob o`tkaziladi.
III.Yangi mavzu bayoni: O’qituvchi darslikdagi mashq orqali bugungi mavzuni ko’rgazmalar, slayd va multimedia ilovasi orqali tushuntiradi va berilgan mashqlar o’quvchilar bilan sinf doskasi va o’z daftarlariga mustaqil yozib bajartiriladi.
108-mashq. 0‘qing va ko‘chiring.
Umid duradgorlik to‘garagiga qatnaydi. To'garakda bolalar yog'ochdan turli buyumlar yasashni o'rganadilar. Yamin kursicha, xontaxta yasashni biladi. Hozir bolalar javon yasashni o‘rganishyapti.
Birinchi gap kim haqida aytilyapti? Shu so'zning tagiga bir chiziq chizing. Yamin haqida nima deyilgan? Shu so‘zning tagiga ikki chiziq chizing. Keyingi gaplarni ham shu tartibda tahlil qiling.
Ega va kesim gapning bosh bo’lakiaridir. Ular birgalikda gapning asosini tashkil etadi. Gapning kim yoki nima haqida aytilganini bildiradigan bo'lagi ega deb ataladi. Gapning egasi haqida nima de-yilganini bildirgan bolak kesim deyiladi. Kesim gapning boshqa bo‘laklarini o‘z atrofiga birlashtiradi.
Bolalar maktabda o‘qiydilar. Bu gapda bosh bo‘-lak ikkita: kimlar? Bolalar (ega), nima qiladilar? o‘qiydilar (kesim). Bolalar o‘qiydilar — gap bolalarning mashg‘uloti (o'qishi) haqida xabar bildiryapti.
Do'stlaringiz bilan baham: |