Mavzu: Rubidiyning xom ashyo manba'lari



Download 43,5 Kb.
bet3/4
Sana07.01.2022
Hajmi43,5 Kb.
#329027
1   2   3   4
Bog'liq
Mustaqil ish NMM

Fizikaviy xossalari. Rubidiy (Rb) – kumushsimon-oq metall, toza kesilganda metall kabi yarqirashga ega. Vakuumda yoki inert gaz atmosferasida yarqiroq yuzasini saqlab qoladi va tashqi ko‘rinishi bo‘yicha boshqa metallardan farq qilmaydi. tsuyuq. =39,49°C, tqayn.=686,04°C, zichligi 1,532 g/sm³ (20°C). Havodagi uchuvchanligi sezilarli darajada emas.

Kimyoviy xossalari. Rubidiy yuqori reaksion qobiliyatga egadir. Standart elektrod potensiali – 2,925V. Kislorodda va havoda tezda oksidlanib alangalanadi, yuqori peroksidli RbO2 peroksid qo‘shimchalari bilan Rb2O2 hosil qiladi. Kislorodning kam miqdorida Rb2O oksidga qadar oksidlanadi. Suv bilan odatda portlash bilan ta’sirlashib, RbOH gidroksidni hosil qiladi va H2 ajralib chiqadi. Quruq H2 bilan qizdirilganda 5-10 MPa bosim ostida katalizator ishtirokida ta’sirlashib, RbH gidridni hosil qiladi. Galogenlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri birikadi va rubidiy galogenidlarni hosil qiladi. Rubidiyning oltingugurt kukunlari bilan ishqalanishi portlash jarayoni bilan kechadi va Rb2S sulfid hosil bo‘ladi. Rubidiy selen va tellur bilan vakuumda suyuqlantirilganda tegishli selenid Rb2Se va tellurid Rb2Te ni hosil qiladi. N2 bilan odatdagi sharoitda ta’sirlashmaydi, suyuq azot bilan N2 elektr razryadida rubidiydan tayyorlangan elektrodlar oralig‘ida ta’sirlashib, Rb3N nitridni hosil qiladi. Rubidiy suyuq NH3, alkilamin va ayrim poliefirlarda erib, solvatlangan elektronlar tutgan va elektron o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan ko‘k rangli eritma hosil qiladi. Quruq gaz holatidagi NH3 bilan rubidiy 200-300°C ta’sirlashib RbNH2 amidni, qizil fosfor bilan 400-430°C temperaturada – Rb2P5 fosfidni, grafit kukuni bilan 200-350°C temperaturada-C8Rb karbidni, nisbatan yuqori temperaturada – C24Rb ni, atsetilen bilan – atsetilenidni Rb2C2, Si va Ge bilan argon atmosferasida 600°C temperaturada – tegishli silitsidni RbSi va germanidni RbGe hosil qiladi.

Rubidiy CO2, CCl4 va CHCl3 ta’sirida portlab, 300°C temperaturadan yuqorida shishani parchalab, SiO2 va silikatlarni Si ga qadar qaytaradi. Rubidiy barcha kislotalar bilan ta’sirlashadi, shu jumladan, organik kislotalar bilan ham, tegishli tuzlarni hosil qiladi, spirtlar bilan esa alkogolyatlarni hosil qiladi.

Rubidiy ishqoriy metallar bilan qattiq eritmalardan tuzilgan (K va Cs bilan) yoki evtetik aralashma tarkibli (Na bilan) qotishmalar hosil qiladi.

Rubidiy ko‘plab metallar – Au, Hg, Cd, Ga, In, Sn, Pb, Bi va boshqalari bilan, qiyin eriydigan metallardan tashqari intermetallidlar hosil qiladi.


Download 43,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish