Olinishi. Metallsimon rubidiy 700–800°C temperaturada vakuumda (0,001 mm.sim.ust.) kalsiy metalli bilan rubidiy galogenidlarining (odatda xloridlari) tiklanish jarayoni tufayli qaytarib olinadi. Oz miqdordagi rubidiyni 850°C temperaturada sirkoniy kukuni bilan rubidiy xromatni tiklab qaytarib Rb2CrO4 razryadlangan quvurga rubidiyni kiritish orqali yoki rubidiy azidini RbN3vakuumda (0,1 mm.sim.ust.) 390–500°C temperaturada sekinlik bilan termik parchalab olinadi. Bu usul anchagina toza metallsimon rubidiy olishga imkon beradi va u termodinamik va fizikaviy konstantalarni aniqlash uchun muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, o‘zlashtirilayotgan rubidiyning kattagina qismini lepidolit birikmalardan litiyni sanoatda qo‘shimcha mahsulot sifatida olinadi. Litiy karbonat yoki gidroksid ko‘rinishida ajratib olingandan so‘ng, boshlang‘ich eritmadan rubidiyni birikma ko‘rinishida alyumorubidiy RbAl(SO4)*12H2O, alyumokaliyli KAl(SO4)*12H2O va alyumotseziyli CsAl(SO4)*12H2O holida cho‘ktiriladi. Ushbu birikma ko‘p martalik qayta kristallab so‘ng ajratiladi.
Karnalitlardan magniy olishda hosil bo‘ladigan ishlangan elektrolitlardan ham rubidiy ajratib olinadi. Undan rubidiyni ferrorsianid temir yoki nikel cho‘kmalariga sorbsiyalab ajratib olinadi va rubidiyni karbonat kaliy va seziy qo‘shimchalari bilan birga ajratib oladi.
Pollutsellitdan seziyni olishda Cs[Sb2Cl9] cho‘ktirilgandan so‘ng eritmadan rubidiyni ajratib olinadi. Nefilindan glinozem olishda hosil bo‘ladigan texnologik eritmadan ham rubidiyni ajratib olish mumkin. Rubidiyni ajratib olish uchun ekstraksiya va ion almashinish xromotografiya usullaridan foydalaniladi.
Qotishmalar. Ishqoriy va ishqoriy yer metallari bilan Hg, Sb, Bi, Au metallari qotishmalar hosil qiladi, qayd etilganlardan oxirgi uchta metall bilan hosil qilgan qotishmasi yorug‘lik nuri ta’sirida elektron emissiyani namoyon qiladi.
Ishlatilishi. Rubidiy asosan kataliz, elektronika va atom sanoati, maxsus optika, tibbiyot sohalarida ishlatiladi.
⁸⁶Rb izotopi gamma-defektoskopiyada, o‘lchov texnikalarida hamda dori-darmonlar va oziq-ovqatlarni sterillashda ishlatiladi. Rubidiy va uning seziy bilan qotishmalari – istiqbolli issiqlik tashuvchi va ishchi muhit sifatida yuqori temperaturali turboagregatlarda ishlatiladi. Rubidiy asosidagi issiqlik tashuvchi sistemalar sifatida uchlamchi qotishmalari natriy-kaliy-rubidiy va natriy-rubidiy-seziy keng qo‘llaniladi.
Katalizda rubidiy organik va noorganik moddalar sintezida keng ishlatiladi. Rubidiyning katalitik faolligi yuqori bo‘lganligi sababli neftni qator muhim mahsulotlarga qayta ishlashda ishlatiladi.
Rubidiy atsetati, masalan, suv gazidan metanol sintezini va qator yuqori spirtlarni sintez qilishda, ko‘mirning yer osti gazifikatsiyasida va avtomobillar uchun sun’iy suyuq yoqilg‘i, shuningdek, raketa yoqilg‘isi ishlab chiqarishda muhim katalizator hisoblanadi. Rubidiyning bir necha tellur bilan qotishmalari spektrning ultrabinafsha nurlari ta’sirida seziy birikmalariga nisbatan yuqori sezgirlikka ega. Shu sababli, foto o‘zgartiruvchi material sifatida seziy bilan raqobat qilishi mumkin.
Maxsus moylovchi kompozitsiyalar (qotishmalar) tarkibida rubidiy vakuumda yuqori samarador moylovchi sifatida raketa va kosmik texnikada ishlatiladi. Rubidiy gidroksidi past haroratli tok manbalari sifatida tokning kimyoviy manbalarida elektrolitlar tayyorlashda hamda qo‘shimcha sifatida kaliy gidroksidiga qo‘shilib, uning past haroratdagi ishlash qobiliyatini oshirishda va elektrolitning elektr o‘tkazuvchanligini ko‘tarishda ishlatiladi. Gidridli yoqilg‘i va qo‘shimcha elementlar sifatida metall holatidagi rubidiy qo‘llaniladi.
Rubidiy xloridning mis xloridi bilan hosil qilgan qotishmasi yuqori temperaturalarni (400°C gacha) o‘lchashda ishlatiladi
Foydalanilgan adabiyotla ro'yxati:
1.Q.S.Sanaqulov, B.F. Muhiddinov, A.S.Hasanov "Kimyoviy elementlar" Toshkent 2019.
2.Б.А. Степанов «Металлургия редких металлов» Ташкент 2000г, 144 с.
3.А.Н. Зеликман, Б.Г. Коршунов. «Металлургия редких металлов» М. Металлургия 1997 г., 328 с.
4.А.Н. Зеликман «Металлургия тугоплавких редких металлов» М. Металлургия 1996. 245 с.
Do'stlaringiz bilan baham: |