Pedagogika fani metodologiyasi jamiyatning rivojlanishi sharoitida uzluksiz taraqqiy etib boruvchi pedagogik muhit holatini haqqoniy aks ettiruvchi, pedagogika nazariyasi hamda amaliyoti, talim olish hamda unga yondashuv mezonlari haqidagi bilimlar tizimi.
Pedagogika fani rivoji muayyan pedagogik muammolarni tadqiq etish maqsadida olib borilgan tadqiqot ishlarining goyasi, mazmuni hamda natijalari hisobiga taminlanadi. Ijtimoiy va ishlab chiqarish jarayonining keskin rivojlanishi shaxsni har tomonlama kamol toptirish imkonini beruvchi omil hamda pedagogik shart-sharoitlarni aniqlash, jamiyat va shaxs manaviyatiga ziyon yetkazuvchi holatlarni bartaraf etishni taqozo qiladi. Tarbiya jarayonlarining mohiyatini anglash ularni keng yoki tor doirada organish, mavjud korsatkichlar vositasida ularning sodir bolish sabablarini organish, zarur chora-tadbirlarni belgilash ilmiy izlanishlarni tashkil etish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Pedagogik izlanishlarning samarali kechishi bir qator obyektiv va subyektiv omillarga bogliq. Mazkur jarayonda maqsadga muvofiq keluvchi, maqbul, ayni vaqtda samarali bolgan metodlarni tanlay olish ham muhimdir.
Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari shaxsni tarbiyalash, unga muayyan yonalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berishga berish tamoyillari, obyekti va subyektiv omillarini aniqlovchi pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullaridir.
Ayni vaqtda, Ozbekiston Respublikasida pedagogik yonalishda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar dialektik yondashuvga asoslanadi. Pedagogik hodisa, voqelik va ularning qonuniyatlarilarni aniqlashga bunday yondashuv pedagogik hodisa va jarayondlarning umumiy aloqasi, ularning izchil, uzluksiz rivojlanishi, bolaning fiziologik rivoji uning psixologik, intellektual jihatdan takomilashtirib borishini taminlashi, qarama-qarshiliklarning shaxs kamolotini taminlashdagi orni va roli, shuningdek, dialektika kategoriyalarining ahamiyatini etirof etadi.
Pedagogik ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish murakkab, muayyan muddatni taqozo etuvchi, izchillik, uzluksizlik, tizimlilik hamda aniq maqsad kabi xususiyatlarga ega bolgan jarayon bolib, uning samarali bolishi uchun bir qator shartlarga rioya etish zarur. Ular quyidagilardir: muammoning dolzarbligi va mavzuning aniq belgilanganligi; ilmiy farazlarning togri shakllantirilganligi; vazifalarning tadqiqot maqsadi asosida togri belgilanganligi; tadqiqot metodlar tizimiga nisbatan obyektiv yondashuv; tajriba-sinov ishlari jarayoniga jalb etiluvchi respondentlarning yosh, psixologik va shaxsiy xususiyatlari, shuningdek, shaxs rivojlanishi qonuniyatlarining togri hisobga olinganligi; tadqiqot natijalarini oldindan tashhislash va uning natijalarini aytib otish; tadqiqot natijalarining kafolatlanganligi.
Zamonaviy sharoitda, pedagogik yonalishda, tadqiqotlarni olib borishda quyidagi metodlardan foydalanilmoqda:
Pedagogik kuzatish metodi.
Suhbat metodi.
Anketa metodi.
Intervyu metodi.
Talim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish metodi.
Test metodi.
Pedagogik tahlil metodi.
Bolalar ijodini organish metodi.
Pedagogik tajriba metodi.
Matematik-statistik metod.
Do'stlaringiz bilan baham: |