Onglilik va faollik tamoyilii ta`lim jarayonida oqquvchilarning passiv bolib materialni tushunmay mexanik ravishda quruq yodlashi emas, balki bilim va malakalarini faol ravishda anglab chuqur va asosli bilim olishi zarur.
Ta`limda korsatmalilikdan foydalanish qadimiydir. Komenskiyning fikricha, korsatmalilik tamoyili korsatib otish usuli emas, balki barcha sezgi organlari narsalar va hodisalarni eng ravshan, asosli mustahkam puxta ozlashtirib olishga jalb qilish vositasidir.
Korsatmalilik tamoyilini joriy etishda quyidagilarga amal qilish zarur:
1) mavjud narsalarning ozini korsatish yoki tabiiy holda kuzatishlar otkazish;
2) narsalarning modelini yoki nusxasini korsatish;
3) narsa va hodisalar tasvirlangan suratlarni korsatish.
Ilm sirlarini bilib olish uchun yoshlardan quyidagilar talab qilinadi.
1. Sof aqlga ega bolish;
2. Organish zarur bolgan narsani korish;
3. Diqqatni toplay olish;
4. Kuzatish lozim bolgan narsalarni ma`lum tartibda ketma-ket korsatish.
Sezgilar vositasida mukammal idrok qilingan narsalar, hodisalar xotirada uzoq vaqt mustahkamlanadi. Komenskiy shunday yozadi: Agar kishi biror marta qand yegan bolsa, tuyani bir korgan bolsa, bulbul xonishini bir marta eshitgan bolsa, bularning hammasi xotirada mustahkam qoladi va esdan chiqib ketmaydi.Koz bilan korilgan narsani isbotlashning hojati yoq. Shuning uchun Komenskiy maktablar va muallimlar darslarda korsatma qurollarni koproq ishlatishi zarur deb bildi.
Izchillik va tizimlilikni ajratib bolmaydi. Oquv materiallarini matematikaga xilof ish qilmasdan togri tekshirib chiqish oqitishni nimadan boshlab va unda ketma-ketlikka rioya qilish, yangi material bilan oldin otilganlarni bir-biriga boglash.
Uning fikricha, ta`lim boshidan oxirigacha izchil davom etishi ta`limning poydevorini mustahkam qurilishini ta`minlaydi. Hozir organilgan bilimlar oldingisiga asoslanilsa, keyingisiga yol ochiladi.
Ta`limda umumiydan-xususiyga, ma`lumdan-noma`lumga, uzoqdan-yaqinga kabi qoidalarga amal qilinadi. Uning fikricha, mashq qilish va takrorlash tamoyilii oquvchilarning ongiga asoslanib bilimlarini puxta egallashga xizmat qilishi kerak.
Mashqlar natijasida bola sozlarni quruq yodlay olmasligi, narsa va hodisalarni tushunib olishi bilimlarni ozlashtirishi va amalda qollashi lozim. Bola oqib togri tushunib olgan bilimlarning barchasi uning xotirasiga mustahkam saqlanib qoladi. Orgatmoqchi bolgan narsani bolaga amalda bajartirish kerak. Mashq qilish va takrorlash bilimlarning ongli va puxta ozlashtirishida muhim rol oynaydi.
Dars oquv mashgulotini tashkil etishning asosiy shakli va quyidagilarni taqozo qiladi.
a) bilim darajasi bir xil bolgan oquvchilarning ozgarmas tarkibi:
b) oquv mashgulotlarini, darslarni qat`iy jadval asosida tashkil etish:
v) muallim bir vaqtning ozida sinfdagi barcha oquvchilarga bir fan orgatishi:
g) butun oquv mashguloti davomida oqituvchilarning rahbarlik roli.
Komenskiyning fikricha, bolalarni maktabga har yili bir marta qabul qilish lozim. Oqishga qabul qilinganlar sinflarga taqsimlanib chiqilishi kerak. Maktabda sinflar soni qancha bolsa, sinf xonalari ham shuncha bolishi kerak. Boshlangich sinf oquvchilari har kuni tort soat, gimnaziya oquvchilari olti soat oqishi kerak. Har bir darsda ma`lum vazifani bajarish kerak. Muallim biror narsani tushuntirayotganda hamma bolalar diqqat bilan tenglasinlar.
Komenskiy butun dunyoda pedagogik fikrlar va maktablar taraqqiyotida juda katta ta`sir korsatdi. Shuning uchun ham butun insoniyat Komenskiyni qadrlaydi.
1 Abul Muxsin Muxammad Bo³ir ibn Muxammad Ali. Baxouddin Balogardon. -Toshkent, Yozuvchi, 1993. 75-78-betlar