13-MAVZU: ENG QADIMGI DAVRLARDAN XX ASRDA JAXON PEDAGOGIKA FANINING RIVOJI
Reja:
1. Qadimgi Yunoniston, Qadimgi Rim davlatlarida maktab va tarbiya. Qadimgi Yunoniston faylasuflari tarbiya togrisida. Qadimgi Rimda pedagogik goyalar rivoji.
2. Garbiy Yevropada maktab va pedagogik fikrlar. Iogann Genrix Pestalotsiyning didaktika va boshlangich talim metodikasiga qoshgan hissasi. Adolf Distervergning rivojlantiruvchi talim nazariyasi. Ya.A.Komenskiyning pedagogik nazariyasi.
3. XIX asrning oxiri XX asrda Garbiy Yevropa, Rossiyada reformatorlik pedagogikasi va uning asosiy yonalishlari.
4. L.N.Tolstoyning pedagogik qarashlari. K.D.Ushinskiy pedagogika fani va tarbiyaning ahamiyati togrisida. Ushinskiyning didaktik qarashlari va pedagogik merosi.
5. Hozirgi davrda jahon mamlakatlari talim tizimi va pedagogika fani rivoji.
Qadimgi Sharq, Qadimgi Yunoniston, Qadimgi Rim davlatlarida maktab va tarbiya. Qadimgi Misr murakkab davlat tizimiga va keng miqyosli xojalikka ega bolgan mamlakat bolgan. Misr davlati va xojaligini boshqarish uchun xat-savodli, bilimdon kishilar zarur bolgan. Shu tufayli Misr flravnlari va ayonlari xat-savodli va bilimdon xodimlar tayyorlashga alohida ahamiyat berganlar. Misrda oqitish, talim -tarbiya berish maskani maktablar edi. Mamlakatning hamma shaharlari va yirik qishloqlarida maktablar bor edi. Maktablarda firavnlar, ayonlar, amaldorlar, ruhoniylarning bolalari va oqishga havaslari bolgan kishilarning farzandlari ham oqiganlar.
Misrda boshlangich, orta va oliy maktablar bolgan. Boshlangich maktablarga bolalar 5-6 yoshdan jalb etilib, harflar orgatilib, savodi chiqarilgan. Bolalar maktabda husnixat bilan shugullanib, ular har kuni 3 sahifa yozishlari kerak bolgan. Misrdagi orta va oliy maktablarning kopchiligi mirzolar tayyorlab chiqarganlar. Uni «Mirzolar maktabi» ham deyishgan.
Misr firavnlarining markaziy mahkamasi qoshida podsho xazinasi uchun maxsus amaldor mirzolar tayyorlaydigan maktablar ham bolgan. Bu maktablar katta tajribaga ega bolgan bilimli ustoz-oqituvchilar bilan taminlangan bolgan. Maktablarda matematika, geometriya, astronomiya, tarix, tibbiyot, adabiyot kabi dunyoviy va diniy bilimlar oqitilgan.
Misr maktablarida intizom juda qattiq bolib, u tan jazosi bilan mustahkamlangan. Osha vaqtda yozilgan «Nasihatlar»da: «Ey mirza, dangasalik qilma, yoqsa jazoga duchor bolasan. Qolingda kitob bolsin, ovoz chiqarib oqigin va ozingdan kop biladiganlar bilan maslahat qilib ish tut. Bir kun ham yalqovlik qilma yoqsa kaltak eysan. Axir bolaning qulogi yelkasida boladi-da, qachon ursang, shunda uning qulogiga gap kiradi»,-deb yozilgan.
Mesopotamiyaliklar maorif ishlariga alohida etibor berganlar. Maktablarda koproq podsho, badavlat kishilar, amaldorlar va oziga toq kishilarning farzandlari oqishgan. Ammo maktabda erkin jamoadan bolgan oddiy kishilar ham oqigan bolsalar kerak. Maktablarning quyi sinflarida til, adabiyoi, grammatika, yuqori sinflarda esa matematika, musiqa, huquq, geometriya, astronomiya, tarix, tabobat, veterinariya kabi aniq fanlar bilan bir qatorda diniy fanlar ham oqitilgan. Maktablar saroy va ibodatxonalar qoshida bolib, uni ruhoniylar boshqarganlar. Mari va boshqa shaharlardagi qazishlar vaqtida oquvchilarga mos orindiqlar qoyilgan maktab binosining qoldigi topilgan.
Maktablar davlat uchun xojalik, savdo va harbiy ishlarni boshqaruvchi xodimlar tayyorlaganlar. Maktablarda Misrdagi kabi mirzolar tayyorlashga katta ahamiyat berilgan. Maktablarda intizom va nazorat juda qattiq bolgan. Etarli qobiliyatli va tirishqoq bolmagan oquvchilar jazolangan. Maktab qoshida «Xivich bilan savalovchi» maxsus nazoratchi bolgan. Oqituvchilar oquvchilarni qunt bilan oqishga undaganlar.
Yunoniston unchalik katta bolmagan quldorlik davlatlaridan iborat bolgan. Uning katta shaxarlaridan biri Lakoniya (poytaxti Sparta) va Attika (poytaxti Afina) bolib, bu shaxarlar madaniyat markazi hisoblangan.
Bu ikki shaxarda tarbiyaning oziga xos tizimi vujudga keldiki, natijada bu tarbiya tizimi «Sparta» va «Afina» usulidagi tarbiya deb yuritiladigan boldi.
Lekin bu ikki shaxarning iqtisodiy, siyosiy taraqqiyoti, madaniyat darajasi turlicha edi. Shuning uchun ular bir-biridan tubdan farq qilar edi. Ammo ikkala davlatda ham quldorlik tuzumi xukmronlik qilar edi. Shuning uchun ham bu davlatlarda ijtimoiy tarbiya tizimi quldorlarning bolalarini manfaatini kozlar edi.
Yunonistonda qullarni «gapiradigan ish quroli» deb hisoblar edilar. Qullar oddiy insoniy huquqlardan ham mahrum edilar.
Spartada dexqonchilik yaxshi rivojlangan bolib, bu qullar mexnati evaziga asoslangan edi. Spartada qullar shafqatsiz taqib ostiga olinar edi. Shu sababli ular tez-tez qozgolon kotarib turar edilar.
Tarbiya ishlari davlat ixtiyorida bolib, asosiy maqsad bolalarni baquvvat, jismonan soglom, bardoshli, chiniqqan jangchilar qilib tarbiyalashdan iborat edi.
Spartaliklarning bolalari 7 yoshgacha uyda tarbiyalangan, song «Agella» deb atalgan maktabda oqishgan. Oqish muddati 7-18 yoshgacha davom etgan. Shu maktabda hukumatning taniqli kishisi «pedanom» butun tarbiyaviy ishga rahbarlik qilgan.
Tarbiya jarayonida bu maktabda osmirlarga alohida etibor berishgan. Ularni jismonan soglom bolishi uchun turli mashqlar bilan chiniqtirishgan. Masalan: sovuqqa, ochlikka va chanqoqlikka chidash, ogrikka bardosh berishga orgatib borishgan. Talim jarayonining asosiy qismini xarbiy gimnastik mashqlar: yugurish, sakrash, nayza otish, qol bilan jang qilish, musiqa darsi, qisqa sozlashuv, madaniyat darsi tashkil etar edi.
Kadimgi Yunonistondagi tarbiyaviy ishlar shunisi bilan oziga xos ediki, unda bolani nafaqat jismoniy chiniqtirish, balki manaviy tomondan ham barkamol bolishi nazarda tutilgan. Bolalarga musiqa, ashula va diniy raqslar ham orgatilgan. Bu mashgulotlarning mazmuni jangovar hamda harbiy tusda bolgan.
Spartada olib boriladigan talim -tarbiyaning yana muhim tomonlaridan biri yoshlarni qullarga nisbatan shafqatsiz, mensimaydigan qilib tarbiyalashdan iborat bolgan.
Shu maqsadda yoshlar «Kreptiyalar»da yani kechalari qullarni tutish mashqlarida qatnashtirilar edi. Ular shubhali bolib koringan qullarni oldirar edilar.
Yoshlarga axloqiy tarbiya berishda davlat rahbarlari maxsus suhbatlar otkazib, shu yol bilan ularga axloqiy va siyosiy tarbiya berar edilar. Masalan: Vatan dushmanlari bilan kurashda ota-bobolar korsatgan mardligi va jasurligi, qaxramonlar xaqida suxbatlar uyushtirishar, shuningdek bolalarni savol-javob jarayonida aniq, qisqa va londa qilib javob berishga orgatib borilar edi.
Spartada 18-20 yoshga yetgandan keyin maxsus «Efeblar» (Efeblar qadimgi Yunonistonda balogatga yetgan ospirinlar) guruhiga okazilgan. Bu guruhda bolalarga harbiy talim berilgan va ular harbiy xizmatni otaganlar.
Spartada qizlar tarbiyasiga ham alohida etibor qaratilgan. Ogil bolalar bilan qizlar birga qoshib oqitilgan. Ular ham harbiy va jismoniy tarbiya malakalari bilan qurollantirib borilgan. Bundan maqsad erkaklar urushga ketgan vaqtlarida qizlar, ayollar shaharni, uy-joyni qoriqlash, qurollanib qoriqchilik vazifasini otashi, qullarni itoatda saqlashni taminlashi kozda tutilgan, ular hatto jangda ham qatnashganlar.
Qadimiy Gretsiyaning ikkinchi shaxarlaridan biri Afinada esa xayot, tartib, intizom, maktab tizimi, undagi talim -tarbiya Spartanikidan butunlay farq qilar edi. Afinadagi iqtisodiy hayot Spartadagi singari cheklanib qoyilgan emas edi. Qullar xususiy mulk hisoblanar edi. Bu yerda tibbiyot ilmi, matematika, tarix, sanat, memorchilik, xaykaltaroshlik taraqqiy etgan edi.
Tarbiya jarayonida aqliy, axloqiy, estetik, jismoniy tarbiya birga qoshib olib borilgan. Lekin bu tarbiyalarni mukammal egallash faqat feodallarning farzandlariga nasib etgan xolos.
Afinada tarbiya va maorif masalasi Spartaga nisbatan tubdan farq qilar edi. Bu yerda grammatist, polestra, gimnasiy, efeb, demos kabi maktab turlari mavjud edi.
Bolalar 7 yoshgacha oilada tarbiyalanganlar. 7 yoshdan ogil bolalar maktabga borishgan. Qizlar esa oilada ona komagida uy rozgor ishlariga orgatilgan. xotin-qizlar faqat uyda bolishgan. Afinada bolalar dastlab 7 yoshdan 13-14 yoshgacha «grammatist», (savod oqitish manosida), «kifarist» (grekcha musiqa oqituvchisi manosida) maktablarda tahsil olganlar. Bu maktablar xususiy bolib, xaq tolanar edi, Shuning uchun fuqarolarning bolalari bu maktablarda talim ololmas edilar.
Bu maktablarda «didaskal» deb atalgan oqituvchilar mashgulot olib borar edilar (men oqitaman degan manodagi «didasko» sozidan, keyinroq «didaktika» talim nazariyasi kelib chiqqan).
Ogil bolalarni maktabga qullar yetaklab borishgan. Bunday qullar «pedagog» deb atalgan. Afinadagi grammatist maktabida oqish, yozish va hisoblash orgatilgan. Oqishda xarflarni hijjalab oqitish usuli, song qoshib oqish usulidan foydalanganlar. yozuvni orgatishda mum surilgan yaltiroq taxtachalardan foydalanganlar. Ular ingichka chop yordamida yozganlar. Sonlar barmoqlar, sopol toshlar, sanoq taxtasi yordami bilan hisoblangan. Kifarist - maktabida ogil bolalarga adabiy bilim berilar, estetik mazmundagi deklomatsiyalar orgatilar («Iliada va Odisseya»dan parchalar oqitilar) edi.
Ogil bolalar 13 14 yoshga yetganlaridan keyin «Polestra» kurash maktabi deb atalgan oquv yurtiga otar edilar. Bu oquv yurtida ular 23 yil davomida jismoniy mashqlar bilan shugullanar edilar. Masalan: sakrash, yugurish, kurash tushish, disk va nayza irgitish mashqlari va suvda suzish orgatilgan.
Spartadagi kabi Afina maktablarida ham oquvchilar bilan siyosiy va axloqiy masalalarda suhbatlar otkazilgan, oqish tekin bolgan. «Gimnasiy» maktabida polestra maktabini tugatgan badavlat oila farzadlari tahsil olganlar. Ularga falsafa, siyosat, adabiyot fanlari orgatilgan. Bu maktabni tugatgan yoshlar davlatni boshqarishda qatnashishlari mumkin bolgan.
«Efeb» maktabida 18-20 yoshga qadar tahsil olganlar. Bu maktabda harbiy hizmatga tayyorlanar va ozlarini siyosiy bilimlarini oshirishni davom ettirar edilar. Bu maktabda istehkomlar qurishni, harbiy aslahalarni ishlata bilishni, garnizonlarda xizmat qilishni, dengizchilik orgatilgan. Bundan tashqari «Demos» (xalq) maktabi ham mavjud edi. Afinada quldorlik jamiyati ichida tabaqalanishning tarbiya sohasiga otkazgan tasiri shundan iborat boladiki, mukammal tarbiya olish faqat badavlat quldorlarning bolalarigagina xos bolib qoldi. Aholining kopchiligi bolalarini maktablarda oqita olmaganligi sababli ularga kasb hunar orgatar edilar. Ayrim xat savodli kishilar bolalariga ozlari hat savod orgatganlar. Bu usul ham davlat tomonidan qonunlashtirib qoyilar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |