1945-1991 yillarda Ozbekistonda talim tizimi va pedagogika fani rivoji. Respublika aholisi madaniyatining osishida talim nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Talim inson shaxsini har tomonlama rivojlantirish, qobiliyatini yuzaga chiqarish, ijtimoiy va shaxsiy manfaatlarning bir-biriga payvasta bolib qoshilishiga yordam beradi. Ilmiy-texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotning eng muhim vazifalarini hal qilish aholining bilim darajasiga bogliq.
Ozbekistonda urushdan keyingi yillarda ozbek xalqining say-harakatlari bilan talim sohasida malum yutuqlarga erishildi. 1940-41 oquv yilidan 1970-71 oquv yiligacha bolgan davrda umumtalim maktablaridagi oqituvchilar soni 2,5 baravar ortdi. Shunga yarasha umumtalim maktablari tarmogi ham kengayib bordi.
Biroq iqtisodiyotdagi qiyinchiliklar, manaviy va madaniy sohani rivojlantirishdagi nuqsonlar talim ga ham oz tasirini otkazdi. Jumladan, kopgina maktablar, ayniqsa, qishloq joylarda namunaviy loyihalarsiz qurildi, kopgina chala ishlari bilan foydalanishga topshirildi. Qishloq maktablarining 75 foizga yaqini vodoprovod, kanalizatsiyaga, yarmidan ortigi markazdan turib isitish moslamalariga ega emas edi.
Respublikadagi talay maktablar zarur jihoz, mebel, asbob-uskunalar bilan yaxshi taminlanmasdi. Buning sababi xalq talim iga qoldiq prinsipi asosida mablag ajratilishida korinardi. Fan, madaniyat va xalq talim iga sarf-xarajatlar byudjet mablagining atigi 2,7 foizini tashkil etardi.
Ozbekiston SSR Oliy Sovetining 1957 yil 1 oktyabrdagi sessiyasida Ozbekiston SSRda majburiy etti yillik talimni toliq amalga oshirish togrisidagi qonunning qabul qilinishi maktablarda talim tizimini takomillashtirishga qaratilgan dastlabki qadam boldi.
Yangi Qonunga kora umumtalim maktabi hamma uchun majburiy bolgan kamchiliklar barham topmadi. Aksincha, maktab xaqiqiy hayotdan ajralib qoldi, oquvchilarga berilayotgan bilimlar fan-texnika taraqqiyoti darajasiga togri kelmasdi. Shuning uchun ham 1959 yil martda Ozbekiston Oliy Soveti Maktab xalq talim i tizimini yanada rivojlantirish togrisida yangi qonun qabul qildi. Ammo, sovet mustabid tuzumiga xos bolgan boshlangan ishni oxiriga yetkazmaslik odati bu gal ham muammoni hal qilish yolida toganoq bolib xizmat qildi, oqibatda xalq talim ida ahvol ozgarmadi.
Ozbekistonda maktabning turmush bilan boglanishini mustahkamlash togrisidagi 1959 yilda respublika hukumati qabul qilgan qonunga asosan oqishni ishlab chiqarish bilan qoshib olib borish talab etildi. Ushbu munosabat bildn on yillik orta maktablar qayta tashkil etilib, on bir yillik orta maktablarga aylantirildi, ularda oquvchilar fan asoslari bilan birga ishlab chiqarish kasblarini ham organa boshladilar, Oquvchilarga kasb talim i berishga yuzlab korxonalar, xojaliklar jalb qilindi, maktablarda minglab oquv kabinetlari, laboratoriyalar, ustaxonalar, oquv-tajriba, yer uchastkalari tashkil etildi. Shunga qaramay, ishlab chiqarish talim ini maktablarda joriy qilish katta kiyinchiliklarga duch keldi. Korxonalar, xojaliklar bu ishga tayyor emas edilar. Maktablarda ustaxonalarni zarur asbob-uskuna bilan jihozlashga mablar yoq edi. Mehnat talim i oqituvchilari yetishmasdi. Buning oqibatida islohot kutilgan natijani bermadi va majburiy kasb organish bekor qilindi.
Bu davrda respublika maktablari oqituvchi kadrlar bilan son jihatidan yetarlicha taminlandi. Biroq oliy malumotli pedagog kadrlar 60-yillarda respublikadagi barcha oqituvchilarning uchdan bir qismini tashkil qilardi, xolos. Ayniqsa, qishloqlarda ahvol ogir edi. Qishloq maktablarida fizika, matematika, rus tili va chet tili oqituvchilari yetishmasdi. Aksariyat hollarda oqituvchilar oz mutaxassisligiga kirmagan fanlardan dars berardilar.
Sovetlar davrida maktablarning oquv-tarbiya ishlarida katta nuqsonlar mavjud edi. Ozbek tiliga davlat maqomi berilmaganligi, davlat idoralarida ish yuritish asosan rus tilida olib borilganligi tufayli maktablarda ona tili chuqur orgatilmasdi. Ona tilini organishga ajratilgan dars soatlari rus tiliga ajratilgan dars soatlarining yarmini ham tashkil qilmas edi. Yoshlar maktabni ozbek adabiy tilining yozma va ogzaki shakllarini puxta ozlashtirmay, bitirib chiqib ketardilar. Shuningdek, Ozbekiston tarixi va manaviy madaniyati ham maktabda deyarli orgatilmas edi. Sovetlar davrida SSSR tarixi deb nomlangan, aslida Rossiya tarixidan iborat fan oqitilardi. Unga ilova sifatida Ozbekiston SSR tarixi bir necha soatgina oqitilar, kop hollarda bu kurs otilmay qolib ketardi.
Maktablarda iqtidorli bolalarni oqitishga etibor berilmas edi. Maktab bolalari qalbida ona-Vatan tuygusi, ulug allomalarimiz va ular qoldirgan manaviy meros, oz ona tili, urf-odatlari bilan faxrlanish hissi shakllantirilmasdi.
Maktablarda ayniqsa, ijtimoiy fanlarni oqitish ota siyosatlashtirildi. Kozdan kechirilayotgan davrda maorif sohasida erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda, yoshlarni milliy ananalar va manaviy madaniyat manbalaridan uzoqlashtirish ananasi kozga tashlanib bordi. Talim va tarbiya ishlariga partiyaviylik va sinfiylik prinsiplari asosida yondashish yoshlarning umumbashariy, milliy-madaniy qadriyatlarni, urf-odatlarni organishiga tosqinlik qildi.
70-yillarga kelib respublikamizda ijtimoiy sohada roy bergan kamchilik va muammolar talim ga ham oz tasirini otkazdi. Shunday bolsada, bu borada katta qadam tashlandi. Ozbekiston yalpi savodxonlar respublikasiga aylandi. Umumtalim maktablarida oquvchilar soni va shunga yarasha maktablar soni ham yildan-yilga ortib bordi, ularning soni 1985 yilga kelib 7000 dan ortiqni tashkil etdi.
Jamiyatdagi turgunlik holatlari, ijtimoiy turmush sharoitining yomonlashuvi, iqtisodiyotdagi kiyinchiliklar, manaviy va madaniy soha muammolari maorif tizimiga ham jiddiytasirotkazdi. Umumtalim maktablarining ahvoli yomonlashdi. Ayniqsa, 70-yillarda va 80-yillarning boshlarida respublikamiz turmushining boshqa sohalarida bolgani kabi, xalq maorifi ishiga ham dabdababozlik, haqiqatni boyab korsatish hollari salbiytasirqildi. Yaqin otmishda keng yoyilgan ijtimoiy adolat prinsiplarining buzilishi, dinimiz, milliy gururimizning kamsitilishi yosh avlod tarbiyasiga manaviy zarar yetkazdi. Ularning aksariyat qismida mudroqlik, hafsalasizlik, loqaydlik kayfiyatlari koproq kuzatildi.
Yoshlarning zamonaviy texnologiyani yetarli ozlashtirib olmaganliklari sanoat, qishloq xojaligi, fan va madaniyatni yanada taraqqiy ettirishga xalaqit berardi. Bunga asosiy sabab maorifning keng tarmoqli tizimi vujudga keltirilmaganligi, oqish-oqitishda sifat ozgarishining roy bermaganligida edi. Masalan, 1980-81 oquv yilida respublikamizda mavjud 7000dan ortiq umumtalim maktablarining 60 foizi nobop binolarda joylashgan, 700 tasi avariya holatida edi. Ayniqsa, qishloq maktablarida ahvol ogir boldi. Ularning 75 foizga yaqini vodoprovod va kanalizatsiyaga, yarmidan koprori markaziy isitish moslamalariga, oshxona va sport zallariga ega emas edi. Joy tanqisdigi sababli 5800 ta maktabda oqish ikki smenada olib borilardi. Madaniy-marifiy soha uchun resurslarni taqsimlash «qoldiq» prinsipida amalga oshirilganligidan maktablar uchun bino yetishmasdi, ular jihozlar, yangi asbob-uskunalar bilan sust taminlangan edi. Bu soha uzoq yillar davomida diqqat-etibordan chetda qolib keldi, hayotimizning eng ortda qolgan sohalaridan biriga aylandi. Fan, madaniyat va xalq talim iga qilinadigan sarf-xarajatlarni qoshib hisoblaganda ular byudjet mablagdarining 2,7 foizidan ortmas edi. Respublikamiz xalq talim i oldida turgan asosiy talim -tarbiya ishlari kop tomondan oqituvchi kadrlar sifatiga bogliq edi. 80-yillarning ortalariga kelganda shaharlardagi kunduzgi umumtalim maktablaridagi oqituvchilarning 80 foizga yaqini oliy malumotli edi. Qishloqlarda axvol birmuncha yomonroq boldi, ularda malumotli pedagoglar yetishmas edi. Pedagoglar yetishmasligidan bir soha oqituvchisi boshqa fandan ham dars berishga majbur edi. Bunday hol oquvchilar bilimlari sifatiga salbiytasirotkazdi. Oquvchilarning 3-4 oylab qishloq xojalik ishlariga jalb etilishi talim saviyasining pasayib ketishiga, bilimlarning sifati qoniqarsiz ahvolga tushib qolishiga olib keldi.
1985-1990 yillar xalq talim i tizimida ayrim siljishlar ruy berdi. Ammo bu davrda talim va tarbiya sohasidagi ziddiyatli holatlar yanada keskinlashdi. Maktab, orta maxsus va oliy talim da rivojlanishning ekstensiv yoli oz imkoniyatlaridan toliq foydalanib boldi. Oqituvchi va talabalarning ijtimoiy faolligi ortgani sari sovet talim tizimining chirishi kuchaya bordi.
80-yillarning ortalaridan boshlangan xalq maorifidagi islohotlar mavjud muammolarni xalq kozidan yashirishga orinishdan bolak narsa emasdi. Islohotdan kozlangan maqsad «sovet tizimi»ni yuqori darajaga kotarish, mutaxassis va oquvchilar bilim saviyasini oshirish, talimnidemokratlashtirishdan iborat edi. Biroq mazkur maqsadga sovet mafkurasi va u olib borayotgan kommunistik yondashuv asosida erishish mumkin emasdi. 80-yillarning ortalaridan boshlangan islohotlar moddiy jihatdan taminlanmaganligi uchun ham oxiriga yetmadi.
Chunonchi, 1985-1990 yillarda Ozbekistonda 3693 ming oquvchiga moljallangan yangi oquv yurtlari talab qilingan holda, Markazning topshirigi bilan bu raqam 920 ming oringa tushirildi. Respublika qishloqlaridagi maktablarning 80 foizi esa moslashtirilmagan binolarda joylashgan edi.
1985 yilda respublika maktablarida oquvchilar soni 2684 mingga yetdi. Bu raqam 1990 yilga kelib 245 mingga kamaydi. Buning boisi oqituvchilarni ijtimoiy himoyalash, ularning obrosini orttirishda davlat rasmiy siyosatidagi xato va kamchiliklarda edi. 1985-1990 yillarda respublikadagi 14 pedagogika instituti va 38 orta maxsus bilim yurtlarida yiliga ortacha 17 mingdan yosh oqituvchilar tayyorlangani holda, maktabda faoliyat korsatuvchilar sonining muttasil kamayishi talim tizimi va hukmron mafkuradagi jiddiy cheklanganlik oqibatida yuz berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |