12-MAVZU: 1917 - 1990 YILLARDA OZBEKISTONDA TALIM TIZIMI VA PEDAGOGIKA FANI RIVOJI
Reja:
1. Xalq maorifi sohasida maktab darsliklari va oquv qollanmalar yaratish, talim -tarbiya jarayonini mustabid tuzum maqsadiga muvofik tashkil etilishi va uning salbiy oqibatlari.
2. 1945-1990 yillarda Ozbekistonda talim tizimi va pedagogika fani rivoji. Maorif sohasidagi urushdan keyingi holatlat, tahlil. Maktab darsliklari yaratish, talim -tarbiya jarayoninida maktablarning 4 yillik, 8 yillik, 9 yillik, 10 yillik islohotlarni maqsadga muvofik tashkil etilishi va uning mazmun mohiyati.
3. Mustaqil Ozbeksiton Respublikasi talim tizimi. Mustaqillik yillarida pedagogik fikrlar rivoji. Mustaqil Ozbekistonda talim sohasida amalga oshirilgan islohotlar.
4. Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Talim togrisidagi Qonun" Respublikamizda talim -tarbiyani tashkil etish va kadrlar tayyorlashning huquqiy asosi sifatida.
5. Mustaqillik yillarida pedagogik fikrlar rivojining asosiy yonalishlari.
Turkiston olkasida talim siyosati (1917-1924 yy). 1917-yilgi fevral voqealari va oktyabr davlat tontarishidan song Markaziy Osiyo xalqlarining hayotida ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, manaviy-mafkuraviy, jumladan xalq maorifi sohalarida keskin ozgarish yuz berdi.
Turkiston olkasida milliy demokratiya vakillari, mashhur marifatparvar ziyolilar tomonidan yangi usuldagi maktablarning keng tarmogini yaratish, maktab-maorif borasida zudlik bilan islohotlarni amalga oshirish yuzasidan bir qator takliflar ilgari surildi.
Ammo Ozbekiston hududida manaviyat va madaniyat 1917-yildan boshlab murakkab vaziyatni boshdan kechirdi, jiddiy tosiqlar va buzgunchiliklarga uchradi. Turkistonni qizil imperiya mustamlakasiga aylantirishga kirishgan bolsheviklar siyosati va amaliyotini xalq ommasi, milliy ziyolilar qabul qilmadilar.
Milliy ziyolilar va arboblarning faoliyati keng tus oldi, chuqur ijtimoiy-madaniy mazmun kasb etdi. Jadid ziyolilar, ijod ahli bolmish Munavvar Qori, Maxmudxoja Bexbudiy, Sadriddin Ayniy, Fitrat, CHolpon, Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy, Hamza, Gozi YUnus, Xurshid va boshqalar bilan bir qatorda XX asr bosagasida tugilgan istedodli yoshlar Mashriq YUnusov (Elbek), Naim Said, Rafiq Momin, Mahmud Xodiev (Botu), Baxrom Xaydariy va boshqa qator ziyolilar madaniyat, maorif soxalarida jonbozlik qildilar, ijtimoiy yonaltirilgan ijod bilan shugullandilar.
Milliy madaniyatimizning eng qadimgi va yirik markazi bolgan Samarqandda mashxur marifatparvarlar Maxmudxoja Bexbudiy, Abdurauf Fitrat, Akobir Shomansurzoda, Said Axmad (Vasliy), Saidaxmadxoja Siddiqiy, Mardonquli Shomuhammadzoda zudlik bilan maktab islohotini amalga oshirish fikri bilan maydonga chiqdilar. Ular 1917-yil aprel oyidan boshlab chiqayotgan Hurriyat gazetasi sahifalarida yangi usuldagi maktablarning keng tarmoqlarini yaratish zarurligi hakidagi fikrni ilgari surdilar. Anjumani maorif jamiyatining mablaglariga Rushdiya maktabi ochildi, unda bepul oqitilar edi. Abdurauf Fitrat bilan Kamol Shams bu maktabda oquvchilarga islom diniy talim otini, islom tarixini, musulmon huquqini, turk, arab va fors tillarini, arifmetika, geometriya, geografiya, tabiatshunoslik, tarixni okitar edilar. Yoz faslida Samarqandning ozida taniqli marifatparvar, shoir va dramaturg Hoji Muin Shukrullo Tarbiyat maktabini ochdi.
1918-yilning yozida Samarqandda Musulmon oqituvchilari uchun pedagogik kurslar ochildi. Osha yilning kuzida Toshkentda Toshkent uezdining tub erli aholisi uchun maktab oqituvchilari kurslari ochildi. 1918-yil 9-aprelda Munavvar qori uyida toplangan jadidlar Turkiston Xalq dorilfununining musulmon bolimini tashkil etish maqsadida 9 kishidan iborat tashkilot komissiyasini tuzadi. Ular 22 kun ichida musulmon bolimi dasturlarini tuzadilar. Dorilfununning musulmon bolimi ham Orus bolimi kabi uch bosqichdan iborat bolishi belgilandi: yuqori bosqich dorilmuallimin (oqituvchilar kursi, keyinroq oliy oquv yurti) orta bosqich boshlangich maktablarni oz ichiga olar edi. Xalq dorilfununi tarkibining bu shaklda bolishi sharoitning ozidan kelib chiqqan holda zamonaviy bilim va savodxonlikka ehtiyojdan tugilgandi. Osha yilning 3 mayida dorilfunununning Musulmon bolimi rahbariyatiga saylov bolib, unda Munavvarqori rais (rektor), Iso Toxtaboev birinchi muovin, Burxon Habib ikkinchi muovin, Abdusamid qori Ziyobov xazinador, Muxtor Bakir sarkotib bolib saylandi. 13 may (yakshanba) kuni Toshkentning eski shaxar qismida Vikula Morozovning sobiq dokoni binosi (hozirgi ozbek yosh tomoshabinlar teatri)da musulmon aholi uchun Xalq dorilfununi ochiladi. Bu bolim tez orada oziga xos yirik bilim maskaniga aylandi. Dastlab 9 ta boshlangich maktab ochish moljallangan bolsa-da, aholi ehtiyojiga kora, ularning soni 24taga etdi. Dorilfununning musulmon bolimi 15 demokratik tashkilot vakillari uyushgan 45 kishilik kengash tomonidan boshqariladi. Undaga muallimlar soni 18 nafarga etadi.
1918-yil 2 iyun kuni sobiq seminariya binosida dorilfununining ozbeklar uchun maxsus oqituvchilar tayyorlovchi bolimi Doril muallimin ochildi. Unda Fitrat ona tilidan: Kamol Shams arifmetika va geometriyadan, Haydar Shavqiy gigiena, gimnastika va nemis tilidan, Rahimboev arifmetikadan, Abdurahmon Ismoilzoda sanatdan, Rizaev madaniyat tarixi va siyosiy iqtisoddan, Munavvarqori ona tilidan dars berishadi. Bu bolimning ochilish marosimida Munavvarqori nutq sozlab, inson marifatli bolib, kozi ochilmaguncha vijdoni uygonmasligini, vijdon uygonmasa na ozini, na xalqni erkin muhofaza qila olmasligani, bu imonsizlik ekanini mutafakkirona noziklik bilan ifoda etadi.
Munavvar Qori ovropacha usuldagi bunday xalq dorilfununi tashkil etish bilan bir qatorda, mavjud madrasalarni isloh qilish va ularda dunyoviy fanlar oqitib, milliy ziyolilar tayyorlash goyasini ham ilgari suradi. Bu qarashlarini u 1923 yil iyunda Toshkentda bolib otgan xalq maorifi mudirlari qurultoyidagi maruzasida bayon etgan, 1923-yilda bu yangi usulda 30dan ortiq madrasa va eski maktablarda talabalar oqitilganligi malum.
Munavvarqori 1922-yildan Turkiston maorif noziri, keyin esa Toshkentning eski shaxar maorif bolimi muboshiri (inspektori) bolib ishladi, osha yili 23-25 martda bolib otgan II Umumturkiston maorif xodimlari qurultoyida ishtirok etib, maktab bolimiga azolikka saylandi. Keyinchalik Alisher Navoiy nomli talim -tarbiya bilim yurtida va turli maktablarda ozbek tili va adabiyotidan dars berdi. Dostlari va shogirdlari Qayum Ramazon va Shorasul Zunnun bilan hamkorlikda uch bolimdan iborat Ozbekcha til saboqlari kitobini (1925 yil) nashr ettirdi.
Xalq talim ining istedodli tashkilotchilari Abduqodir Shakuriy, Ismatulla Raxmatullaev, Isxoqxon Ibrat, O. Dadaxujaev, Abdulla Mustaqov, Xodi Fayziev, Ashurali Zoxiriy, Sobirjon Raximov, Shokirjon Raimiy, Qori Niyoziy, Sayd Rizo Alizoda, Toxtanazar Shermuhamedov, Rafiq Momin va boshqalar katta pedagogik ish olib bordilar. Maktablar soni osdi. 1918 yil boshida 330 taga, 1920 yilda Fargona, Sirdaryo, Samarqand viloyatlarida 1405 taga etdi. Tashkil bolgan maktablar, ayniqsa, qishlok joylarida va tumanlarda asosan 1-2 boshlangich sinflardan iborat edi. Keyinchalik yuqori sinflar paydo bolib bordi. Bunday tartibotdagi qizlar maktablari ham Toshkentda, Andijonda, Qoqonda va boshqa joylarda birin-ketin ochildi. Ayol muallimlar Solixaxon Muhammadjonova, Muharrama Qodirova, Gulsom Kopaeva, Fotima Burnasheva, Zebiniso Razzoqova, Zaynab Sadriddinova, Maryam Sharipova va boshqalar talim -tarbiya ishlarini olib borganlar.
Keng doiradagi bilimdon ziyolilar qator maktablar faoliyatini namunali darajaga kotardilar. XX asrning 20-yillari boshida Samarqandda Abdulqodir Shakuriy (1875-1943) mudirlik qilgan maktab, 1922 yilda Fargona shahrida Xusanxon Niyoziy boshchiligida ochilgan ikkinchi bosqich maktab, qator boshqa maktablar shular jumlasidan edi.
Milliy, jadid maktablari uchun darsliklar, oqish kitoblarini ziyolilarimiz asr boshidan yozib chiqarib keldilar. 1917-yildan maktablar sonining osishi, maorif ijtimoiy darajasining kotarilishi darsliklarga talabni oshirdi. Pedagog, olim, davlat arbobi Abdulla Avloniy 1917 yilda “Turkiy guliston yoxud axloq” asarini qayta nashr qildi, shuningdek “Maktab gulistoni” oqish kitobini, ikki jildlik “Adabiyot yoxud milliy sherlar” kitoblarini yaratdi va chop etdi. 1920 yildan Toshkentdagi olka bilim yurtida, songra ozbek xotin-qizlar bilim yurtida mudirlik kladi.
Fitrat 1917-yilda «Oquv» kitobini, 1919-yilda Sh.Raximiy va Q.Ramazon bilan birga «Ona tili» darsligini, songra «Imlo masalalari» kitobini yozib chiqardi. 1917-yildayoq Sayd Rizo Alizoda birinchi sinflar uchun «Birinchi yil» oqish dasturini ishlab chiqdi. Shokirjon Rahimiy 1919-yilda birinchi alifbo Sovga, 1922-yilda «Ozbek alifbosi» darsliklari va boshqa oquv qollanmalarini chiqardi. 1918-yildan u Toshkentda maktab mudiri bolgan.
Buxoro va Xorazm respublikalarida ham maktablar, talim tarbiya maskanlari ochildi. Aholining bolalarni oqitishga, ilm-marifatga ishtiyoki kuchayib borgan, bunday talablar katta yiginlarda yangragan. Ammo xojalikning parokandaligi, suniy tosiqlar oqibatida XX 20-yillari boshida maktablar soni qisqardi, darsliklar yozish, nashr qilish toxtadi. 1922-yilga kelib Turkistonda bolalarning 25 foizi maktablarga jalb qilingan edi. Buxoro respublikasida 1921 yilda 175 ta yangi maktab, 11 ming oquvchi bor edi. Lekin 1924-yil ortalariga kelib maktablar 69, oquvchilar 3563 tani tashkil qildi. Xorazmda 40 ta umumtalim maktablari va internatlarda 2600 bola talim -tarbiya oldi. Ozbekiston Respublikasi tashkil bolganida turli bosqichdagi 1500 ta maktab bolib, ularda 116 ming oquvchi oqir edi.
Tashkil bulayotgan maorif tizimi, boshqa soxalar uchun oqituvchilar, mutaxassislar tayyorlash choralari korildi. Toshkentning Yangi shaharida 1918-yilda Turkiston davlat universiteti, sharqshunoslik instituti, konservatoriya, texnikumlar ochildi. 1920-yilda universitetga Rossiyadan pedagog-professorlar, kitoblar, oquv qurollari etkazib kelindi. Bu maskanlar inqilobiy sinfiylik tamoyili bilan ishladi. Universitetning tayyorlov-ishchilar fakulteti (rabfak)da kambagal tabaqaga mansub kishilar oqigan. Erli xalqlar vakillari ularga kam katnagan.
Toshkentning Eski shaharida, Qoqon va boshqa shaharlarda muallimlar tayyorlash kurslari, 1920-yildan 7 ta dorilmuallimin (inpros), bir nechta bilim yurtlari faoliyat korsatdi. 1925-yilga kelib Ozbekiston qishloqlarida 2748 muallimlar ishlab turgan yoki 3-4 marta osgan.
1924-yilda Qoqon bilim yurtini 13 ta yigit-qizlar bitirib chiqdi. Unda keyinchalik Ozbekiston Fanlar akademiyasining birinchi prezidenta Qori-Niyoziy dars berdi, bitirganlardan akademiklar, yirik fan va madaniyat arboblari etishib chiqdi.
Chet mamlakatlar bilan madaniy aloqalar, yoshlarning oqib kelishlari XX asr boshlaridan kengayib bordi va keyinchalik ham davom etdi. Buxoro respublikasi hukumati tashabbus korsatib, bu ishga tashkiliy tus berdi. 1922-yilda Turkiston, Buxoro va Xorazmdan 70 ga yaqin yoshlar Germaniyaga oqishga junatildi. Buxoro respublikasi hukumati Berlinda yotoqxona uchun bino sotib oldi, oquvchilarni moddiy taminlab turdi, ularning axvoli, oqishlaridan ogoh boldi. Yoshlarimiz Germaniyaning turli oquv yurtlarida muvaffaqiyat bilan oqidilar, mutaxassislar bolib etishdilar. Afsuski, oz ona yurtiga qaytgan yigit-qizlarimiz mustabidlik qatagoniga uchradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |