Pedagogika metodologiyasi ozida pedagogikaning nazariy asoslari va tuzilmasi haqidagi bilimlar tizimini, pedagogik hodisa va jarayonlarni tadqiq qilishga doir yondashuvlarini, pedagogik voqelikni haqqoniy ifoda etadigan axborotlarni olish usullarini, shuningdek, mazkur bilimlar tizimini qolga kiritishga doir faoliyat tizimini ozida mujassamlashtiradi.
Korinib turibdiki, bu tarifda ilmiy bilishning ikki jihati bilimlar tizimi va ilmiy-tadqiqiy faoliyat qamrab olingan. Yoki ikki faoliyat turi metodologik tadqiqot va metodologik taminot hisobga olinyapti. Agar birinchisining vazifasi pedagogika fanlari rivojining qonuniyatlari va yonalishlari, pedagogik tadqiqotlarning sifat va samaradorligini oshirish prinsiplari, ularning tushunchalari tarkibini aniqlashtirsa, ikkinchisi metodologik bilimlardan tadqiqot dasturlarini asoslashda va sifatini baholashda foydalanishni anglatadi.
Shu bilan birgalikda pedagogik muammolarning umumnazariy muammolar bilan almashtirishga yol qoyib bolmaydi. Chunki, birinchisi «qanday qilib metodologiyani pedagogikaga qollash mumkin» degan savolni aniqlashtirsa, ikkinchisi umumnazariy savollar esa pedagogikaning predmeti, uning boshqa fanlar bilan aloqasi, talim va tarbiya mohiyati kabi umumiy savollar yechimiga qaratiladi.
Pedagog kadrlar tayyorlash sifatini oshirish masalasi respublikamiz va jahon miqyosida tadqiqotchilarning diqqat markazida bolib kelmoqda. Mazkur muammo talim mazmunini modernizatsiyalash, talim jarayonini tashkil qilish texnologiyalari va usullarini optimallashtirish bilan chambarchas boglangan. Ularning tolaqonli hal etilishiga esa pedagogik tadqiqotlarni amalga oshirishda yanada moslashuvchan va taraqqiyparvar yondashuvlarni keng joriy etish orqaligina erishish mumkin. Oz navbatida pedagogika fani boshqa fanlar kabi yangi-yangi faktlar, yuqori natijalarga erishish imkonini beruvchi texnologiyalar asosida rivojlanib boradi. Buning uchun esa ilmiy asoslangan tadqiqot metodlariga tayanish talab etiladi. Ilmiy tadqiqot metodlari esa oz navbatida metodologiya tushunchasi bilan ataluvchi nazariy prinsiplar majmuasiga bogliq boladi.
Pedagogik metodologiya sohasida amalga oshirilgan ilmiy ishlar tahlili «metodologiya», shuningdek, «pedagogik metodologiya» tushunchasiga nisbatan turlicha yondashuvlar mavjudligini korsatadi. Pedagogika fanida metodologiya tushunchasining gnoseologik talqini koproq ustuvorlik kasb etadi. Mazkur yondashuvga kora «metodologiya» tushunchasi, mazmunan «gnoseologiya» (bilish togrisidagi fan), «nazariy bilish» kabi tushunchalarga yaqin turadi. Ushbu yonalish tarafdorlari masalaga bir tomonlama yondashib, metodologiyani faqat «bilish metodlari togrisidagi talim ot» yoki hodisalarni bilish jarayoni sifatida talqin qiladilar. Shu orinda, ushbu tushunchaning «borliqni ozgartirish metodlari togrisidagi talim ot» ekanligini etibordan chetda qoldiradilar va metodologiyani gnoseologik qolip bilan cheklab qoyadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |