Pedagogik innovatika pedagogik innovatsiyalarning yuzaga kelishi va rivojlanishi qonuniyatlarini organadigan, shuningdek pedagogik ananalar bilan istiqboldagi talim loyihalarining ozaro aloqadorligini taminlaydigan fan.
Pеdаgоgik аksiоlоgiya ta’lim oluvchi vа tа’limni qаdriyat dеb e’tirоf etgаn hоldа, tа’limiy qаdriyatlаrni o‘rganish hаmdа tа’lim-tarbiyagа аksiоlоgik yondаshuvni qaror toptirishga xizmat qiluvchi pеdаgоgik bilimlаr sоhаsidir.
Neyropedagogika – bu bosh miya (ong va chap miya yarim sharlari) faoliyati va tuzilishidagi funksional tafovutlar togrisidagi bilimlar hamda mazkur bilimlarni talim -tarbiya jarayonida qollay olish haqidagi amaliy fan sohasi.
Muzey pedagogikasi pedagogika, psixologiya va muzeyshunoslikning ozaro uygunligi natijasida shakllangan fan sohasi bolib, muzey muhitida talim -tarbiya berish yollarini tadqiq etadi. Muzeydagi mazkur marifiy yonalish bilan shugyllanadigan xodim muzey pedagogi deb ataladi.
Pedagogik antropologiya falsafiy, ijtimoiy, psixologik antropologiya qonuniyatlariga asoslangan holda talim oluvchi uchun qulay va individual shart-sharoitlarni yaratish hamda talimning antropologik modeli va taexnologiyasini organuvchi fan sohasi.
Pedagogik akmeologiya barcha yosh davrlari psixologiyasi bilan bogliqlikda jadal rivojlanayotgan shaxsnig yetuk rivojlanish choqqisi «akme shaxs» darajasiga yetkazish qonuniyatlari, texnika va texnologiyasini tadqiq etadi.
Ilmiy-pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi va tadqiqot metodlari. Pedagogika fani rivojining hozirgi bosqichida alohida dolzarb metodologik masalalarni hal etish bilan chegaralanmasdan xususiy bilimlar tizimi sifatida pedagogika fani metodologiyasini aniq belgilab olish zarur. Bu birinchidan, pedagogik nazariyalarning ishonchliligini taminlasa, boshqa tomondan metodologik bilimlarsiz pedagogik tadqiqotlarni samarli tashkil etish va otkazish mumkin emasligini uqtiradi.
Ijodiy jarayonda bugungi kunda pedagogika fani metodologiyasiga, uning predmetiga nisbatan turlicha yondashuvlar vujudga kelmoqdaki, ularning mohiyatini qisqacha tushuntirishga harakat qilamiz.
Metodologiya alohida fan sifatida ikkita funksiyani bajaradi: deskriptiv (ifodalovchi) va perskriptiv (meyorlovchi). Birinchisi obyektni nazariy jihatdan ifodalashni kozlasa, keyingisi tadqiqotchi uchun aniq moljal olishga shart-sharoit yaratadi. Bu ikki vazifaning mavjudligi pedagogika metodologiyasini ham ikki guruhga ajratishni taqozo etadi nazariy va meyoriy.
Pedagogikaning nazariy metodologiyasiga quyidagilarni kiritish mumkin: «metodologiya» tushunchasi tarifi; fan metodologiyasining umumiy tavsifi, uning darajalari; metodologik bilimlar va faoliyat tizim sifatida; pedagogika sohasidagi tadqiqiy faoliyatni metodologik taminlash manbalari; pedagogik tadqiqot obyekti va predmetining metodologik tahlili.
Meyoriy asos quyidagi savollar doirasini qamrab oladi:
pedagogikani obyektiv borliqni manaviy jihatdan ozgartirishning boshqa shaklidan farqli tomonlarini ilmiy asoslash;
pedagogika sohasidagi ishlarni fanning fundamental asoslariga muvofiqligini aniqlash;
maqsadning aniqligi; maxsus tadqiqot obyektini ajratish; maxsus bilish metodlari va vositalarini qollash; atamalarning bir xil qollanilishi;
pedagogik tadqiqotlarni tizimlashtirish;
tadqiqot asosnomasi: muammo, mavzu, uning dolzarbligi, tadqiqot obyekti, predmeti, maqsad va vazifalari, farazi, himoya qilinadigan holatlar, ilmiy yangiligi, ilmiy-amaliy ahamiyati;
pedagogik tadqiqotning tarkibi va mantiqiy ketma-ketligi;
pedagogik fanlar tizimi, ularning ozaro aloqasi.
Tadqiqot muammosi boyicha qabul qilingan direktiv va meyoriy hujjatlar ham bevosita metodologiyaning meyoriy asosini tashkil etadi.
Falsafiy nuqtai nazardan metodologiya nazariy va amaliy faoliyatni tashkil etish prinsiplari va usullari tizimi, shuningdek, bu tizim haqidagi talim ot (nazariya) sifatida qabul qilinadi. Aniqrogi, metodologiya predmeti faoliyatni tashkil etish haqidagi nazariya demakdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |