Anketa metodi (fransuzcha tekshirish). Ushbu metod yordamida pedagogik kuzatish va suhbat jarayonida toplangan dalillar boyitiladi. Anketa metodi ham tizimlangan savollar asosida respondentlar bilan muloqotni tashkil etishga asoslanadi. Anketa savollariga javoblar, kop hollarda, yozma ravishda olinadi. Organilayotgan jarayon mohiyatidan kelib chiqqan holda anketa savollari quyidagicha boladi:
ochiq turdagi savollar (respondentlarning erkin, bafsil javob berishlari uchun imkon beruvchi savollar);
2) yopiq turdagi savollar (respondentlar «ha», «yoq», «qisman» yoki «ijobiy», «qoniqarli», «salbiy» va hokazo tarzdagi javob variantlarini tanlash orqali savollarga javob beradilar).
Anketa metodini qollashda ham bir qator shartlarga amal qilish zarur. Ular quyidagilardir:
anketa savollari tadqiq etilayotgan muammoning mohiyatini yoritishga xizmat qilishi lozim;
anketa savollari yirik hajmli va noaniq bolmasligi kerak;
anketa savollari oquvchilarning dunyoqarashi, yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olish asosida tuzilishi zarur;
anketa savollari respondentlar tomonidan tola javoblar berilishini taminlovchi vaqtni kafolatlay olishi zarur;
anketa oquvchilarning pedagogik va psixologik tavsifnomalarini tuzish manbaiga aylantirib yuborilmasligi zarur;
anketa javoblari muayyan mezonlar asosida puxta tahlil etilishi shart.
Intervyu metodi respondent tomonidan tadqiq etilayotgan muammoning u yoki bu jihatini yorituvchi hodisaga nisbatan munosabat bildirilishini taminlaydi. Intervyu respondent etiboriga turkum savollarni havola etish asosida otkaziladi. Intervyu jarayonida olingan savollarga nisbatan tadqiqotchi tomonidan munosabat bildirilishi uning samarasini oshiradi.
Talim muassasasi hujjatlarni tahlil qilish metodi. Pedagogik hodisa va dalillarni tekshirish maqsadida talim muassasalari faoliyati mazmunini yorituvchi malumotlarni tekshirish maqsadga muvofiqdir. Mazkur metod Ozbekiston Respublikasining «Talim togrisida»gi qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablarining talim muassasalari amaliyotidagi bajarilish holatini organish, bu boradagi faolllik darajasi, erishilgan yutuq hamda yol qoyilgan kamchiliklarni aniqlash, ilgor tajribalarni ommalashtirish va talim muassasasi pedagogik tajribasini oshirish maqsadida qollaniladi.
Talim muassasasi faoliyati mohiyatini yorituvchi hujjatlar quyidagilardan iborat: Oquv mashgulotlarining jadvali, oquv dasturi, guruh (yoki sinf) jurnallari, oquvchilarning shaxsiy varaqalari, buyruqlar, Pedagogik Kengash yigilishi bayonnomalari yozilgan daftar, Pedagogik Kengash qarorlari, talim muassasasi smetasi hamda pasporti, tarbiyaviy ishlar rejasi, oquv-tarbiya ishlarini tashkil etish borasidagi hisobotlar, talim muassasasi jihozlari (oquv partalari, stol stullar, yumshoq mebellar va hokazolar) qayd etilgan daftar va hokazolar.
Mazkur metod muayyan yonalishlarda oquv-tarbiya ishlari samaradorligi darajasi, oquvchilarda hosil bolgan bilim, konikma va malakalar hajmi, ilgor pedagogik tajribalar mazmunini organishda muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |