Test metodi. Ushbu metod respondentlar tomonidan muayyan fan sohasi yoki faoliyat (shu jumladan, kasbiy faoliyat) boyicha ozlashtirilgan nazariy bilim va amaliy konikma, malakalar darajasini aniqlashga xizmat qiladi. Test oz mohiyatiga kora quyidagi savollardan iborat:
ochiq turdagi savollar (respondentlarning erkin, bafsil javob berishlari uchun imkon beruvchi savollar);
2) yopiq turdagi savollar (respondentlar «ha», «yoq», «qisman» yoki «ijobiy», «qoniqarli», «salbiy» va hokazo tarzdagi javob variantlarini tanlash orqali savollarga javob beradilar).
3) togri javob variantlari qayd etilgan savollar (respondentlar oz yondashuvlariga kora togri deb topgan javob variantini belgilaydilar).
Test metodini qollashda aniqlanishi zarur bolgan bilim, konikma va malakalarni turkum asosida berilishiga etibor berish maqsadga muvofiqdir. Ushbu metodning afzalligi respondentlar javoblarini aniq mezonlar boyicha tahlil etish imkoniyati mavjudligi hamda vaqtning tejalishi bilan tavsiflanadi. Biroq, metod ayrim kamchilikdan ham holi emas. Chunonchi, aksariyat holatlarda javoblar yozma ravishda olinadi, shuningdek, respondent taklif etilayotgan javob variantlardan birini tanlashi zarur. Shu bois respondent oz fikrini batafsil ifoda etish imkoniyaga ega emas.
Pedagogik tahlil metodi. Tadqiqotni olib borish jarayonida ushbu metodni qollashdan kozlangan maqsad tanlangan muammoning falsafiy, psixologik hamda pedagogik yonalishlarda organilganlik darajasini aniqlashdan iborat bolib, tadqiqotchi ilgari surayotgan goyaning nazariy jihatdan haqqoniyligini asoslashga xizmat qiladi.
Bolalar ijodini organish metodi. Mazkur metod oquvchilarning muayyan yonalishlardagi layoqati, qobiliyati, shuningdek, malum fan sohalari boyicha bilim, konikma va malakalari darajasini aniqlash maqsadida qollaniladi. Uni qollashda oquvchilarning ijodiy ishlari kundaliklari, insholari, yozma ishlari, referatlari, hisobotlari muhim vosita bolib xizmat qiladi. Metodning afzalligi shundaki, u malum oquvchiga xos bolgan individual imkoniyatni kora olish, baholash va uni rivojlantirish uchun zamin yaratadi.
Bolalar ijodini organishning quyidagi shakllari mavjud:
bilimlar bellashuvi;
fan olimpiadalari;
turli mavzulardagi tanlovlar;
maktab korgazmalari;
festivallar;
musobaqalar.
Pedagogik tajriba (eksperiment lotincha «sinab korish», «tajriba qilib korish») metodi. Pedagogik tajriba metodidan muammo echimini topish imkoniyatlarini organish, mavjud pedagogik sharoitlarning maqsadga erishishning kafolatlay olishi, ilgari surilayotgan tavsiyalarning amaliyotda oz inikosiga ega bola olishi hamda samaradorligini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Muayyan muammo echimini topishga yonaltirilgan pedagogik tajriba malum doirada, soni aniq belgilangan respondentlar ishtirokida amalga oshiriladi. Mazkur metoddan foydalanish tadqiqotchi tomonidan ilgari surilayotgan maxsus metodikaning samaradorligini aniqlay hamda unga baho bera olishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |