Ananaviy (bilimga yonaltirilgan) paradigma. Bilimga yonaltirilgan paradigmada talimning bosh maqsadi: «Istalgan qiymatdagi bilim, bilim va yana bilimdir». Shuning uchun talim muassasasining roli insoniyat sivilizatsiyasi madaniy merosining koproq mavjud unsurlari ham individual, xuddi shunday ijtimoiy tartibni saqlab qoluvchi, individual rivojlanishga imkon beradigan zaruriy, xilma-xil, muhim bilim, konikma va malakalar, bundan tashqari ideal va qadriyatlarni uzatish va saqlashda namoyon boladi. Shuning uchun oquv dasturlari mazmuni tayanch, asosiy, bilim, konikma va malakalarni egallash vaqtida sinovdan otuvchi, shaxsning funksional savodxonligi va ijtimoiyligini taminlashga asoslanadi.
Bixevioristik (ratsionalistik) paradigma. Ratsionalistik paradigma ananaviy paradigmaga qarama-qarshi olaroq, ozining diqqat markazida mazmunni emas, oquvchilarning turli turdagi bilimlarni ozlashtirishining samarali usullarini qoyadi. Ratsionalistik talim paradigmasi asosida ijtimoiy injeneriya bixevioristik konsepsiyasi turadi. Talim muassasasining maqsadi talim oluvchilarda ijtimoiy meyorlar, milliy madaniyat talablari va natijalariga muvofiq, moslashuvli «xulq-atvor majmui»ni shakllantiradi. Suning uchun «xulq-atvor» atamasi barcha turdagi reaksiyalar, insoniy xususiyatlar uning fikrlashi, his-tuygusi va harakati»ni bildiradi.
Mazkur paradigma talim muassasasiga talim oluvchilarning maqbul xulq-atvorini shakllantirish maqsadida bilimlarni ozlashtirish yoli sifatida qaraydi, yani har qanday talim muassasasi bu yashash muhitiga moslashtirishning talim iy mexanizmi. Bunday oqitishning asosiy metodlariga orgatish, trening, test nazorati, individual oqitish, korrektsiyalash kiradi.
Insonparvarlik (fenomenologik) paradigmasining diqqat markazida oz-ozini rivojlantirish ehtiyojiga ega bolgan, hayot subekti, shaxs erkinligi va manaviyati sifatidagi talim oluvchi turadi. U bolaning ichki dunyosini rivojlantirish, shaxslararo muloqot, ijod, dialog, shaxs osishi uchun yordamga yonaltirilgan. Insonparvarlik paradigmasi vakillari yagona qarash bilan ajralib turmaydi. Uning doirasida talimning xilma-xil modeli amalga oshadi. Ularni bola va inson hayotining tengsiz davri sifatida bolalikka qadriyatli munosabat, yani talim muassasasining bosh vazifasi bolani rivojlantirish (aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik) ekanligini etirof etish yagona yonalishda birlashtiriladi. Insonparvarlik paradigmasi doirasida harakatlanuvchi har bir talim tizimi ijodiy izlanishga asoslanib, talim va tarbiyaning sof mazmuni, metod va vositalaridan joy oladi. Insonparvarlik paradigmasi ham oqituvchi, ham oquvchilarning erkinligi va ijodkorligini talab etadi.
Pedagogik faoliyatning insonparvarlik tamoyiliga asoslanuvchi paradigmasi quyidagi mezonlarga tayanadi:
talimning ijtimoiylashuvi oqituvchilarn tayyorlash jarayoniga nisbatan texnokratik yondashuvdan voz kechish, ular tomonidan nisbatan ozlashtiriladigan bilimlar majmuasining pedagogik hamda psixologik xususiyat kasb etishini taminlash, oqituvchilarda umuminsoniy, umummadaniy qadriyatlar mazmunida ilgari surilgan goyalarga asoslangan ijtimoiy tafakkurni shakllantirish;
milliy hamda jahon madaniyati asoslari va ularning mohiyatidan xabardor bolish;
talim va tarbiya jarayonini tashkil etishda milliy istiqlol goyalariga asoslanish;
shaxsning oz-ozini rivojlantirish hamda mustaqil talim olishga bolgan layoqatiga tayanish va uni takomillashtirish;
oqituvchilarning kasbiy jihatdan shakllantirish jarayonida oqituvchi hamda talabalarning ozaro hamkorlikda faoliyat olib borishlariga erishish;
talim (xususan, kasbiy talim i) jarayonida oquv dasturlarining talabalar qobiliyati hamda qiziqishlariga kora tanlab olinishi borasidagi imkoniyatning mavjudligi;
pedagogik talimning fundamental xususiyat kasb etishi, yani, talabalar tomonidan ozgaruvchan sharoitlarda shaxs ijodiy rivoji asosini taminlovchi invariant bilimlarning ozlashtirilishiga erishish;
mehnat bozori hamda ijtimoiy jarayonlarda yuzaga keluvchi hamda doimiy ravishda ozgarib turuvchi ehtiyojlarga tolaqonli javob bera oladigan talimni shakllantirish shu asosda kasbiy moslashuvchan mutaxassislarni tarbiyalash;
talimning uzluksizligi, talimning har bir jarayon bosqichining natijalanishini taminlovchi kasbiy talim (kadrlar malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlash) dasturlarining tizimining yaratish va rivojlantirish, muayyan dasturni talimning u yoki bu bosqichida oqitilishi yoki oqishni boshqa tipdagi oquv muassasida davom ettira olish imkoniyatini bera olishi;
talimning ekvivalentligi, yani uning davlat talim standarti, milliy madaniyati va mentalitet, shuningdek, xalqaro meyorlarga muvofiq darajasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |