Ilmiy-texnik, texnokratik paradigmaning bosh maqsadi amaliy takomillashtirish uchun zarur «aniq» ilmiy bilimlarni uzatish va ozlashtirishdan kelib chiqadi. «Bilim kuch», shuning uchun inson qadr-qimmatini uning bilish imkoniyatlari aniqlab beradi. Inson ozini ozicha emas, faqat aniq belgilangan etalon (ortacha namuna, standartlashgan)dagi bilish yoki xulq-atvor sohibi sifatidagina baholaydi. Texnokratik paradigma sharoitida oquv-tarbiya jarayonining istalgan natijasi «ha yoq», «biladi bilmaydi», «tarbiyali tarbiyasiz», «egallagan egallamagan» tizimida baholanishi mumkin. Bu yerda tayyorgarlik, malumotlilik, tarbiyalanganlik darajasi tekshirib aniqlanadigan qandaydir etalon, ideal mavjud boladi.
Ezoterik paradigma. Bu bizning sayyoramizdagi eng qadimiy talimiy paradigmalardan biri. Mazkur sozning yunonchadan sozma-soz tarjimasi «sirli», «yashirin» manolarini bildiradi. Uning mohiyatini abadiy va ozgarmas Haqiqatga munosabat tashkil etadi. Ushbu paradigma tarafdorlarining fikricha, haqiqatni shunchaki bilish mumkin emas, unga vijdon pokligi orqali erishish mumkin. Pedagogik faoliyatning oliy maqsadi oquvchining tabiiiy kuch va imkoniyatlarini yuqori darajadagi ongga ega bolish, Kosmos bilan muloqot uchun sarf etish va rivojlantirishda namoyon boladi. Shuning uchun oqituvchining muhim muhofaza qiluvchi funksiyasi talim oluvchilarning axloqiy, jismoniy, psixik tayyorgarligini amalga oshirish va mavjud kuchlarini rivojlantirishdir.
Oqitish jarayoni mohiyati va uning vazifalari. Oqitish oqituvchi va oquvchilarning maqsadga qaratilgan birgalikdagi faoliyati jarayoni bolib, bu jarayonda oquvchilarni rivojlantirishni amalga oshiradigan bilim, konikma, malaka va kompetensiyalar yuzaga chiqadi.
Oqitish (didaktik) jarayonining mohiyatini quyidagi formula yordamida toliq anglash mumkin: DJ=M+AOf + Aofb
Bu yerda:
DJ didaktik jarayon.
M motivatsiya.
AOf oquvchilarning ozlashtirish faoliyati algoritmi.
Aofb oquvchilarning billish faoliyatini boshqarish.
Oqitish jarayoni uchta vazifani bajaradi: talimiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi.
Oqitish jarayonining talimiy vazifasi oquvchilarda bilim, konikma, malaka va kompetentsiyalarni shakllantirishdan iborat. Oqitish natijasi sifatida bilimlarining toliqligi, chuqurligi, tizimliligi, anglanganligi, mustahkamligi va amaliy xususiyat kasb etishi muhimdir. Bu kabi holatlar talim jarayonining metodik jihatdan togri tashkil etilganligini ifodalaydi.
Talim jarayonida oquvchilarda ular tomonidan ozlashtirilgan nazariy bilimlar asosida hosil qilingan amaliy konikma va malakalar hamda kompetensiyaning shakllanishi ham alohida ahamiyatga ega.
Oqitishning tarbiyaviy vazifasi talim jarayonida shaxsning manaviy-axloqiy va estetik tasavvurlari, xulq-atvori va dunyoqarashi shakllantirilishida oz ifodasini topadi. Talimning tarbiyaviy xususiyati, eng avvalo, talim mazmunida aks etadi. Oqitish jarayonida tarbiyaning ikkinchi omili oqituvchi va oquvchilarning munosabatlari, sinfdagi psixologik muhit, oqish jarayoni ishtirokchilarining ozaro munosabatlari, oquvchilarning idrok etish faoliyatlariga oqituvchining rahbarligi hisoblanadi.
Oqitishning rivojlantiruvchi vazifasi oquvchi nutqining, fikrlashi, shaxsning sensorli va harakatlanish sohalari, emotsional-irodaviy, intellectual sohalarini rivojlantirishda oz aksini topadi. Oqitish jarayonida oquvchini aqliy rivojlantirish, aqliy faoliyat usullari, analiz qilish, taqqoslash, tasniflash, kuzatish, xulosa chiqarish, obyektlarning muhim belgilarini ajrata bilish, faoliyat maqsadi va usullarini aniqlashni bilishga orgatish, uning natijalarini tekshirishni malakasini rivojlantirishga erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |