Talimning fundamentalligi va amaliy yonalganligi tamoyilining ahamiyati shundaki, umuiy orta talim maktablaridayoq oquvchilar chuqur nazariy va amaliy tayyorlikdan otadilar. Mazkur holat ananaviy didaktikada talimning hayot bilan, nazariyaning amaliyot bilan bogliqligi tamoyili sifatida ifoda etiladi. Oqishda fundamentallik bilimlarning ilmiyligi, toliq va chuqur bolishini kozda tutadi. U yuksak intellektual salohiyat, fikrlash layoqatining tadqiqotchilik korinishda bolishi, bilimlarini doimiy ravishda toldirib borish istagi va malakalarini talab etuvchi zamonaviy ilmiy-texnik taraqqiyotga asoslanganlik bilan tavsifalanadi. Fundamental bilimlar aniq bilimlariga qaraganda sekin eskiradi, shuningdek, inson va xotirasiga emas, koproq uning fikrlash layoqatiga bogliq boladi. Talimning fundamentalligi bilimlar mazmunining muntazamligi, nazariy va amaliy jihatdan ozaro nisbatda bolishni talab etadi.
Talim va tarbiyaning uygunligi tamoyili yaxlit pedagogik jarayonda talim va tarbiyaning birligi qonuniyatlariga tayanadi. Bu tamoyil talim jarayonida barkamol rivojlangan shaxsni shakllantirishni kozda tutadi. Talim jarayonida tarbiyalashning samarali kechishi shaxsning intellektual rivojlanishi, birinchi navbatda, oquvchilarning qiziqishlari, idrok etish hamda individual qobiliyatlarining hisobga olinishi bilan bogliq.
Talimning tashkiliy-metodik tamoyillariga quyidagilar kiradi: talimning tizimliligi va izchilligi; talimda onglilik, faollik va mustaqillik; korsatmalilik; talimning oquvchilarga mos bolishi; talimda bilim konikma va malakalarni puxta va mustahkam ozlashtirish tamoyili; tushunarlilik.
Talimning tizimliligi va izchillik tamoyili bayon qilinayotgan oquv materialini mustahkamlash va ilgari otilgan materiallarni toldirishga xizmat qilishini, oquvchilarning uzluksiz va tizimli suratda mustaqil ish olib borishlarini, oquvchilarning ozlashtirgan bilim va hosil bolgan konikma, malakalarini hisobga olib borishni ham oz ichiga oladi.
Izchillik talim mazmuni, uning shakli va usullari, oquv jarayoni ishtirokchilari bolgan subyektlarning ozaro munosabatlariga taalluqli. U alohida parsial (yunoncha partialis qisman) va xususiy oquv vaziyatlari, predmet va hodisalar ortasidagi bogliqlik, aloqadorlik qonuniyatlarini asta-sekin ozlashtirish asosida ularni yagona yaxlit oquv jarayoniga birlashtirishga imkon beradi.
Izchillik talim jarayonining malum tizim va ketma-ketlik asosida bolishini nazarda tutadi, zero, murakkab masalalarni oddiy masalalarni organmay turib hal etib bolmaydi.
Tizimlilik va ketma-ketlik u yoki bu oquv materialini ozlashtirish surati, uning elementlari ortasidagi ozaro mosligini tahlil qilishga imkon beradi. Talimning tizimliligi va ketma-ketligi malum fanlar boyicha bilim, konikma va malakalarini shakllantirish, borliqni yaxlit idrok etish ortasidagi qaramaqarshilikni hal etishga imkon beradi. Ushbu holatlar birinchi navbatda dastur va darsliklarni muayyan tizimda yaratish, fanlararo hamda fanlar ichidagi bogliqlikni taminlash evaziga namoyon boladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |