1-rasm. O‘q uzish bosqichlari
Ро – tezlatish bosimi; Рм – eng katta (maksimal) bosim; Рк va Vк – porox yonishining oxirida gazlar bosimi va o‘qning tezligi; Рд va Vд – o‘q stvol kanalidan uchib chiqqan paytda gazlar bosimi va o‘qning tezligi; Vм – o‘qning eng katta (maksimal) tezligi;
Ратм – atmosferaga teng bosim.
Ikkinchi bosqich porox zaryadi to‘liq yonib bo‘lgan paytdan to o‘q stvol kanalidan uchib chiqqunga qadar davom etadi.
Ikkinchi bosqichda bosim stvol og‘zi kesimi yaqinida juda tez pasayadi. Mazkur bosim stvol og‘zi bosimi deb ataladi. U har xil qurollarda
300 kgsm – 900 kgsm ni tashkil etadi. O‘qning stvol kanalidan uchib chiqayotgan paytdagi tezligi (stvol og‘zi tezligi) boshlang‘ich tezlikdan birmuncha past bo‘ladi.
Kalta stvolli qurollar (masalan, Makarov pistoleti)da ikkinchi bosqich mavjud emas, chunki o‘q stvol kanalidan uchib chiquvchi paytgacha porox zaryadining to‘liq yonib bitishi deyarli sodir bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |