Dastlabki bosqich porox zaryadining yonishidan boshlanib, o‘q qobig‘i stvolning kesiklariga to‘liq urilgunga qadar davom etadi. Mazkur bosqich davomida stvol kanalida o‘qni joyidan siljitish va o‘q qobig‘ining stvol kesiklariga urilishga nisbatan qarshiligini engish uchun zarur gaz bosimi vujudga keltiriladi.
Mazkur bosim tezlatish bosimi deb ataladi; u kesiklarning tuzilishi, o‘qning og‘irligi va o‘q qobig‘ining qattiqligiga qarab 250-500 kgsm ga etadi (masalan, 1943 yil namunasidagi patron uchun mo‘ljallangan o‘qotar qurollarda tezlatish bosimi taxminan 300 kgsm).
Do'stlaringiz bilan baham: |