Traektoriya va uning elementlari
O‘q (granata) havoda uchishi jarayonida uning og‘irlik markazi hosil qiladigan egri chiziq traektoriya deb ataladi (2-rasm).
2-rasm. O‘q traektoriyasi (yon tomondan ko‘rinishi)
O‘q (granata) havoda uchishi jarayonida unga ikkita kuch: og‘irlik kuchi va havoning qarshilik kuchi ta`sir ko‘rsatadi. Og‘irlik kuchi o‘q (granata) ni asta-sekin pasayishga majbur qiladi, havoning qarshilik kuchi esa o‘q (granata) ning harakatini uzluksiz sekinlashtiradi va uni ag‘darishga intiladi. Mazkur kuchlarning ta`siri natijasida o‘q (granata)ning uchish tezligi asta-sekin pasayadi, uning traektoriyasi esa notekis bukilgan egri chiziq shaklida bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |