5-rasm. Granataning traektoriyasi (yon tomondan ko‘rinishi)
Aktiv uchastka – granataning reaktiv kuch ta`sirida (uchish nuqtasidan reaktiv kuchning ta`siri tugaydigan nuqtagacha) uchishi.
Passiv uchastka – granataning inerciya bo‘yicha uchishi. Grnata traektoriyasining shakli o‘q traektoriyasinikiga o‘xshash.
Traektoriyaning shakli va uning amaliy ahamiyati
Traektoriyaning shakli balandlik burchagining kattaligiga bog‘liq. Balandlik burchagi ortishi bilan traektoriyaning balandligi va o‘q (granata) uchishining to‘liq gorizontal uzoqligi ham ortib boradi, ammo bu ma`lum chegaragacha davom etadi. Mazkur chegara ortida traektoriyaning balandligi ortishda davom etadi, to‘liq gorizontal uzoqlik esa kamaya boshlaydi (6-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |