Uchinchi bosqich, yoki gazlarning ta`siridan keyingi bosqich o‘q stvol kanalidan uchib chiqqan paytdan to porox gazlarining o‘qqa ta`siri tugagunga qadar davom etadi. Mazkur davr mobaynida stvol kanalidan 1200-2000 ms tezlikda oqib chiquvchi porox gazlari o‘qqa ta`sir ko‘rsatishda davom etadi va unga qo‘shimcha tezlik beradi. Uchinchi bosqichning oxirida, stvol og‘zi kesimidan bir necha o‘n santimetr uzoqda o‘q o‘zining eng katta (maksimal) tezligiga etadi. Mazkur bosqich o‘qning tubiga porox gazlarining ta`siri havo qarshiligi bilan tenglashgan paytda yakunlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |