deb // deya // deyishib: Nevaramni ko‘ray deb, bobosi kelibdi. (S.Z.)
- a (-r) + ekan: So‘zim qanday ta’sir etar ekan deb, diqqat bilan unga tikildim.
- mi + ekan: Baxtim bormikan deb.., kelaberdilar bari katta chinor sari. (H.O.)
- sin + uchun: U esini o‘nglab, tomoshabin to‘planmasin uchun, dadasiga zerikibroq yuring dedi. (A.Q.)
-toki: Qishloqqa yolg‘iz o‘zim qaytmoqchiman, toki gap-so‘zlar tinchisin. («Yoshlik».)Maqsad ergash gapning kesimi ba’zan degan maqsadda, degan niyatda, degan umid bilan birikmalari orqali ham ifodalanadi va bosh gapga birikadi: Menga qararmikin degan niyat bilan, baland ovozda gapira boshladim. («Yoshlik».)
Maqsad ergash gaplar deb, uchun, degan umidda, degan niyatda, degan maqsadda, degan umid bilan, degan niyat bilan birikmalari orqali bosh gapga bog‘lansa, gap boshida keladi, bosh gap esa undan keyin keladi. Bunday holatda bog‘lovchi vositalar ergash gap tarkibida bo‘ladi.Ergash gap toki bog‘lovchisi orqali bosh gapga biriksa, ikkinchi o‘rinda keladi va bu bog‘lovchi ergash gap tarkibida bo‘ladi.Maqsad ergash gap bosh gapning biror bo‘lagini izohlasa, bosh gapning o‘rtasida qo‘llanadi: Qiz, u og‘iz ochmasin deb, ishora qildi. («Yoshlik».)Maqsad ergash gapli qo‘shma gaplarning mazmuni voqealar o‘rtasidagi maqsad munosabatidan iborat. Bosh gap tarkibida ataylab//atayin, jo‘rttaga so‘zlari qo‘llansa, maqsadning alohida ta’kidi anglashiladi. Masalan: Hamma qarasin deb, ataylab davraga chiqdi. («Yoshlik».)
Maqsadni ifodalaydigan voqea, ko‘pincha, faraziy, asosiy voqea esa real bo‘ladi. Bunday gaplarda bosh gap hamisha mazmunan erkin, ergash gap esa bog‘li bo‘ladi. Masalan, «Biror kishi uchrab qolar deb, u katta yo‘ldan yurdi» gapida 1-gap ergash gap bo‘lib, u farazni anglatadi, 2-gap esa real voqeani aks ettiruvchi bosh gap sanaladi.Maqsad ergash gapli qo‘shma gaplarda ikki denotativ voqea ifodalanadi. Shunga ko‘ra gapda mazmuniy -sintaktik muvofiqlik saqlanadi. Maqsad ergash gapli qo‘shma gaplar ham havola bo‘laklarning ishtirokiga ko‘ra havola bo‘laksiz gap sanaladi. Payt ergash gapli qo‘shma gaplar. Payt ergash bosh gapda ifodalangan voqea-hodisaning yuzaga kelish vaqtini bildiradi.53 Payt ergash gap va bosh gap orasida zamon munosabati shakllanadi. Masalan: Jahl kelganda, aql qochadi. (Maqol.)Ushbu qo‘shma gapning «Jahl kelganda» komponenti ergash gap, «Aql qochadi» qismi esa bosh gap. Ergash gap bosh gapda aks etgan voqeaning yuzaga chiqish paytini ko‘rsatgan.Payt ergash gaplarning bosh gaplar bilan bog‘lanishida, asosan, payt munosabatining muayyan ko‘rinishi ifodasi uchun moslashgan biriktiruvchi vositalar qo‘llanadi. Bular quyidagilardir:
Payt ergash gap bosh gapga sifatdosh shakllari, sifatdoshli o‘ramlar orqali bog‘lanadi:
-gan +-da: Onaxon gap boshlaganda, shovqin yana tindi. (As.M.)
-gan + -dan + keyin // beri // so‘ng // boshlab: Rahmonqulov stol yoniga o‘tirgandan keyin, Xumorxon pochta olib kirdi. (As.M.)
-gan + -ga + dovur // qadar:Majlis boshlangunga qadar, xona tartibga solindi. («Yoshlik».)
-gan + edi // edi, ekan: Xolmurod borayotgan edi, chol ko‘zlarini olaytirib darvozani yopib oldi. (P.T.)
-gan + paytda // vaqtda// chog‘da // mahalda//zamon: Tong yorisha boshlagan paytda, birdan zilzila sodir bo‘lgan edi. («Saodat».)
-r (-ar), -r (-ar) + ekan: Chaqmoqday otlarda sersavlat beklar ucharkan, uning ko‘zlarida havas, hasad yonib ketardi. (O.)
-r (-ar) + - mas: Kun botar -botmas, biz yo‘lga chiqdik. (So‘zl.)
-mas + -dan: Vaqt tugamasdan, hozirlik ko‘ring. (So‘zl.)
-mas +-dan + oldin // avval // burun: Kun botmasdan burun, mehmon ketdi. (So‘zl.)
Fe’lning ravishdosh shakli orqali ergash gap bosh gapga bog‘lanadi:
-b // -ib: Kech kirib, havoning tafti qaytdi. (S.Ahm.)
-gach: Ular biroz jim o‘tirgach, Akbarxo‘ja gap ochdi. (P.T.)
Do'stlaringiz bilan baham: |