Kurs ishining maqsadi: tilshunosligimizda qo’shma gaplar va uning turlari haqidagi nazariy qarashlarni o’ranish va ular o’rtasidagi sabab-mazmunining yuzaga chiqaruvchi vositar haqida ma’lumot to’plash va ilmiy-nazariy va amaliy asoslash.
Kurs ishining vazifalari:
1.Bog’langan qo`shma gaplarda sabab mazmunning yuzaga chiqishini o’rganish.
2.Ergashgan qoshma gapda sabab mazmunning yuzaga chiqishi hamda ularni ifodalovchi vositalarni tavsiflash.
3. Qo'shma gapning qismlari orasidagi funksional munosabatlarga ko‘ra
turlari haqida ma’lumot berish va o’rganish.
Kurs ishining tuzilishi: kurs ishi kirish, asosiy qism, 3ta paragraf, xuosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
BOG’LANGAN QO`SHMA GAPLARDA SABAB MAZMUN
An’anaviy sintaktik nazariyalarda bog‘langan qo‘shma gaplar mavqei jihatdan teng huquqli bo‘lgan sodda gaplarning tenglanish munosabati asosida mazmun va grammatik jihatdan o‘zaro birikuvidan tashkil topgan gaplar sifatida talqin etiladi.20 Quyida bog‘langan qo‘shma gaplarning formal hamda semantik-sintaktik tadqiqi natijalari xususida fikr yuritamiz.Bog‘langan qo‘shma gaplarni tashkil etuvchi teng huquqli qismlar shaklan mustaqil, mazmunan o‘zaro bog‘langan, ba’zan mantiqan biri-ikkinchisiga tobe gaplardan tashkil topadi. Bunday aloqa-bog‘liqlik qo‘shma gap qismlarining tuzilishida, kesimlarining mazmunan va grammatik munosabatida yoki umumiy gap bo‘laklarining mavjud bo‘lishida ko‘rinadi. Anglashiladiki, bunday turdagi qo‘shma gaplarning qismlari mantiqan bir-birini taqozo qilsa-da, grammatik jihatdan tobe bo‘lmaydi.Bog‘langan qo‘shma gaplardagi birinchi komponent birmuncha mustaqillik xususiyatiga ega bo‘lsa, ikkinchi komponent birinchi gapga bog‘liq holda tuziladi. Bu qismlar birgalikda yaxlit sintaktik qurilmani, ya’ni qo‘shma gapni hosil qiladi.Bog‘langan qo‘shma gaplar qismlari: 1) teng bog‘lovchilar; 2) teng bog‘lovchi vazifasida qo‘llanadigan yuklamalar; 3) bo‘lsa, esa yordamchilari; 4) tenglik ohangi yordamida bog‘lanadi.
Olima S.Solixo‘jayeva nazariy manbalarda qayd etib kelinayotgan bog‘langan qo‘shma gap qismlarini biriktiruvchi bu vositalarning «absolyut holat emasligi»ni ko‘rsatadi. Uning fikricha, o‘zbek tilida shunday qo‘shma gap ko‘rinishlari ham mavjudki, ular shaklan ergashgan qo‘shma gaplarga o‘xshasa-da, aslida bog‘langan qo‘shma gaplardir. Masalan, grammatik formasi -b (-ib), -sa affiklari yordamida tuzilgan «Ha xu» deguncha oyning oyoqlari kelib, to‘y kunlari yaqinlashdi», «Birov konfet bersa, birov pechen’e beradi» gaplari bog‘langan qo‘shma gaplar hisoblanadi.
Shunisi xarakterliki, bog‘langan qo‘shma gap qismlarini bog‘lovchi vositalar, ular qanday til birligidan tashkil topishidan qat’iy nazar, qo‘shma gap qismlarini bog‘lash bilan birga turli mazmuniy munosabatlarni ham shakllantiradi. G‘.Abdurahmonov bog‘langan qo‘shma gaplarni qismlari orasida shakllangan mazmuniy munosabatlar asosida quyidagi 5 turga ajratadi: a) qiyoslash munosabati; b) payt munosabati; v) ayiruv munosabati; g) sabab va natija munosabati; d) izohlash munosabati.22
M.Asqarova ham bog‘langan qo‘shma gaplarda sabab, payt, chog‘ishtirish, zidlik, ayiruv va inkor munosabatlarining shakllanishini ko‘rsatadi. Olima bog‘langan qo‘shma gap qismlarini biriktiruvchi vositalar asosida uning quyidagi turlarini ajratadi:
a) biriktiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplar;
b) zidlov bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplar;
v) ayiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplar;
g) inkor bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplar.
Biriktiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplar. Biriktiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gap qismlari ma’lum bir paytda yoki ketma-ket ro‘y beradigan voqea-hodisani bildiradi hamda va, hamda, ham, -u (-yu), -da, bo‘lsa, esa yordamchilari orqali bog‘lanadi.
Va, hamda bog‘lovchilari, ham yuklama-bog‘lovchisi yordamida tuzilgan qo‘shma gaplarda bir vaqtda va turli vaqtlarda yuzaga kelgan voqea- hodisa yoki harakat ifodalanadi. Qiyoslang:
1. Qo‘shma gapda bir vaqtda yuzaga keladigan voqea-hodisa ifodalanadi: Mudir jadal qadam tashlagan holda to‘xtovsiz gapirar va uning so‘zlari hammani qiziqtirar edi. (P.T.)
2. Qo‘shma gapda turli vaqtda yuzaga kelgan voqelik yoki harakat ifodalanadi: Soy guvillab oqar va uning muzdek shamoli qirg‘oqda tartibsiz o‘sgan o‘tlarni silkitar edi (S.Ahm.)
Do'stlaringiz bilan baham: |