Dunyoni tark etmagayman,
Dunyoda sen bor uchun. (E.V.)
Kichik ariqqa suv kelmagani uchun Gulnor chelak ko'tarib katta ariqqa jo'nadi.(O.)
Sifatdoshdan keyin egalik qo'shimchasi va, sababli, tufayliso'zlarini va,- dan chiqish kelishik qo'shimchasini keltirish orqali:G'ulomjon uzoq uy surib ketgani sababli, suhbat uzilib qoldi. (A.Q.) Men kechikkanligim tufayli sayohatga borolmadim.Ergash gapning kesimi "gan+dan" shaklida ifodalanadi vaorada egalik qo'shimchasi keladi.Alisher ish bilan band bo'lganidan, darsga o'z vaqtida yetib kelolmadi. Kumush juda xafa ko'ringanligidan uning ko'nglini ochmoqqa to'g'ri kelar edi. (A. Q.)
4. Chunki , shuning uchun ergashtiruvchi bog'lovchilariyordamida:
Yovlarida osmon tutundir,shuning uchun bag'ri butundir. (H.O.)Har kun ortar ko'zlarimda nur, shuning uchun yo'q aslo g'amim. (H.O.) Biz erkin yashaymiz, chunki bu mustaqillik sharofatidir. (Gazetadan.)
- gach orqali: Zayniddin shikoyatlanib qistagach u tokchadanxatni olib, do'stining qo'liga tutqazdi. (O.)Bosh gapdagi harakat yoki voqeaning qanday maqsad bilan yuzaga kelishini bildiradigan ergash gap turi maqsad ergash gap deyiladi.
Maqsad ergash gap nima uchun? qanday maqsadda? kabi so'roqlarga javob beradi. Bosh gapga quyidagi vositalar orqali birikadi.
l.-deb, sin deb, -di deb, -ar deb? -sa deb: Ishonchimni oqla deb, qo'llarga berding qurol. (U.) Tog'day og'ir bilak berdim, dushmanni mushtlasin deb. (H.O.) Mustaqillik bo'ldi deb, baxshilar aytar qo'shiq. Kclasiz deb, ko'z tutdim. (Qo'shiqdan.) Seni kelar deb, kutib o'tiribman.
-mi+ekan+deb: Baxtim bormi ekan deb, kelaverdilarbari. (H.O.)
-deya: Vatan ozod, turmush farovon bo'lsin deya, mehnatqilamiz. (H.O.)
-uch: Ishdan kech kelgani uchun, uy ishlariga yordam beraolmadi. Mustaqillik bo'lgani uchun, shahar va qishloqlarimiz toborachiroy ochmoqda. (Gazetadan.)
-toki: O'tni lovillating, toki batamom kuydirsin, kul qilsindushmanimizni. (O.)
Miqdor-daraja ergash gap. Bosh gapdagi voqeani uning hajmi va darajasiga ko'ra o'lchab ko'rsatadigan ergash gap turi miqdor -daraja ergash gap deyiladi. Miqdor -daraja ergash gap tarkibining kesimi shart mayli shaklida bo'ladi.Bunda ergash gapdagi qancha? qanchalik? nechog'lik olmoshlari bosh gap tarkibida kelgan shuncha, shunchalik, shu chog'li, shu qadar kabi so'zlariga mos keladi.Bunday ergash gaplar bosh gapga quyidagi vositalar orqali birikadi:
1. -sa, gan sari, gan sayin: Yerga qancha ko'p ishlov berilsa, shunchalik hosil mo'l bo'ladi. Ahmad qanchalik kuch sarflagani sari, ish shunchalik chekinardi.
2. -ki (shunday, shu qadar. shunchalik. shu darajada): Konvert ustidagi adreslar ham, familiyalar ham shunday chiroyli qilib yozilganki, har qanday kishining havasi keladi. (R. R).
Shart ergash gap. Bosh gapdagi voqea-hodisaning qanday shart bilan yuzaga kelishini bildiruvchi ergash gap turi shart ergash gap deyiladi. Shart ergash gap aniq voqea-hodisani (- sa) mo'ljallangan voqea hodisani(-sa edi, unda edi,) ifodalaydi.Masalan:Agar o'z tilingni ko'zlasang faqat,Diyoringda kimsa topolmas rohat. (S. Sh.)
Shart ergash gaplar bosh gapga quyidagicha birikadi:
1. -sa. –sa edi:
Vatan, vatan deya jonim tanimdan o'lsa ravon,
Banda na g'am, qolur avlodima o'yu vatanim. (A.Av.)
Agar jurmu gunoh bo'lsin desang oz,
Tilingni saqla g'iybatdan qishu yoz. (A. Av.)
Sen kelmasang, bo'lmaydi bahor. (HO.)
- r- ar + ekan, dan- ekan, moqchi ekan: Qarorlarimiz bajarilarekan, hamma narsa mo'1-ko'l bo'lib ketadi.
-mi: Intizom bo'shashdimi, ishda unum bo'lmaydi. (U.)
bo'Imasa, yo'qsa: Darvozang och, yo'qsa boshing olaman.("Avazxon" dos.)
-may: Yer ko'karmay, mol to'ymas (Maqol.).
Bo'lay desang: Bo'lay desang sen odamga teng, qo'linggaqurol ol! (H.O.)
7. sinki : Ko'zimga tuproq to'lsinki, sem xor qilsam.Natija ergash gap. Bosh gapdagi harakatning. belgining
natijasini va voqeaning xulosasini ifodalovchi ergash gap turi natija ergash gap deyiladi. Natija ergash gap bosh gapdagi shunday, shuncha,shu qadar, shunchalik, chunon, bilan kabi so'zlaming mazmunini aniqlashtiradi.
Bosh gapning kesimiga -ki bog'lovchisi qo'shiladi, ergash gap tarkibida ba'zan natijada, oqibatda so'zlari keladi.Misollar: Shunday ishlaylikki, yakkacho'pdagilar qoyil qolsin.(S.A.) Saidaning ta'bi shu qadar ochildiki. o'rnidan turib o'tirishga majbur bo'ldi.(A.Q.)
To'siqsiz ergash gap. Bosh gap va ergash gapdagi mazmun bir-biriga zid bo'lsa ham, shu zidlikka qaramay. bosh gapdagi voqea-hodisaning yuzaga kelishini ifodalovchi ergash gap turi to'siqsiz ergash gap deyiladi. To'siqsiz ergash gap bosh gapga quyidagicha birikadi:-sa ham, -sa hamki: Mirzo Ulug'bek allaqanday sovuq bo'lsa ham, butun umri o'tgan bu ko'hna saroy bilan abadul-abadvidolashayotgani esiga tushib beixtiyor to'xtadi.(O.Yo) Bo'lsangyigit, bo'lsang hamki chol, qo'lingga qurol ol! (H. O.)-ganda ham -sa -da: Bu haqda Nosirov gapirgandan ham, bufaktni tahlil qilib berganda ham, Saida e'tibor qilmagan edi. (A.Q.)Garchi u o'z aybini tan olsa-da, hali uning bo'yi eggik yo'q edi?-gan -da, gani bilan: Lablari kulmoqchi bo'lgani bilan qovoqlariosig'liq edi.(S. A.)-masin: Ona ishdan qanday tashvish bilan qaytmasin, shuqizlarini ko'riboq ko'ngli yozilar edi. (As. M.)-i (b), gani holda ham: Dunyo go'zal ko'rinar menga, o'ziqancha eski bo'lsa ham. (H.O.) O'xshatish ergash gap. Bosh va ergash gapdagi voqealar, shaxslar va harakatlarni bir-biriga qiyoslab, chig'ishtirib ifodalovchi ergash gap turi o'xshatish ergash gap deyiladi. O'xshatish ergash gap bosh gapga quyidagicha birikadi:
-O'xshatish ma'nosi: day, dek: Erkalanib yotadi u Vatantuprog'ida, yosh bolayotganiday onaning quchog'ida. (H.O.)
-ki, go'yo, xuddi: Paxta maydoni oppoq, go'yo daladachodir yozilgan. (Gazetadan.) Bo'lajak farzand Ozodani ungashunchalar yaqinlashtirib qo'ygan ediki, go'yo u Ozoda, Ozoda esaMurod bo'lib ko'rinardi. (S. A.)
-go'yo, -go'yoki: Yurak hayajonda, go'yoki quyosh, boshharakatni berganday qonga. (G'.G'.)
Chog'ishtirish ma'nosi: -sa,-guncha: uning ko'ngli qandaytoza bo'lsa, ismi ham shunday toza.
- fe'lning bo'lishsizlik shakli -may orqali: Yer ko'karmay, elto'ymas. (Maqol.)
- shekilli so'zi orqali: Oysulton to'g'ri gapirdi shekilli, hammajim qoldi. (S. A.)
9.- sa+kerak: Majlis ko'p davom etgan bo'lsa kerak, Sergeytez qaytdi. (P.Q.) 9.- mi orqali: Oyoqlari yerga yopishib qoldimi, sira qimirlay olmadi. (As.M.)
Do'stlaringiz bilan baham: |