Mavzu: qo'shma gaplarda sabab mazmuning yuzaga chiqishi



Download 79,08 Kb.
bet8/12
Sana01.07.2022
Hajmi79,08 Kb.
#722160
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
QO\'SHMA GAPLARDA SABAB MAZMUNING YUZAGA CHIQISHI (3)4

-mi: Hayotxon oldiga bir aniq maqsad qo‘ydimi, ming urinsang ham qaytara olmaysan. (M.Ism.)
-sa + bormi: U ishga kirishsa bormi, hech bir ish chala qolmaydi. (S.S.)
-may: Er ko‘karmay, mol to‘ymas. (Maqol.)
yo‘qsa // bo‘lmasa: Tezroq oching, yo‘qsa, qaytib ketamiz. (So‘zl.) Shart ergash gapli qo‘shma gaplarda shart munosabatini kuchaytirish uchun agar// agarda, mabodo, modomiki, bordi-yu kabi bog‘lovchilar ham qo‘llanadi. Bunda shart munosabati sub’yektiv murakkablashadi: Bordi-yu, kelmasang, o‘zim boraman. (So‘zl.)Shart ergash gapli qo‘shma gaplarda qismlarining o‘rinlashuv tartibi uslubiy talab asosida va biriktiruvchi vositalarning qo‘llanishiga ko‘ra turlicha bo‘ladi. Masalan, bosh gapga -sa (edi), -ganda (edi), -r(-ar) ekan, bo‘lmasa, yo‘qsa, -mi biriktiruvchi vositalari bilan birikkan ergash gap ko‘pincha gap boshida keladi. Masalan, «Raykom sizni izzat qilibdimi, buni qadrlash kerak» (S.S.) gapida ergash gap oldin, bosh gap undan keyin kelgan. Shart ergash gapli qo‘shma gaplar havola bo‘laksiz gaplar hisoblanadi. Bunda gaplarda ham shakliy-mazmuniy muvofiqlik deyarli buzilmaydi.
To‘siqsiz ergash gapli qo‘shma gaplar. To‘siqsiz ergash gapli qo‘shma gaplarda ergash gapda aks etgan to‘siqqa qaramay, bosh gapda voqelikning yuzaga kelishi ifodalanadi.To‘siqsiz ergash gapli qo‘shma gaplar semantik jihatdan shart ergash gapli qo‘shma gaplarga yaqin turadi. Shu sababli N. Mahmudov bu turdagi gaplarni ham «Shartlanganlik munosabatini ifodalovchi ergash gapli qo‘shma gaplar» tarkibiga kiritadi. Olimning qayd etishicha, «shartlanganlik munosabati ifodalangan ergash gapli qo‘shma gaplar orasida to‘siqsiz ergash gapli qo‘shma gaplar ayni munosabatning namoyon bo‘lishi va idrok qilinishi jihatidan benihoya o‘ziga xosdir».Anglashiladiki, to‘siqsiz ergash gapli qo‘shma gaplarda to‘siqsizlik munosabati bilan birga shart munosabati ham shakllanadi. Buni quyidagi gap tahlilida tekshiramiz: Quvonchi ko‘ksiga sig‘masa-da, Nazokat odob yuzasidan o‘zini xomush, hazin tutishga tirishar edi. (O.) Bu gapda to‘siqsizlik munosabati shakllansa-da, «Agar quvonchi ko‘ksiga sig‘masa, u o‘zini xomush, hazin tutmasligi kerak» mazmunidagi shart munosabati yashirin ifodalangan. To‘siqsizlik munosabati mana shu shart ustiga qurilgan. Shu sababli bunday tuzilishdagi gaplarning mazmuniy tuzilishi murakkab bo‘ladi.
To‘siqsiz ergash gapning kesimi bo‘lishsiz shaklda tuzilganda, shart munosabati va u bilan bog‘liq tarzda to‘siqsizlik ham yanada kuchayadi. Masalan, «Qor yog‘masa-da, izg‘irin ayovsiz esardi» (S.B.) gapida «Qor yog‘masa, izg‘irin ayovsiz esmaydi» shart mazmuni anglashiladi. Mana shu shartga qaramay, bosh gapdagi voqea ro‘y berganligi uchun to‘siqsizlik munosabati ham kuchayadi.
To‘siqsiz ergash gaplar bosh gapga turli biriktiruvchi vositalar yordamida bog‘lanadi. Bularga quyidagilar kiradi:
-sa ham (yam): Soqchi haydasa ham, Kurashevich qirg‘oqdan nari ketmadi. (As.M.)
- sa-da: Gaplar eshitilmasa-da, martenchilar bir-birlarini anglar edilar. (As.M.)
-ganda ham (yam): ...Bu faktni tahlil qilib berganda ham, Saida e’tibor qilmagan edi. (A.Q.)
-ganda-da: Bordiyu rost bo‘lsa, hammasi emas, yarmi rost bo‘lganda-da, bu juda xunuk gap-ku. (A.Q.)
-gani +bilan: Lablari kulmoqchi bo‘lgani bilan, qovoqlari osig‘liq edi. (S.Ahm.)
-masin: Podachi qanchalik toshmehr bo‘lmasin, baribir yuragining bir chetida .. yumshoqko‘ngillik ham bor edi. (N.Q.)
- b (-ib): Chiroq o‘chib, biz qorong‘ida qolmasmiz. (S.Ahm.)
-gani holda: Oftob toblanib turgani holda, yomg‘ir yog‘moqda edi.
-di +hamki: «Bulbuli go‘yo» ancha kutdi ham-ki, Saidiy javob bermadi. (A.Q.)
- sa: Unga gapirsam, baribir eshitmaydi. (So‘zl.)
qaramay//qaramasdan: Martabasi ulug‘ bo‘lishiga qaramasdan, yaqin yaqin do‘stday g‘amxo‘rlik qilgan. (A.Q.)
Ba’zan ergash gapning kesimi bo‘lishli-bo‘lishsiz shakldagi buyruq, shart mayli fe’llari orqali ifodalanadi: Xoh ishoning- xoh ishonmang, kattaligi uyday keladi. (A.Q,)
Misollar tahlilidan ko‘rinadiki, o‘zbek tilida to‘siqsiz ergash gapli qo‘shma gap qismlarini bog‘lovchi vositalarning ko‘lami keng.
To‘siqsiz ergash gapli qo‘shma gaplarda havola bo‘laklar qo‘llanmaydi. Shu sababli ular havola bo‘laksiz gap hisoblanadi. Bu turdagi gaplarda, asosan, ikki denotativ voqea ifodalanadi, bu esa gapda shakl va mazmun muvofiqligi ta’minlaydi.
14. Natija ergash gapli qo‘shma gaplar. Bunday tuzilishdagi qo‘shma gaplarda natija munosabati shakllanadi. Bu mazmuniy munosabat bir voqelik natijasi sifatida ikkinchi gapda aks etadi. Ya’ni ergash gapdagi harakat bosh gapdagi harakatning natijasi sifatida yuzaga chiqadi. Masalan, «Sen rais To‘rani bir o‘ray-bir o‘rayki, qaysi teshikka kirganini bilmay qolsin» (A.Q.) gapida «Sen rais To‘rani bir o‘ray-bir o‘rayki» gapi ergash gap, «Qaysi teshikka kirganini bilmay qolsin» gapi bosh gap. Bosh gapda aks etgan voqelik ergash gapda ifodalangan voqelik asosida yuzaga chiqishi mo‘ljallangan natijani anglatadi.Anglashiladiki, natija ergash gapli qo‘shma gaplardagi fikr mo‘ljallangan yoki real xaraktyerda bo‘ladi. Mana shu belgi asosida natija ergash gapli qo‘shma gaplarning mazmuniy xususiyatlarini M.Asqarova quyidagicha belgilaydi: a) natija ergash gapdagi fikr real bo‘ladi; b) natija ergash gapdagi fikr mo‘ljallangan va taxmin qilingan bo‘ladi. Natija ergash gapli qo‘shma gaplarda bir voqea (natija) ikkinchi voqea sababli yuzaga keladi, shunga ko‘ra bunday gaplar «sabab-natija» munosabatiga asoslanadi. Bu xususiyat natija ergash gapli qo‘shma gaplarni «Shartlanganlik munosabatini ifodalovchi ergash gapli qo‘shma gaplar» paradigmasiga birlashtiradi.Natija ergash gapli qo‘shma gap qismlari –ki bog‘lovchisi yordamida birikadi. Masalan: U eshikni shunday qattiq taqillatdiki, uydagilarning hammasini uyg‘otib yubordi. (A.Q)Natija ergash gapli qo‘shma gaplarda natija munosabatini kuchaytirish, alohida ta’kidlash maqsadida natijada, oqibatda so‘zlari qo‘llanadi. Masalan: Zambarakning gumburlashidan haybatli bir guvillash hosil bo‘ldiki, natijada bu yerda alohida to‘pning ovozi butkul eshitilmay qoldi. (A.Q.)
Natija ergash gapli qo‘shma gaplarning bosh gapi tarkibida qo‘llangan shunday, shu darajada, shunaqa, shunaqangi, shunchalik, shuncha, shu qadar, chunonam nisbiy so‘zlari havola bo‘lak vazifasini bajaradi. Shunga ko‘ra bunday gaplar bir havola bo‘lakli gaplar hisoblanadi. Masalan: Qonga, yaraga, ingrashlarga shunday odatlangan edilarki, ularni hech narsa taajjublan-tirmasdi.Bog’lovchisiz qo'shma gapda sabab mazmun.Bosh gapdagi ish-harakatining yuzaga kelish va bajarilish, bajarilmaslik sababini ifodolaydigan ergash gap turi sabab ergash gap deyiladi. Sabab ergash gap nima uchun? nima sababdan? kabi so'roqlarga javob beradi. Sabab ergash gap bosh gapga quyidagicha bog'lanadi:
1. Sifatdoshdan keyin uchun ko'makchisini keltirish orqali:

Download 79,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish