Mavzu: Qishloq xo`jaligi sub`yektlari faoliyatining moliyaviy masalalari



Download 172,87 Kb.
bet1/17
Sana23.04.2022
Hajmi172,87 Kb.
#576107
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
2 5390844088658432986


Mavzu:Qishloq xo`jaligi sub`yektlari faoliyatining moliyaviy masalalari
Reja:
1. Fermer xo`jalik to‘g‘risida tushuncha. Fermer xo`jaliklari moliyasining asosiy manbai va pul tuhsumlari nazorati.
2.Qishloq xo`jalik korxonalarida mahsulot etishtirish xarajatlari va uning tarkibi.
3.Qishloq xo`jaligi korxonalari faoliyatining moliyaviy natijalari va uni taqsimlash.
Tayanch so‘z va iboralari

  1. Fermer.

  2. Pomeshchiklar.

  3. Sotilgan mahsulot hajmi.

  4. Sof pul tushumi.

  5. Ishlab chiqarish tannarxi.

  6. Moliyaviy natijalar.

  7. Foyda.

  8. Yalpi foyda.

  9. Sof foyda.

  10. Rentabellik.

  11. Sotilgan mahsulot rentabelligi.

  12. Yalpi foydaga tahsir qiluvchi omillar.

  13. Sotilgan mahsulot rentabelligiga tahsir qiluvchi omillar.

  14. Buxgalteriya balansi

  15. Balans aktivi

  16. Balans passivi

  17. Aylanma mablaglar

  18. Aylanma mablag’lar samaradorligi

  19. Moliyaviy barqarorlik

  20. Balans likvidligi

  21. Aktivlar likvidligi

  22. Mutlaq likvidlik

  23. Joriy likvidlik

  24. Qisqa muddatli majburiyatlar

  25. Eng yuqori likvidli aktivlar

  26. Tez sotiluvchi aktivlar

  27. Sekinlik bilan sotiluvchi aktivlar

  28. Eng yuqori muddatli majburiyatlar

  29. Qisqa muddatli passivlar

  30. Debitorlik qarzlari

FERMER XOʻJALIGI — xususiy yoki uzoq muddatga ijaraga olingan yerda qishloq xo‘ jalik mahsulotlari yetishtirish b-n shugʻullanadigan xoʻjalik. F. x. ning ijtimoiyiqtisodiy mazmuni va faoliyat koʻrsatish tartibi turli mamlakatlarda turlicha boʻlib, q. x. ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanish darajasi va xususiyatlari, shuningdek, mehnatdan va yerdan foydalanish sharoitlari, q. x. ishlab chiqarishini industrlash va ixtisoslashtirish darajasi, kapital hajmi va sh. k. omillar bilan belgilanadi. Ilk va mukammal shakldagi Fermer xoʻjaligi lari AKSH, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiyada mustamlakachilik siyosati va boʻsh yotgan hamda yerli aholiga tegishli yerlarda koloniyalar tashkil qilish natijasida paydo boʻldi. Gʻarbiy Yevropa davlatlarida kapitalizmning umumiy taraqqiyoti va pomeshchiklar –(Pomeshchiklar (rus.) - 1917 yil Oktabr tuntarishigacha Rossiyada dvoryan yer egalari. Dastlab davlat xizmatidagi kishilar, yaʼni davlat xizmatini oʻtaganlari uchun yer (pomestye)dan foydalanish huquqiga ega boʻlgan kishilar. Pomestyelar sekin-asta merosiy boʻla borib, 1714 yildan Pomeshchiklarning xususiy mulkiga aylangan. Oktabr toʻntarishi Pomeshchiklar va ularning yer mulkini tugatgan.[1])xoʻjaliklarining yirik kapitalistik korxonalarga ailanishi jarayenida yuzaga keldi. 20-a. ning 20—30 y. lari AQSH, Kanada, Bukj Britaniyada, 50—60-y. larda esa rivojlangan Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida q. x. ishlab chiqarishi mashinalashgan bosqichga oʻtdi, natijada fermerlar bu mamlakatlarda q. x. tovar mahsulotlarining asosiy ishlab chiqaruvchilariga aylandilar. Bu mamlakatlarda Fermer xoʻjaligi yerlari xususiy mulk hisoblanadi yoki yer ijaraga olinadi. Fermer xoʻjaligida barcha i. ch. vositalari va yetishtirilgan mahsulot F. x. boshligʻi, yaʼni fermerning yoki uning aʼzolari mulki hisoblanadi. Fermer xoʻjaligida, asosan, fermer oila aʼzolari, qarindoshurugʻlari va mavsumda yollanma ishchilar mehnat qiladi.
Oʻzbekistonda dastlabki Fermer xoʻjaligi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-y. 3-iyulda qabul qilingan «Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida» qonuniga muvofiq, dehqon xoʻjaligi shaklida tashkil etildi, dastlab yirik q. x. korxonalari tarkibidagi ichki Fermer xoʻjaligilari va mustaqil yuridik shaxs sifatidagi Fermer xoʻjaligi faoliyat koʻrsatdi. 90-y. larning oxirlaridan boshlab Fermer xoʻjaligini tashkil etish va uning faoliyatiga doir huquqiy munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining «Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida» qonuni (1998-y. 30 apr. ; yangi taxrirda 2004-y. 26 avg.) bilan tartibga solinadi.
Oʻzbekistonda Fermer xoʻjaligilari yerdan ijara asosida foydalanadilar va ularga yer maydonlari 50 y. ga yoki 30 y. dan kam boʻlmagan muddatga ijaraga beriladi. Ijaraga beriladigan yer maydonlarining eng kam oʻlchami paxtachilik va gʻallachilikda kamida 10 ga, bogʻdorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik va b. ekinlar yetishtyrish uchun kamida 1 ga qilib belgilangan. Chorvachilik mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan Fermer xoʻjaligida kamida 30 shartli bosh chorva moli boʻlishi lozim. Bunday xoʻjaliklarda bir shartli bosh chorva moli hisobiga ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam oʻlchami Andijon, Namangan, Samarkand. Toshkent, Fargʻona va Xorazm viloyatlaridagi sugʻoriladigan yerlarda 0,3 ga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi sugʻoriladigan yerlarda 0,45 ga, sugʻorilmaydigan (lalmikor) yerlarda esa kamida 2 ga ni tashkil etadi.
Oʻzbekistonda Fermer xoʻjaligilari soni 87,6 mingtani, ularga birkitilgan yer maydoni 2148,1 ming ga ni, bitta Fermer xoʻjaligining oʻrtacha yer maydoni 24,5 ga ni, Fermer xoʻjaligida band boʻlganlar soni 603 ming kishini, shu jumladan, yollanma ishchi kuchi 52,4 ming kishini tashkil qildi (2004-y. 1 yanv.).

Tahlilning ahamiyati, vazifalari va manbalari.


Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishni rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish masalasi hozirgi taraqqiyot davrining eng asosiy muammosidir. Ushbu muammoni hal qilish uchun nafaqat ishlab chiqarish jarayonini, shu bilan bir qatorda realizatsiya jarayonini ham chuqur o’rganish va tahlil etish zarur. SHunday qilingan taqdirda xo’jalikning moliyaviy faoliyatini mustahkamlash uchun zarur bo’lgan imkoniyatlar aniqlanadi, birinchi navbatda uning foydasini ko’paytirish va foydalilik darajasini oshirish uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlar, omillar oydinlashadi, mavjud imkoniyatlar aniqlanib, safarbar etiladi. Bu esa o’z navbatida yanada ishlab chiqarishni rivojlantirish va uning iqtisodiy samaradorligini oshirishga sababchi bo’ladi. SHuning uchun ham realizatsiya jarayoni va u bilan bog’liq bo’lgan moliyaviy natijalari ahvolini chuqur o’rganish katta ahamiyatga egadir. SHu nuqtai nazardan tahlilnineg asosiy vazifalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:


Mahsulotlarning turlari bo’yicha sotish jarayonini chuqur o’rganish;
Sotilgan mahsulotlar hajmi dinamikasining o’zgarishiga tahsir etuvchi omillar va ularning tahsir doiralrini aniqlash;
Mahsulotlarni sotishdan olingan moliyaviy natijalarni aniqlash va ularning o’zgarishiga omillar tahsirini o’rganish;
Mahsulotlar sotish bo’yicha rentabelligining o’zgarishini va ushbu o’zgarishga omillarning tahsirini aniqlash va tahlil qilish;
Mahsulotlarni sotishdan olinadigan foydani qupaytirish va rentabellik darajasini oshirish imkoniyatlarini aniqlash va safarbar etish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish.
Tahlilning asosiy manbalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
Buxgalteriya hisobining 9000 va 9100 bosh schyotlarining mahlumotlari;
Buxgalteriya hisoboti tarkibidagi «Qishloq xo’jalik mahsulotlarini sotish» to’g’risidagi hisobot (7-ASK shakli) va «Moliyaviy natijalar» to’g’risidagi hisobot (2-shakl)mahlumotlari;
Statistik hisobot tarkibidagi «Qishloq xo’jalik mahsulotlarini sotish to’g’risidagi hisobot» mahlumotlari;
Biznes-reja mahlumotlari.



Download 172,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish