Mavzu: Qishloq xo`jaligi sub`yektlari faoliyatining moliyaviy masalalari


Qishloq xo’jalik korxonalarida mahsulotlarni sotishdan olingan pul daromadi rejasining bajarilishini va dinamikasini tahlil qilish



Download 172,87 Kb.
bet2/17
Sana23.04.2022
Hajmi172,87 Kb.
#576107
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
2 5390844088658432986

Qishloq xo’jalik korxonalarida mahsulotlarni sotishdan olingan pul daromadi rejasining bajarilishini va dinamikasini tahlil qilish.
Olingan yalpi pul daromadini tahlili.

Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot chetga chiqariladigan va xo’jalikning o’zida istehmol qilinadigan mahsulot turlariga bo’linadi. Yalpi maxsulotning asosiy qismi chetga sotiladi, boshqacha aytganda xalq ho’jaligining boshqa tarmoqlariga istehmol uchun tushadi. Demak, har bir qishloq xo’jalik korxonasi o’zi ishlab chiqargan yalpi mahsulotning asosiy qismini chetga sotadi, undan tushadigan pul daromadi uning moliyaviy ahvolini belgilaydi, boshqacha aytganda uning iqtisodiyotining taraqqiyoti mahsulotlarni sotishdan tushadigan jami pul daromadining hajmiga bog’liq bo’ladi. Pul daromadi hajmining ko’payishi sotiladigan mahsulotlar miqdorining ko’payishi va sifatining oshishi tahsiri ostida yuzaga keladi. SHuning uchun ham mahsulotlarni sotish jarayonida mavjud imkoniyatlarni izlab topish uchun tahlilni uzluksiz tashkil qilish katta ahamiyatga egadir.


Ushbu bo’limda mahsulotlarni sotishdan olingan jami pul daromadi dinamikasini tahlil qilish uslublari bayon qilindi.
Jami pul daromadi (pul tushumi)ning hajmini o’zgarishini tahlil etish uchun solishtirish, ko’rsatkichlar farqi va zanjirli bog’lanish usullaridan foydalanish mumkin.

Pul tushumining tahlili taqqoslashdan boshlanadi, yahni hisobot yilida mahsulotni sotishdan olingan pul tushumi hajmini bazis yilidagi pul tushumi hajmiga yoki rejadagi pul tushumi hajmiga solishtirib, uning mutlaq va nisbiy o’zgarishi aniqlanadi.

Mutloq o’zgarishni quyidagi formula bilan ifodalash mumkin:

q1r1-q00= ∆q ‘


Bunda: q1, q0 – mos holda hisobot va bazis yillarida sotilgan mahsultlar miqdori (yoki q0 – rejadagi mahsulot miqdori);
1, ‘0 – mos holda hisobot va bazis yillarida sotilgan mahsulotlar birligi (1 ts) ning o’rtacha sotish bahosi (yoki ‘0 – rejadagi o’rtacha sotish bahosi).
Ushbu formuladan ko’rinib turibdiki, pul tushumining hajmi (q’) miqdoriy (q) va sifatiy (‘) omillarning ko’paytmasi tariqasida aniqlangan. Bu tahlil nuqtai nazaridan samarali usuldir, chunki har bir omil o’zgarishining tahsirini aniqlash uchun imkoniyat yaratiladi.
Yuqorida keltirilgan formuldan ko’rinib turibdiki, mahsmulortlarni sotishdan olingan pul tushumi hajmining o’zgarishi bevosita quyidagi ikki omil hisobiga sodir bo’ladi:
sotilgan mahsulotlar fizik miqdorlarining o’zgarishi hisobiga;
o’rtacha sotish baholarining o’zgarishi hisobiga.
Ushbu omillarning pul tushumining o’zgarishiga tahsirini «Ko’rsatkichlar farqi» usuli orqali tahlil qilish tartibi yoritildi.
Pul tushumi havjmining o’zgarishiga miqdoriy omilning, yahni sotilgan mahsulotlar fizik miqdori o’zgarishining tahsirini aniqlash uchun hisobot yilida sotilgan mahsulot miqdori (q1) bilan bazis yilida sotilgan (yoki reja bo’yicha sotilishi ko’zda tutilgan) mahsulot miqdori (q0) orasidagi farqni (q1-q0), bazis yilidagi (yoki rejadagi) 1 ts. mahsulotning o’rtacha sotish bahosi (‘0)ga ko’paytirish kerak:
(q1-q0)*’0= ∆q.
Bunda:  ∆q – pul tushumining mahsulot miqdorining o’zgarishi hisobiga oshgan yoki kamayganligini bildiruvchi miqdor.
Sof pul tushumi hajmining o’zgarishiga sifatiy omilning, yahni 1 ts mahsulotning o’rtacha sotish bahosi o’zgarishining tahsiri hisobot yilida sotilgan mahsulotning o’rtacha sotish bahosi (‘1) bilan bzis yilida (yoki reja bo’yicha) sotilgan mahsulotning o’rtacha sotish bahosi (r0) orasidagi farqni (r1-r0) hisobot yilida sotilgan mahsulot miqdoriga (q1) ko’paytirish orqali aniqlanadi:
(‘1-’0)*q1= ∆
Bunda:  ∆– o’rtacha bahoning o’zgarishi hisobiga pul tushumining ko’paygan yoki kamayganligini ko’rsatuvchi miqdor.
Ushbu ikki omil tahsirlarining yig’indisi pul tushumining umumiy o’zgarishiga teng kelishi kerak:
q’=∆q ∆.
Endi, Q. Rajabov nomli shirkat xo’jaligi mahlumotlaridan foydalinib, bug’doyni sotishdan olingan pul tushumi hajmi o’zgarishining tahlilini ko’rib chiqamiz.
28-jadval. Pul daromadining tahlili uchun zarur bo’lgan mahlumotlar.



Ko’rsatkichlar

2001 yil

2003 yil

O’zgarish (+, -)

1. Sotilgan bug’doy, ts

14008

17242

+3234

2. 1ts bug’doyning o’rtacha sotish bahosi, so’m.

5530

6727

+1197

3. Pul tushumi, ming so’m.

77460

115983

+38523

jadval mahlumotlari asosida hisobot yilida bazis yiliga nisbatan bug’doyni sotishdan olingan pul tushumining umumiy o’zgarishi aniqlanadi:
(q11-q00)=(17242*6727)-(14008*5530)=115983-77460=+38523 ming so’m.
Ushbu o’zgarish ikki omilning tahsiri ostida yuzaga kelgan. SHu jumladan, birinsi navbatda, miqdoriy omilning, yahni sotilgan bug’doy miqdori o’zgarishining tahsiri aniqlanadi:
(q1-q0)*’0= (17242-14008)*5530=3234*5530=+17884 ming so’m.
Demak, sotilgan bug’doy miqdorining hisobot yilida bazis yiliga nisbatan 3234 ts.ga ko’payishi tufayli bug’doyni sotishdan olingan pul tushumi 17884 ming so’mga oshgan. Endi, ikkinchi omilning, o’rtacha sotish bahosi o’zgarishining pul tushumiga tahsirini aniqlaymiz:
(‘1-’0)*q1=(6727-5530)*17242=+1197*17242=+20639 ming so’m.
Demak, 1 ts bug’doyning o’rtacha sotish bahosi hisobot yilida bazis yiliga nisbatan 1197 so’mga oshgan bo’lib, u pul tushumining hajmiga ijobiy tahsir qilgan, natijada 20639 ming so’mga uni oshishiga olib kelgan.
Xulosa: Pul tushumi hajmining o’zgarishiga ikki omil ham ijobiy tahsir qilib, uni 38523 ming so’mga oshishiga olib kelgan, agar sotilgan mahsulot miqdori hisobot yilida bazis yilidagi mikdor darajasida o’zgarmasdan qolganda, pul tushumi keskin ko’paygan bo’lar edi.
Demak, pul tushumining ko’payishiga olib keluvchi asosiy imkoniyatlardan bo’lib sotiladigan mahsulot miqdorining ko’payishi va sifatini oshishi hisoblanadi. Mahsulot sifatining oshishi o’rtacha sotish bahosining oshishiga sababchi bo’ladi. O’rtacha baho oshgan sayin pul tushumi hajmi ko’payadi.
Pul tushumini zanjirli bog’lanish usuli bo’yicha tahlil qilish.
Pul tushumi hajmining o’zgarishiga omillarning tahsirini aniqlaganga qadar «SHartli pul tushumi» ko’rsatkichi aniqlab olinadi.
«SHartli pul tushumi»ni aniqlash uchun hisobot yilida sotilgan mahsulot miqdorini (q1) bazis yilidagi 1 ts mahsulotning (mahsulot birligining) o’rtacha sotish bahosiga (r0) ko’paytiriladi. Bu ko’rsatkichni mahsulot turlari va barcha mahsulotlar bo’yicha aniqlash mumkin, yahni quyidagi formulalar yordamida aniqlash mumkin:
mahsulotlarning har bir turi bo’yicha: q10;
jami mahsulotlar bo’yicha: ∑q10.
«SHartli pul tushumi» aniqlangandan keyin bazis va hisobot yillaridagi «pul tushumi» ko’rsatkichlarini «shartli pul tushumi» ko’rsatkichi bilan solishtirish (biridan ikkinchisini ayirish) orqali omillar tahsiri «Zanjirli bog’lanish» usulining qoidasiga ko’ra aniqlanadi.
Pul tushumining o’zgarishiga, yuqorida keltirilgandek, ikki omil tahsir qiladi.
Pul tushumi hajmining o’zgarishiga sotilgan mahsulot fizik miqdori o’zgarishining tahsirini aniqlash uchun «SHartli pul tushumi» hajmidan (q10) bazis yilida mahsulotni sotishdan olingan pul tushumi hajmini (q00) chegirib tashlash kerak:
q10 - q00=(17242*5530)-(14008*5530)=95344-77460=-17884 ming so’m.
Demak, sotilgan bug’doy miqdorining 3234 ts.ga kamayishi to’fayli pul tushumi 17884 ming so’mga kamaygan.
Mahsulotni sotishdan olingan pul tushumi hajmining o’zgarishiga 1 ts mahsulotning o’rtacha sotish bahosi o’zgarishining tahsirini aniqlash uchun hisobot yilidagi pul tushumi hajmidan shartli pul tushumi hajmini ayirib tashlash kerak.
q11 - q10=(17242*6727)-(17242*5530)=115983-95344=+20639 ming so’m. Demak, 1 ts mahsulotning o’rtacha sotish bahosining 1197 so’mga oshishi natijasida bug’doyni sotishdan olingan pul daromadi bazis yiliga nisbatan 20639 ming so’mga ko’paygan.
Yuqoridagi tahlil etish yo’llarini o’zlashtirib olgan iqtisodchi tahlilchi pul tushumining tahlilini «Zanjirli bog’lanish» usuli yordamida quyidagi tahliliy jadval asosida bemalol tahlil qilib, xulosalar chiqarishi mumkin (29-jadvalga qarang).
29-jadval.
Bug’doyni sotishdan olingan pul tushumi dinamikasining omilli tahlili.



Ko’rsatkichlar

2001 yil

Hisobot yilidagi sotilgan mahsulot miqdori va bazis yilidagi 1 ts mahsu-lot baho-si bo’yicha

2003 yil

O’zgarish (+,-)

SH.j. o’zgarishi

Mahsulot miqdori hisobiga

Baho hisobiga

1. Sotilgan bug’doy, ts.

14008

17242

17242

+3234

X

X

2. 1ts.ning o’rtacha sotish bahosi, so’m.

5530

5530

6727

1197


X

X

3. Sof pul tushumi, ming so’m.

77460

95344

115983

+38523

+17884

+20639

jadvaldan ko’rinib turibdiki, bug’doyni sotishdan olingan pul tushumi tahlil etilayotgan davrda 38523 ming so’mga oshgan. SHu jumladan sotilgan bug’doy miqdorining 3234 ts.ga oshishi to’fayli pul tushumi hajmi 17884 ming so’mga oshgan. O’rtacha sotish bahosining 1197 so’mga oshishi natijasida 20639 ming so’mga oshgan.


Xulosa: Ikki omil ham pul tushumi o’zgarishiga ijobiy tahsir qilgan, natijada bug’doyni sotishdan olingan pul tushumi hajmi 38523 ming so’mga ko’paygan.
Demak, pul tushumini yanada oshirish imkoniyatlari bo’lib, mahsulot miqdorini ko’paytirish va uning sifatini oshirish hisoblanadi.
Biz pul tushumini tahlilini bug’doyni sotishdan olingan pul daromadi misolida ko’rib chiqdik. Boshqa mahsulotlarni (paxta, sut va x.k.) sotishdan olingan pul daromadining tahlili ham bug’doyning tahlilidan farq qilmaydi. SHuning uchun bu yerda ularga to’xtalmadik.



Download 172,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish