Mavzu Qadimgi turkiy bitiktoshlar ustida kuzatishlar olib borish, ularning asli, transkripsiyasi, mazmunini muhoyaza qilish
1. Qadimgi turkiy yodgorliklar haqida.XIX asrning birinchi choragidan boshlab Sibir va Mo’g’uliston hududlarida topilgan "sirli» yozuvlar haqida ma‘lumotlar uchraydi. Lekin bu yozuvlar ancha paytgacha o’qilmay, «sirli» bo’lib qolaverdi. 1889 yili Fin olimlari Enasoy bo’yidan topilgan yodgorliklar atlasini tuzdilar. Chunki fin olimlari bu yozuvlar ular o’qilganga qadar fin xalqi o’tmishiga taalluqli deb hisobladilar. Bu matnlarni birinchi bo’lib 1893 yili Daniyalik olim Vilgelm Tomsen o’qib chiqdi. Uning kashfiyotiga suyangan holda rus olimi V.V.Radlov o’qib chiqish sharafiga muyassar bo’ldi. Bular turk hoqonliklari davrida xonlar, sarkardalar qabri ustiga turkiy tilda bitilgan yodgorliklar edi. O’rxun-Enasoy yodgorliklari ichida eng mashhurlari: Kultegin, To’nyuquq, Bilga Hoqon, Moyun Choru kabi xon va sarkardalar sharafiga bitilgan yodgorliklardir.Bu yodgorliklar toshlarga o’yib yozilgan, ularda xonliklar davridagi turkiy xalqlarning hayot tarzi, davlat tuzilishi, din haqida ma‘lumotlar berilgan. O’rxun- Enasoy daryolari bo’ylarida topilgani uchun O’rxun- Enasoy yodgorliklari deb yuritiladi.O’rxun-Enasoy yozuvinng kelib chiqishi xususidagi turli fikrlari ham mavjuddir: ba‘zilar uni oromiy yozuvlar bilan bog’lasa, ba‘zilar qadimgi turkiy tamg’alar bilan bog’laydilar. Asli O’rxun-Enasoy yozuvi fonografik yozuv bo’lib, unda 35 belgi mavjud. Har bir harf bir-biriga qo’shilmay alohida yoziladi. Ba‘zan bitta tovushni ifodalash uchun bir nechta belgi qo’llangan. Unli tovushlarda esa 4ta belgi, 8 ta unli tovushni ifodalash uchun xizmat qilgan:
A a(e) o,u
I,i o,u
Unlilarni ifodalovchi harflar so’z boshida va o’rtasida ko’pincha tushirib qoldirilgan:
Lp-alp tg’-tag’
Undoshlar qattiq va yumshoq variantlarga ega bo’lgan, shuning uchun yumshoq undosh uchun alohida belgi, qattiq undosh uchun alohida belgi qo’llangan.
Bing(ming) ben(men)
Yumshoq va qattiq variantlarga ega bo’lmagan undoshlar uchun, asosan, bitta belgi ishlatilgan:
-sh, -p, -ng, -m
O’rxun-Enasoy yozuvida ketma-ket kelgan undoshni bitta harf orqali ifodalash hollari ham mavjud.
-ltt, -nm -nch
2 . O’rxun-Enasoy yozuvining fonetik va morfologik xususiyatlari.
O’rxun-Enasoy yozuvlarida hozirgi ko’pgina turkiy tillar uchun xarakterli bo’lgan palatal singarmonizm mavjud. Labial singarmonizm yodgorliklarida muntazam uchramaydi, ya‘ni ba‘zi hollarda unga amal qilinmaydi. Bu Erda shuni aytish kerakki, singarmonizm nima? Singarmonizm deb so’zdagi tovushlarning bir-biriga hamda o’zakka qo’shimchalarning talaffuz jihatdan uyg’unlashishiga aytiladi: singarmonizmning ikki qonuni, ya‘ni palatal-tanglay uyg’unligi-so’zdagi tovushlarning bir-biriga va qo’shimchalarning o’zakka qatorda va qalin-ingichkalikda moslashuvi: qag’anqa(hoqonga), ilgaru oldinga, barig’ (borish); Lab uyg’unligi-birinchi bo’g’indagi unliga keyingi bo’g’indagi unlining yoki o’zakdagi unliga qo’shimchadagi unlining lablanish jihatidan moslashuvi: ishig (ishni), inim (ukam), kozum(ko’zing) kabi.
Undoshlar so’zning boshida ketma-ket kelmaydi. So’z o’rtasida va oxirida sonor tovushlar bilan jarangsiz undoshlarning ketma-ket kelishi xarakterlidir: kuntuz, kuchlik, o’rt,kelti.
So’z oxirida G’ va G undoshlari saqlanadi: tag’,elig, otuz(ellik)
Undoshlar geminatsiyasi kam uchraydi. Otuz, toquz, sakiz.
O’rxun-Enasoy yozuvlarida hozirgi turkiy tillarda qo’llaniladigan o’rinlarda d tovushi ishlatilgan: adaq, adg’ir, yadaq(yayaq( kodi( quyi(bod(bo’y.
Hozirgi turkiy tillarda ishlatiladigan o’rinlarda (so’z boshida yodgorliklarda asosan, b qo’llangan: bangan-menga, bung-mung, bengu-mangu, bing-ming,bin-min.
O’rxun-Enasoy yozuvlaridagi morfologik xususiyatlar xususida to’xtalganda shuni aytish joizki, jo’nalish kelishigi qo’shimchasi-qa shaklidan tashqari-garu, g’aru kabi murakkab shakli ham, -a shakliga ega bo’lgan: ilgaru, yoqaru, og’lima, budunima.
Tushum kelishigining -ni, -in shakllaridan tashqari, -ig’, -ig shakllari ham bo’lgan: budunig’-xalqni, tashig’(toshni) kabi. Bu davrda alohida vosita kelishigi shakli ham bo’lgan: -n, -in: yayin(yoz davomida -ko’lukin (qora moli vositasida). Murakkab sonlarning joylashishi ham hozirgi turkiy tillardan farq qiladi. Bunda avval birlik, keyin o’nlik sonlar keladi: Eti, Egirmi-o’n Etti, bir o’tuz) yigirma bir.
Fe‘lning sifatdosh shakli: -mish, -duk, -tagi, -ig’ma shakllari ham mavjud bo’lgan: yaratmish -yaratilgan, qalmish -qolg’an, o’ltachi -o’layotgan, keligma -kelayotgan. Ravishdosh shakllaridan biri-pan bo’lgan: yoripan -yurib, yuribon.
Hozirgi o’zbek tilida mustaqil qo’llanishi juda chegaralangan -a ravishdosh shakli u paytda mustaqil ishlatilgan: tuta-tutib, basa-bosib-bosa.
O’rxun-Enasoy yozuvi yodgorliklari turkiy tilda gaplashuvchi xalqlarning tarixini va til taraqqiyotini o’rganishda muhim manbadir. Bu yozuv yodgorliklari VI- XI asrlarda Mug’ulistondan boshlab to Dunay daryolarigacha yashagan xalqlar tomonidan yaratilgan. Shu sababli ham bu yodgorlik turkiy xalqlarning mushtarak yodgorligi hisoblanadi.
3. Turkiy tillarning unlilar sistemasi.
Dunyodagi barcha tillarda bo’lgani kabi turkiy tillarda ham unli va undoshlar ziddiyati mavjud.
Hozirgi turkiy tillarda unli va undoshlar miqdori bir hil emas Ba‘zi turkiy tillarda miqdori 20 tadan ortiq chuvash, tuva, gagauz, chulim-tatar tillarida, ko’pchiligida 8ta, hozirgi o’zbek adabiy tilida 6ta, undoshlarda esa bunday farq yo’q.
Qadimgi turkiy tilda 8 ta unli bo’lib, ular bir-biridan qatori, tor va kengligi, lablanish va lablanmasligiga ko’ra farq qiladi: Bulardan a, i, o, u orqa qator va e, i, o, u oldi qator unlilardir.Keng unlilar- a,e,o,o; Tor unlilar: ,i,u,u. Lablanmagan unlilar-a,e,i,i. Lablangan unlilar: o, o, u, u. Qadimgi turkiy tilining unli fonemalari munosabatidagi bunday miqdoriy tenglik ularning sistemasini kub shaklida ifodalashga imkon beradi: Kubning yuqori qismida tor unlilar, quyi qismida keng unlilar, old qismida old qator unlilar, orqasida orqa qator unlilar, o’ng tomonida lablangan va chap tomonida lablanmagan unlilar berildi.
Har bir til oilasida bo’lgani kabi turkiy tillarda ham unlilar mosligi mavjud. Tovush mosligi deganda bir qarindosh tildagi biron bir tovushga ikkinchi qarindosh tildagi boshqa bir tovushning muntazam holda mos kelishi tushuniladi. Masalan o’zbek tilidagi -e tovushiga tatar tilidagi -i tovushi mos keladi: kel-kil, et-it, bet-bit kabi yoki o’zbek tilidagi e tovushiga azarbayjon tilidagi a tovushi mos keladi: men-man, kel-gal, jellik-elli.
Hozirgi o’zbek, turkiy tillar ichida chuvash tili o’zining fonetikasi jihatidan alohida ajralib taradi. Boshqa turkiy tillardagi -a unlisiga ko’pincha chuvash tilida -u unlisi mos keladi:
Boshqa turkiy tillarda: Chuvash tilida:
Bar-par pur-bor
qaz-g’az xur-g’oz
atla-hatla ut-xatlamoq
bayan pujan- boy
Tovush mosligi muayyan qonuniyat asosida sodir bo’ladi. Tovush mosligining kashf qilinishi bilan (R,Rask tomonidan 1818 yilda kashf qilingan) tarixiy fonetika vujudga keldi. Tarixiy fonetika tildagi tovushlar taraqqiyotlari qonuniyatlarini o’rganuvchi fandir. Yuqoridagi misollardan ko’rinib turibdiki,o’zbek tilidagi e, tatar i, azarbayjon tilidagi a tovushlari turkiy bobotildagi bir tovushning ba‘zan har xil vaziyatdagi turli tovushlarning taraqqiyoti natijasidir. Bunday tovushlar mosligi til taraqqiyotiga ma‘lum bir davrdir, ya‘ni sinxronik nuqtai nazardan belgilanadi.
Tovush mosligi bir tilning yoki qarindosh tillarning turli davrdagi holati, ya‘ni diaxronik nuqtai nazaridan ham belgilanish mumkin. Masalan: A.Navoiy davridagi u tovushiga hozirgi tilimizda ma‘lum ziddiyatda -a tovushi mos keladi: turur-turar, kelur-kelar,bilur-bilar.
4. Turkiy tillarda undoshlar sistemasi.
Qadimgi turkiy tilda b, m, p, lab undoshlari mavjud. Sirg’aluvchi lab undoshi f yo’q. O’rxun yozuvida v uchun maxsus harf yo’q. Uning o’rnida b ni anglatuvchi harf ishlatiladi.
Turkiy tilda undoshlarning har birining o’ziga xos xususiyatlari bo’lishi bilan birga umumiy o’xshash tomonlari ham bor. Masalan, turkiy tillarda undoshlar so’z sostavida qo’llanish ziddiyati nuqtai nazaridan o’zaro farqlanadi. Sof turkiy so’zlar sonor tovush bilan boshlanmaydi. Bunday so’zlar uchrasa, ular boshqa tildan o’zlashgan yoki keyingi taraqqiyot natijasida yuzaga kelgan bo’ladi. Sonorlar ko’proq so’zning oxirgi qismida uchraydi. Sonor bo’lmagan undoshlar esa so’zning boshida ham,oxirda ham kelaveradi. Bu hodisa turkiy tillar tarixining eng qadimgi davrlarida kuchli bo’lgan.Turkiy bobotil va undan keyingi davrlarda hatto jarangli undoshlar ham so’z boshida juda kam qo’llangan. Umuman, turkiy tillar taraqqiyotiga so’z boshida jarangli undoshlarni ishlatishdan qochish xarakterli hol bo’lgan. Masalan: prof, A.SHcherbak tiklagan bir bo’g’inli turkiy bobotil o’zaklari ichida na- (nima) o’zagidan boshqa birorta sonor yoki jarangli undosh bilan boshlangan o’zak uchramaydi, (bundan y bilan boshlangan o’zaklar mustasno). Hazirgi turkiy tillarda jarangli undoshlar bilan boshlanadigan o’zaklar fonetik o’zgarishlar natijasida hosil bo’lgan ikkilamchi hodisa.
So’z boshida jarangsiz undoshlarning jaranglilashuvi turkiy tillarning hammasida bir hil sodir bo’lmaydi. Ba‘zi turkiy tillarda bu jarayon juda tor doiradi voqe bo’lib boshqalarda esa juda keng tus olgan.
Turkiy tillarning o’g’uz gruppasida (turkman, turk, azarbayjon tillarida) so’zboshida undoshlarning jaranglashuvi turkiy tillarning keng tarqalgan: boshqa turkiy tillarda so’z boshida keladigan k, p, t kabi jarangsiz undoshlar o’rnida bu tillarda g, d, m, b jarangli undoshlari keladi. Masalan, o’zbek tilidagi kel, ko’r, tog’, tosh, so’zlari azarbayjon tilida gal, gur, dag’, dash, ko’rinishiga ega. So’z boshida undoshlarning jaranglilashuvi qarluq,qipchoq tillarida ham uchrab turadi. Masalan,o’zbek tili va uning dialektlarida bir so’zning teraza-deraza, tokcha-dakcha, tala-dala kabi jarangsiz va jarangli tovush bilan boshlanuvchi variantlari bor. Qozoq tilida bayga-poyga, diirmen -tegirmon kabi so’zlar jarangli tovush bilan boshlanadi.
Turkiy tillarga xos fonetik hodisalarddan biri so’z o’rtasidagi jarangsiz undoshlarning intervokal pozitsiyada jaranglilashuvi. Shu nuqtai nazaridan, turkiy tillarni ikki gruppaga bo’lish mumkin:
Bir bo’g’inli so’zlar tarkibida jaranglilashuvi sodir bo’ladigan turkiy tillar.
Bir bo’g’inli so’zlar tarkibida jaranglilashuvi sodir bo’lmaydigan turkiy tillar.
Turkiy tillarning konsonantizmida turli-tuman mulohazalar tug’ilishiga sabab bo’lgan hodisalardan biri undoshlar geminatsiyasidir. Undoshlar geminatsiyasi asli undoshning miqdor jihatdan o’zgarib cho’ziq tovushga o’tishi, ya‘ni ikkilanishidir. Yozuvda bunday undoshlar ikkita bir xil harfni ketma-ket yozish bilan aks ettiriladi. A.SHcherbakning fikricha, intervokal pozitsiyada undoshlar jaranglashuvi mavjud bo’lgan tillardagina geminatlar bo’lishi mumkin. Bu pozitsiyada undoshlarning jaranglilashuvi esa deyarli hamma turkiy tillarga xos. Demak, turkiy bobotil davrida ham undoshlar geminatsiyasi mavjud bo’lgan.
Undoshlar geminatsiyasining assimiliyatsiyasi natijasida vujudga kelishi turkiy tillarda eng ko’p tarqalgan: o’zbek tilida, Etti-etdi, shaharri-shaharni, qumiq tilida: minni-mindi, ulanna-o’g’londa qozoq tilida: atti-otti, soldattar-soldatlar kabi.
Turkiy tillarda sinxron nuqtai nazardan undoshlar mosligi.
Turkiy tillar fonetik jihatdan o’zaro juda yaqinligiga qaramay har bir gruppa turkiy tillar fonetik jihatdan o’zaro va alohida o’ziga xos fonetik taraqqiyot jarayoniga ega. Shuning uchun turkiy bobotilda ayni bir undosh bo’lgani holda konkret turkiy tillarda boshqa-boshqa undosh qo’llanila boshlagan. Bu jixatdan ayniqsa -y -j -d -ch undoshlarining qo’llanilishi xarakterlidir. Qiyoslang:
o’zbek turkman qozoq oltoy tuva
tilida tilida tilida tilida tilida
yil yil jil dil chil
yo’q yoq joq doq choq
Misollardan ko’rinib turibdiki, qorluq va o’g’uz gruppa tillarida so’z boshida keladigan y tovushi o’rnida qipchoq va Sibir gruppa tillarida j,d, va ch tovushlari qo’llanadi. Qorluq, qipchoq va Sibir turkiy tillarida g, d tovushlari ishlatiladi, ya‘ni g, d tovushlari k, t tovushlarining funktsiiyasini bajaradi.
O’zbek. ozarb. uyg’ur. turk.
kel gal kan gel
yoqut tatar boshqird
kel kil kil
tas tash tash
Bulardan tashqari turkiy tillarda sh-s. s-x, y-n kabi undoshlar mosligi hodisasi ham mavjud. Turkiy tillar fonetik mosliklari orasida eng diqqatga sazovor rotatsizm va lambdaizm xodisasidir. Rotatsizm yo tovushining r tovushi bilan mosligi bo’lsa, lambdaizm sh tovushining l tovushiga mosligi.
Rotatsizm va lambdaizm chuvash tili bilan boshqa turkiy tillar undosh tovush mosligida yaqqol namoyon bo’ladi. Masalan, o’zbek tilidagi yuz, ez, to’qqiz, qozoq so’zlari chuvash tilida serir, taxxar, xuran, ilt, utmal ko’rinishlariga ega. Bu jihatidan chuvash tili mo’g’ul tillariga ancha yaqinroqdir. Mo’g’ul tillari bilan boshqa turkiy tillar orasida ham l-sh mosligi mavjud: tanil-tanish.
Rotatsizm va lambdaizm qoldiqlari boshqa turkiy tillarda ham uchrab turadi. O’zbek tilida: semir-semiz, ko’rar-ko’rmas, sergak-sez ozarbayjon va turkman tillarida: deshik delik, (teshik), boshqird: qashiq, qalaq, (choy oshiq).
5. Turkiy tillarning grammatik qurilishi.
Turkiy tillar faqat genetik jihatdan emas,balki qarindosh tillar hamdir. Ayni paytda tipologik jihatdan ham bir xil: tillarning morfologik jihatdan klassifikatsiyasi bo’yicha agglyutinativ tillar guruhiga kiradi. Turkiy agglyutinativ tillarning o’ziga xos hususiyatlari quyidagilar:
1.So’z doimo o’zakdan boshlanadi.
2. O’zak asosan o’zgarmasdir. O’zakdan keyin qo’shilgan har qanday qo’shimcha o’zakni fonetik jihatdan o’zgartirmaydi.
3. So’z shakllari asosan, qo’shimchalar vositasida hosil qilinadi
4. So’z shakllari hosil qilishda suppletiv shakllar mutlaqo ishtirok etmaydi,ya‘ni bir so’zning turli shakllari faqat bir o’zakdan hosil qilinadi.
5.O’zak va qo’shimcha organiq birikma sifatida birikmaydi, ular orasidagi chegarasi aksariyat hollarda aniq va ravshan bo’ladi. Masalan,boshlandi so’z shaklida bosh- o’zak, -la, fe‘l yasovchi qo’shimcha va -di zamon yasovchi, bular bir-birdan aniq ajralib turadi.
Turkiy tillarda o’zak va qo’shimcha. Turkiy tillarda so’z o’zak va qo’shimchalarga ajratiladi. O’zak turkiy tillarda fonetik jihatdan tubandagicha ko’rinishlarga ega (G-unli, S-undosh.) G-u, GS-ol, SG-na) nima. SGS-bosh, qo’l, GSS-ont, ust, GSG-ona, SGSGS-tomon,SGSS-to’rt, tort va b. O’zakning bu ko’rinishlaridan SGS shaklida ko’p uchraydi.
Kelishik kategoriyasi: Turkiy tillarda har bir kelishikning bitta qo’shimchasi bo’ladi. Shunga ko’ra turkiy tillarda bitta turlanish tipi mavjud.
Hozirgi turkiy tillarda kelishiklar miqdor jihatdan uncha ko’p farq qilmaydi. O’zbek, qoraqalpoq, ozarbayjon, tatar, gagauz tillarida oltita, qozoq, tilida-ettita, xakas va chuvash tilida sakkizta, yoqut tilada to’qqizta kelishik bor.
O’rxun Enasoy yodgorliklarida, «Devonu lug’atit turk»da shuningdek hozirgi turkiy tillardagi ayrim so’zlar tarkibida vosita kelishigishakllari ham saqlanib qolgan. Masalan, hozirgi o’zbek adabiy tili va shevalarida bu qo’shimcha ishtirok etgan yozin-qishin, ostin-ustin, ochin-to’qin, ertan-kechin kabi so’zlar anchagina uchraydi.
Xulosa qilib aytganda, qadimgi turkiy tillarda makon ma‘nosini ifoda etuvchi formalar keng tarqalgan bo’lib, til taraqqiyoti jarayonida bu ma‘noni ifoda etuvchi formalar tobora stabillashib miqdor jihatidan kamayib borgan.
Grammatik son kategoriyasi. U odatda birlik va ko’plik formalarining ziddiyatidan tashkil topadi. Birlik turkiy tillarda nol ko’rsatkichli bo’lsa, ko’plik –lar va uning turli variantlari yordamida ifodalanadi. Lekin turkologiyada turkiy tillardagi grammatik son kategoriyasi formalarini boshqacha ifodalash ham mumkin.Bu nuqtai nazarga ko’ra turkiy tillarda grammatik son kategoriyasi «birlik» va «ko’plik» formalariga ega emas.
Turkiy tillarda -lar affiksi olmagan otlar umumlashgan predmet nomini bildiradi. Shu asosda K.M.Lyubimov -lar affiksi qo’shilmagan formani noaniq son formasi deb nomlaydi.
Umuman, turkiy tillarda grammatik son kategoriyasi rus va boshqa flektiv tillardagi son kategoriyasidan o’ziga xos xususiyatlari bilan keskin farq qiladi. Ko’plik formasi -lar faqat ot turkumidagi so’zlarga emas balki barcha mustaqil turkum so’zlariga ham qo’shilib keladi. Ko’plikni takror vositasida ifoda etilishi ham turkiy tillarda keng tarqalgan: dasta-dasta, gul, no’g’oy. Shay-pay, (choy-poy).
Asosiy adabiyotlar:
1.Qo’chqortoev I., Isabekov B. «Turkiy filologiyaga kirish». T., 1984.
2.Abdurahmonov G’., Rustamov A. «Qadimgi turkiy til». T., 1989.
Qo’shimcha adabiyotlar:
1.Abdurahmonov G’., Shukurov Sh. «O’zbek tilining tarixiy grammatikasi».
1.Baskakov N.A. «Vvedenie v izuchenie tyurkskix yazkov». M., 1969.
Do'stlaringiz bilan baham: |