2.Inflyatsion xarajatlar. Klassik dixotomiya. Inflyasiya darajasi.
Inflatsiya («inflation») italyancha
«inflatio» so‘zidan olingan bo‘lib, «bo‘rtish, ko‘tarilish» ma’nosini
anglatib, umumiy narxlar darajasining barqaror o‘sish tendensiyasini
bildiradi. Inflatsiyaning asosiy ko‘rsatkichi - inflatsiya sur’ati yoki darajasi (rate of inflation - π) hisoblanib, u joriy va oldingi yil narxlar darajasi foizdagi farqining oldingi yil narxlar darajasining foiziga nisbati va 100%ga ko‘paytirish orqali aniqlanadi:
Inflatsiya turlari. O‘lchov mezoniga ko‘ra, inflatsiya bir necha
turlarga bo‘linadi. Agarda o‘lchov mezoni inflatsiya sur’atlari (darajasi)
bo‘lsa, u holda inflatsiya quyidagi turlarga ajratiladi: mo‘tadil inflatsiya,
sakrab chopuvchi inflatsiya, yuqori darajadagi inflatsiya va
giperinflatsiya.
Tanqislik (defitsit) inflatsiya ko‘rinishining bir shakli bo‘lib xizmat
qiladi, chunki inflatsiyani xarakterlovchi xususiyatlardan biri pullar to‘lov qobiliyatining pasayishi hisoblanadi. Defitsit pullarning to‘lov qobiliyati yo‘qligini, ya’ni kishilar ularga hech narsa xarid qila olmasliklarini anglatadi.
Odatda inflatsiyaning ikki asosiy sababi keltirib o‘tiladi:
1)yalpi talabning ortishi;
2) yalpi taklifning kamayishi.
Umumiy narxlar darajasining oshishiga olib kelgan sababga ko‘ra
inflatsiyani ikki turga ajratadilar:
a) talab inflatsiyasi
b) xarajatlar inflatsiyasi.
Narxlar darajasini real ishlab chiqarish hajmiga ko‘paytmasi (P × Y) nominal ishlab chiqarish hajmi (real YaIM)ni beradi. Muomaladagi pullar tezligi odatda o‘zgarmas kattalik hisoblanadi, shuning uchun pullar taklifining ortishi, ya’ni tenglama chap qismining ortishi uning o‘ng qismining oshishiga olib keladi. Pul hajmining ortishi qisqa muddatda ham (chunki zamonaviy qarashlarga ko‘ra yalpi taklif egri chizig‘i yuqoriga, ya’ni musbat yo‘nalishga ega), uzoq muddatda (yalpi taklif egri chizig‘i vertikal yo‘nalishga ega) ham narxlar darajasining oshishiga olib keladi. Bunda qisqa muddatda inflatsiya real ishlab chiqarish hajmining ortishi bilan kuzatilsa, uzoq muddatda real ishlab chiqarish hajmi o‘zgarmaydi va o‘zining tabiiy (potensial) hajmiga teng bo‘ladi. Talab inflatsiyasi va xarajatlar inflatsiyasining birlashuvi natijasida inflatsion spiral hosil bo‘ladi. Faraz qilaylik, markaziy bank
pul taklifini ko‘paytirdi, bu esa yalpi talabning ortishiga olib keladi. Yalpi talab egrisi AD1 o‘ngga, ya’ni AD2 ga siljiydi. Natijada narxlar darajasi R1 dan R2 ga ko‘tariladi, qisqa muddatda ish haqi stavkasi o‘zgarmas bo‘lganligi sababli (masalan, W1), bunday holatda real daromadlar pasayadi (real daromad = nominal daromad/narxlar darajasi, ya’ni narxlar darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, real daromadlar shunchalik past bo‘ladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |