Mavzu Pul va inflyatsiya



Download 281,43 Kb.
bet1/5
Sana24.01.2023
Hajmi281,43 Kb.
#902003
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Мавзу 7.


Mavzu 7. Pul va inflyatsiya
Reja

  1. Pulning miqdoriy nazariyasi. Fisher samarasi. Senoraj. Fridman modeli.

  2. Inflyatsion xarajatlar. Klassik dixotomiya. Inflyasiya darajasi.

  3. Pulning funksiyalari, ularning ko’rinishlari Pul agregatlari. Likvidlilik. Pulning miqdoriy tenglamasi



1.Pulning miqdoriy nazariyasi. Fisher samarasi. Senoraj. Fridman modeli.
Pulning kelib chiqishiga oid ilmiy adabiyotlardagi tadqiqotlarda to’rtta asosiy yondashuv ko’rsatilgan, bular: tovar, metall, nominalistik va miqdoriy nazariyalardir. Evolyusion yondashuv qarashlarga muvofiq, pulning tovar nazariyasi tovar ishlab chiqarish qonuniyatlari orqali tushuntirganligi sababli mantiqiy va ilmiy jihatdan asoslangan xisoblanadi. XX asr boshlarida L.Mizesning izlanishlari natijasida funksional nazariyaning psixologik varianti vujudga keldi, unga muvofiq pulning qiymati bahoda aks etgan bo’lib, qiymat pulga bo’lgan talab va muomaladagi pul massasi orasidagi munosabatga bog’liq bo’lishini asoslashga harakat qilishgan. Shunday qilib, pulning funksional nazariyasini psixologik varianti asoschilari tomonidan pulning miqdoriy nazariyasiga o’tishning uslubiy jihatlariga asos solishgan. Pulning miqdoriy nazariyasi XIX-XX asrlarda shakllangan va iqtisodiy nazariyada hozirgi vaqtda ham yetakchilik qilib kelmoqda. Pulning miqdoriy nazariyasi tovarlarning bahosi bilan muomaladagi pul miqdori orasida mavjud degan gipotezaga asoslanadi. Undan tashqari, pulning xarid qobiliyati bozordagi talab va taklif orqali aniqlanadi degan g’oyani ilgari surishgan. Ushbu g’oyalardan pulning miqdoriy nazariyasi tarafdorlari tomonidan asoslangan quyidagi yo’nalishlar o’z aksini topgan. Birinchidan, tovarlar bahosi bilan muomaladagi pul miqdori o’rtasida to’g’ri proporsional bog’liqlik mavjud, ikkinchidan, pulning harid qobiliyati uning miqdoriga teskari proporsionaldir. Shu sababli pulning miqdoriy nazariyasi tarafdorlari pulning asosiy funksiyasi muomala funksiyasi degan xulosani ilgari surishgan. Baholar darajasining qimmatbaho metallar miqdoriga bog’liqligi to’g’risidagi fikrni Jan Boden ilgari surgan. Pulning miqdoriy nazariyasini XVIII asrda D. Yum, Dj. Mill, va Sh. Montreskye rivojlantirishgan. D. Yum tovarlar bahosi doimo muomaladagi pul miqdoriga bog’liqligini aytgan. Klassik iqtisodiy nazariya namoyondalari orasida pulning miqdoriy nazariyasi xususida D.Rikardo chuqur tahlil olib borgan. Uning fikriga ko’ra, pulning qadri uni ishlab chiqarishga ketgan mehnat sarflari bilan o’lchanadi, ammo vaqt o’tishi bilan pulning miqdori o’sishi oqibatida uning qiymati pasayishi mumkin

Zamonaviy iqtisodiy nazariyada pulning miqdoriy nazariyasi xususida ikkita bir-biriga muvofiq keluvchi varianti mavjud bo’lib birinchi varianti tranzaksion yo’nalish, ikkinchisi kembridj yo’nalishi. Tranzaksion yo’nalish XX asr boshlarida Irving Fisher tomonidan taklif etilgan va XX asrning ikkinchi yarimida Milton Fridmen tomonidan rivojlantirilgan. Ushbu usul asosida almashuv tenglamasi yoki Fisher formulasi yotib, u quyidagicha ifodalangan MV=PQ. Pulning tovar tabiatini inkor etish I.Fisher nazariyasining uslubiy asosini tashkil etgan. U muomaladagi naqd pullar, pulning aylanish tezligi, baholarning o’rtacha tortilgan darajasi, tovarlar miqdori, bank depozitlari va depozit-chek aylanish tezligi orqari aniqlanadigan pulning harid quvvatini tan olgan. I.Fisher qisqa muddatli davrlar uchun ishlab chiqarish hajmi (Q) va pul aylanishi tezligi (V) barqarorligi tufayli, pul massasi (M) va baholar (P) o’rtasida to’g’ri proporsional bog’liqlik mavjud deb xisoblagan.


M. Fridmen miqdoriylik nazariyasini pullarga bo‘lgan talab
nazariyasi ekanligini o‘zining ilmiy izlanishlarida e’tirof etgan. Shu
jihatdan olganda, pullarga bo‘lgan talab konsepsiyasi monetarizmning
asosiy qoidalaridan biri hisoblanadi. M. Fridmenning pullarga talab nazariyasida pullarga bo‘lgan nominal talab nominal daromad va nominal foiz me’yorining funktsiyalari sifatida ifodalanadi:
+ - Md= f (Yn, i), bunda:
Md — pullarga bo‘lgan nominal talab;
Yn — nominal daromad;
i — nominal foiz me’yori.
Yuzaki qaraganda ushbu tenglama J. Keynsning pullarga bo‘lgan
talab nazariyasini eslatadi. Buning sababi shundaki, J. M. Keynsning
pullarga talab konsepsiyasida talab foiz me’yorining dinamikasi asosida
aniqlanadi. J. Keyns va uning izdoshlari foiz stavkasini pullarga bo‘lgan
talab va taklifni tenglashtiruvchi miqdor, deb hisoblaydilar.
J. M. Keynsning nazariyalarida pullarga ishlab chiqarishning endogen omili sifatida qaraladi24 va pullarni likvidli aktiv sifatida
saqlashning sub’ektiv asoslari tahlil qilinadi. Tahlil jarayonida asosiy
e’tibor ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlashda pul
mablag’laridan foydalanishga qaratildi. J. Keynsning pullarga talab nazariyasida foiz stavkasi muhim o‘rin egallab, foiz stavkalariga ta’sir etish yo‘li bilan ishsizlik darajasi va iqtisodiy o‘sishga bevosita ta’sir qilish mumkin, deb hisoblaydi.



Download 281,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish