Beshinchi yo‘nalish
— bu, boshqaruv amaliyotiga mehnatni
ilm asosida tashkil qilishni joriy qilish, fan mutaxassislari, turli
tarmoq ilmiy xodimlari, rahbarlarni o‘qitish modeli samarasini
aniqlashga jalb qilishdan iboratdir. Masalan, ekspertlarni,
boshqaruv xodimlarini malaka tavsifini baholashga jalb qilish.
Oltinchi yo‘nalish
— bu, boshqaruv xodimlari mehnat
faoliyatini kompyuterlashtirish. Bu degani, ishchi —
xizmatchilarni bir xildagi, takrorlanuvchi katta aqliy ish talab
qilmaydigan harakat va operatsiyalardan ozod etishdir. Shunga
muvofiq, xodim ham asosiy ish vaqtini shu hisobdan ijodiy
mehnatga sarf qilish imkoniga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |