Bu noto`g`ri stereotip fikr. Qayerda konflikt paydo bo`lsa o`sha yerda muammo mavjud bo`ladi. Bu muammo-konfliktdan uzoqlashish, uni nazarga olmaslik bilan o`z-o`zidan yo`qolib qolmaydi. Konfliktning to`g`ri yechimini topish mana shu muammoni yo`qotishga to`g`ri teng keladi. Muammoning yechimini topmasdan turib , konfliktni ijobiy hal etib bo`lmaydi. Agar konfliktga e`tabor berilmasa u yanada chuqurlashib, o`t olib ogir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shu sababli, konflikt vujudga kelganda undan uzoqroqda emas, balki unga nisbatan faol munosabatda bo`lish darkor.
Konfliktlar odamlar o`rtasidagi yaxshi munosabatlarni bo`zadi.
Bu noto`g`ri stereotip fikr. Aslida konflikt jarayonining o`zi emas, balki mazkur konfliktni ijobiy boshqara olmaslik insonlar o`rtasidagi munosabat va aloqalarni bo`zadi. Konflikt jarayonida ziddiyatlarni muhokama qilib, o`z manfaatlarini ifoda qilinsa, konflikt odamlar orasidagi munosabatni bo`zmaydi, aksincha mustahkamlaydi. Konflikt aslida ikki qarama qarshi tomon uchun sinov jarayoni hisoblanadi. Hurmat, o`zgalar manfaatlarini hurmat qilish, o`z manfaatlarini tushuntirishga intilish, o`zaro manfaatlar uyg`unligini topa bilish- konfliktlarning har doim odamlar orasinia yangi munosabatlar asosida qurilishi uchun asos bo`lib xizmat qiladi.
Konflikt unda ishtirok etuvchi tomonlarning har biri uning yechimidan qoniqish hosil qilmasa ham, hal etilgan bo`ladi.
Bu noto`g`ri stereotip fikr. Konflikt yechimi tomonlar kelishuvi va harakatlari majmuasidan iboratdir. Konflikt o`choqdagi olovga o`xshaydi, agar olov o`chgan bo`lsa ham uchqunlar qolgan bo`lsa, konfliktning qayta alanga olishi hech gap emas. Demak, konfliktning to`la yechimi, ya`ni haqiqiy hal bo`lishi uchun har bir tomon ham to`la qoniqish hissini tuygan, uning yechimidan to`la rozi bo`lgan bo`lishi shart.
Кonfliktogenlar
Inson ilk bolalik davridanok turli nizolar va ziddiyatlar bilan o`zi xohlamagan tarzda tuqnash keladi. Agar o`zimizning bolaligimizni esga olsak, oddiy narsalar ustida juda qattiq qayg`urganimiz o`z xis-tuyg`ularimizga berilib ketib, manfaatlarmiz ximoyasi uchun kurashga kirganimizni anglaymiz. Masalan, urishib qolgan bolani o`zimizning kuchadan utishga qo`ymaganimiz, akangiz dars qilayotganida ataylab televizorni baland ovozda qo`yib quyganingiz, yoki o`zingiz yaxshi ko`rgan uyinchoqlaringizni mehmon boladan yashirganingiz mana shunday oddiy konflikt vaziyatlardir. Bo`larning barchasi kundalik turmushda uchrab`turadigan odatdagi nizo va kelishmovchiliklar xisoblanadi. Aytmoqchimizki, ilk bolalikdanoq, o`z `maqsadlarimizga yetishish uchun boshqalar manfaatlari bilan tuqnashamiz.
Ammo ulg`ayganimiz sari ikki xil xodisa yo`z beradi. Birinchidan, bolaligimizda bizga katta ta'sir o`tkazgan kelishmovchiliklar ulg`ayganimiz sari bizga e'tiborsiz, kichiq, jiddiy bo`lmagan xodisalarga, ba'zan esa qo`lgili holatlarga aylanadi. Kunglimizda, nima uchun shunchalik kuyingan ekanman, deb o`ylaymiz. Ya'ni, biz ulg`aygan sari konfliktlarga aqliy rasolik va sipolik, soglom fikrlilik asosida yondoshamiz. Shubxa yo`kki, ulg`aygan insonlar, ya'ni kattalar konfliktlarga kichiqlarga nisbatan boshqacharoq yondoshishadi.
Ikkinchi tomondan esa, ulg`ayganimiz sari, bizning hayotimizdagi kelishmovchilik, nizo va ziddiyatlar ham usib, ulg`ayib, kattaroq mazmun va mohiyat kasb eta boshlaidi. Demak, yosh o`tgan sari konfliktlarning mazmuni ham,
ularga bo`lgan munosabat ham o`zgarib boradi. Konfliktlar murakkablashib boradi, shunga yarasha odamlarning xayot tajribasi ham bosiqlik, mulohazakorlik, jiddiylik tomon o`zgarib boradi. Chunki inson ` sari o`z xis-tuyg`ularini jilovlashga, ularni ma'lum tartibga solishga, ularni boshqarishga urganadi. O`z emotsiyalarini boshqarish esa ziddiyatli vaziyatlarda nizolarning kupayib ketmasligi, ularning chuqurlashmasligi, konfliktlarning tug`ri yechimlari topilishi uchun asos bo`lib xizmat qiladi.
Konflikt vaziyatdarning kelib chiqishida biz bilishimiz zarur bo`lgan narsa shuki, konfliktlarning kelib chiqishida “konfliktogen”lar juda muhim rol o`ynaydi. Konfliktogen –konfliktga imkon beruvchi, konflikt uchun sharoit yaratuvchi sifatida tarjima qilinadi.
Konfliktga olib kelishi mumkin bo`lgan so`zlar, amallar, yoki xarakatsiz konfliktogen deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |